Ehtiyotlash va yordam.
Oldinda va yonboshda turib (siltanuv-
chi oyoq tomonda) ko‘tarilish paytida bir qo‘lda tirsakdan yuqoridan
yoki beldan, ikkinchi qo‘l bilan siltanuvchi oyoqning sonidan bosib
yordam beriladi (277-rasm).
277-rasm
Oldinga aylanish
(o‘ng oyoq bilan). Gimnastikachi minib taya-
nish holatidan o‘ng oyoqni mumkin qadar balandroq ko‘tarib ker-
ishadi va tosni oldinga yo‘naltiradi. Bunda chap oyoqning soni
turnikka qattiq bosiladi.
Shu holatda oldinga harakat boshlanadi va tana holati taxminan
bosh pastga tushgunga qadar saqlanadi. Bu holatda oyoqlar
orasi toraytiriladi va qo‘1 kaftlarini tayanchga qo‘yib, aylanish
yakunlanishidan oldin aylanish yo‘nalishi bo‘yicha buriladi.
Aylanish oyoqlarni keng yozish bilan yakunlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |