Gimnastikaning umumrivojlantiruvchi turlaridan barkamol
jismoniy rivojlanish, sog‘liqni mustahkamlash, shug‘ullanuvchilar
organizmini chiniqtirish, ulaming ish qobiliyatini oshirish va harakat
vazifalarini takomillashtirish masalalarini hal qilishda foydalaniladi.
Asosiy gimnastika bolalar (maktabgacha va maktab yoshidagi)
va kattalar mashg‘ulotlarida keng qo‘llanilmoqda. Shug‘ullanuv-
chilaming muayyan kontingenti (bolalar, kattalar va keksa odamlar)
ga qarab asosiy gimnastika vazifalari, mazmuni va mashg‘ulot olib
borish uslubiyati ancha farq qiladi. Asosiy gimnastika mashg‘ulotlari
deyarli barcha sogiom odamlar uchun jismoniy yuklama kattali-
gi va yo‘nalishi (faoliyati qonuniyatlarini egallash va odamning
harakat imkoniyatlarini baholash) jihatidan qulay va yengilligi bilan
tasniflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |