Vertushka - halqani aylantirish turi. Bu halqaning o‘qi bo‘ylab
tezkor aylanish bo‘lib, uning diametridan o ‘tadi. Mashq bir yoki ikki
qo‘l bilan bajariladi. Aylanish polda yoki gavdaning yuqori qismida
otilganda fazoda sodir bo‘lishi mumkin.
Dumalatishlar - yengil, ammo qo‘lning keskin harakati orqali
amalga oshiriladi. Halqaga kerakli yo‘nalish barmoqlarning harakati
bilan amalga oshiriladi. Qo‘l buyumlami qo‘l bilan itarib, uni yengil
sakrashsiz va tebranishsiz harakat bilan ta’minlaydi.
Polda bajariladigan dumalatishlar to‘g‘ri chiziqli, egri va aylana
bo‘ylab yo‘nalishlarga ega bo‘lishi mumkin. Halqani tana a’zolari
ustida ham dumalatish mumkin va poldagi dumalatishlar bilan birga
ham bajarish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |