nomi bilan chop etildi. F.Bastia amerikalik shu olimdan ilhomlandi.
G.Ch. Keri ingliz siyosiy iqtisodiga keskin qarshi chiqib, AQSH
kapitalizmini madh etdi. Uning asosiy asari «Manfaatlar uyg‘unligi»
(1872) kitobidir. G.Kenning qarashlari Angliyaga qarshi ruhda edi. U
Rikardoning ta’limoti va Maltus aqidalarini rad qildi.
G.Kerining metodologiyasi subyektiv idealizm va mexanitsizm bilan
obyektiv iqtisodiy qonunlami tabiat qonunlariga almashtirish bilan
xarakterlanadi.
G.Keri hamma iqtisodiy kategoriyalami ta’riflab berishga intildi. U
qiymatni insonning tabiatga hukmronligi o'lchovi, predmetga ega bo‘lish
uchun bartaraf qilish zarur bo‘lgan qarshi harakat deb ta’rif berdi. U
narxni predmetning o'zini ayirboshlash evaziga pul olish qobiliyati deb
hisobladi. Kapital odamlaming tabiat kuchlarini boshqarish imkoniyatini
olishlarida yordam beradigan buyum yoki qurol deb tushundi.
G.Keri D.Rikardoning yer rentasi nazariyasini tanqid qilib, uni
yalpi kurash nazariyasi (ya’ni Rikardo shu nazariya yo‘U bilan go‘yo
sinflar o'rtasida urushni avj oldirdi), deb hisobladi va Rikardoni
«kommunizm otasi» deb, unga xuruj qildi. G.Kerining o‘zi esa rentani
yer egalarining mehnati uchun mukofot deb hisoblab, uni foiz bilan
aynan bir narsa deb tushundi. Kerining iqtisodiy ta’limotida buijua
jamiyatida «barcha chin va haqiqiy manfaatlaming to‘la-to‘kis uyg'unligi»
mavjudligim isbotlamoqchi bo'ldi. U taqsimot qonunini o‘z nazariyasiga
asos qihb oldi.
G.Keri proletariat bilan buijuaziya manfaatlarining bir xilligini go'yo
kapitaUstik jamiyatda mehnat unumdorligi oshishi bilan ish haqi ham
oshib boraveradi, shuning natijasida ishchi bilan kapitalistning iqtisodiy
ahvolidagi tafovut asta-sekin kamayadi, degan qoida bilan asoslamoqchi
bo‘ldi. G.Keri kapitaUstik jamiyatda aholining nisbiy ko'payishi va
ekspluatatsiya kuchayishi faktlarini mutlaqo inkor qilib: «Ishchilar
sinfi farovonligining oshib borishi texnika taraqqiyoti bilan bog'liq», -
dedi.
XIX asrda Kerining qarashlari, uning antagonistik jamiyatdagi
manfaatlar uyg'unligi nazariyasi ko'pchilikka ma’lum bo'lib, buijuaziya
siyosiy iqtisodini vulgarlashtirishga katta ta’sir ko'rsatdi. «Manfaatlar
uyg'unligi» nazariyasining asosiy qoidalarini hoziigi zamon siyosiy
iqtisodi qaytadan tiklamoqda.
G.Keri yuqorida biz bayon etgan kapitalistik munosabatlaming
bekam-u ko'stligi, sinfiy manfaatlaming hamohangligi va boshqa
«uyg'unliklar» to‘g‘risida ko‘p yozdi. Lekin uning g'oyalari Bastiadan
biroz farq qiladi. Keri qullikni qo'lladi (bu davrda AQSHning janubida
hali qul plantatsiyalari mavjud edi). Proteksionizm siyosati ham himoya
qilindi, chunki AQSH hali yosh davlat sifatida sanoati pastligi tufayli
unga muhtoj edi, chunki Angliya sanoati bilan ochiq raqobatda yengishi
qiyin bo'lgan. Shular tufayli Smit va Rikardolaming fritrederlik (erkin
savdo) siyosati to‘g‘ri kelmay qoldi. Ayniqsa, Rikardoning buijua
jamiyatidagi sinflar o'rtasidagi manfaatlaming qarama-qarshi ekanligi
ko‘pchilikka ma’qul bo'lmay qoldi.
Kerining fikricha, Rikardoning tuzumida dushmanlik ruhi bo'lib,
millat, sinf, ijtimoiy guruhlar o'rtasida urush keltirib chiqaradi.
Vaholanki, bu guruhlar o'rtasida bekam-u ko‘st uyg‘unlik mavjud
emish. Kerining «Manfaatlar uyg'unligi nazariyasi» asosida uning
«taqsimot qonuni» yotadi, unga ko‘ra mehnat unumdorligining o‘sishi
bilan ishchilar hissasi absolut va nisbiy jihatdan o'ssa, kapitalistlar-
niki esa aksincha pasayadi. Shunday yo‘l bilan mehnat va kapital
o‘rtasidagi antagonizm yo‘q qilinadi. Bunda yaxshi ma’lum tezis -
unumli kapital g‘oyasidan foydalaniladi (unga ko‘ra tadbirkor qonuniy
foyda olishi kerak).
G.Kerining g‘oyasi bo'yicha tovaming qiymati uni ishlab chi
qarishga ketgan amaliy mehnat miqdori bilan emas, balki ma’lum
sharoitda sarflangan ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi.
Ammo mehnat unumdorligining o'sishi bilan mahsulotlami ishlab
chiqarish uchun, shu jumladan, ishlab chiqarish vositalariga sarf-
xarajatlar kamayadi. Bu esa, G.Keri bo‘yicha, kapitalning qimmati
pasayishiga olib keladi. Ishlab chiqarish vositalari kapital bilan bir
deb qaraladi. Oqibatda foiz ham, kapital egasi oladigan mahsulot
hissasi ham pasayadi, shunga mos ravishda mehnat qiymati va uning
mahsulotdagi hissasi oshib boradi. Bu g'oyalarning hammasini
qo'llash qiyin, chunki foiz qiymatning bir qismi bo‘lib, awalgi
mehnatga hech qanday aloqasi yo‘q. Mehnat unumdorligining o‘sishi
ishchilaming tirikchilik vositalari qiymati pasayishi bilan bog'liq,
bunda ishchi kuchi qiymati ham pasayadi, kapitalistning milliy
daromaddagi hissasi esa oshib boradi.
Keri kapitalist va yer egasi «manfaatlari uyg‘unligi»ni isbotlab be-
rishga intiladi. Bunda ham u Rikardoga qarshi chiqadi, ayniqsa, unum
dorligi past yerlami ishga tushirishga mone’lik bildiradi.
Keri Bastia kabi rentani aslida kapitalning foizi shakli sifatida qaraydi,
dehqonchilik xususiyatlarini inkor etadi. Keri «millatlar uyg'unligi»
haqida ham gapirib, jahon ishlab chiqarishini mahalliy markazlarga
taqsimlash zarurligini aytadi, chunki bu yerlarda qishloq xo‘jaligi va
sanoat tabiiy holda uyg'unlashgan. Shulami hisobga olib, Keri Buyuk
Britaniyaning sanoat va mustamlakachilik monopoliyasiga qat’iy qarshi
chiqadi, boshqa davlatlami agrar xomashyo manbayiga aylantirish
siyosatini inkor qiladi va shu maqsadda proteksionizmni keng qo‘llash
kerakligini aytadi. Shunisi qiziqki, buijuaziya manfaatlarmi himoya
qilib, gohida fritrederlik (F.Bastia), ba’zida proteksionizm (Ch.Keri)
«uyg‘unlik»ning doimiy sharti deb e’lon qilinaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: