‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-§. Fuqarolik huquqining metodi va vazifalari



Download 13,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/325
Sana25.01.2023
Hajmi13,55 Mb.
#902197
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   325
Bog'liq
Fuqarolik huquqi. Umumiy qism (R.Ruziyev, V.Topildiyev)

4-§. Fuqarolik huquqining metodi va vazifalari
Huquqni tartibga solish metodi, m a’lumki, muayyan huquq sohasi- 
ning predmetini tashkil qiluvchi ijtimoiy munosabatlarga ta ’sir ko‘r- 
satishga yo‘naltirilgan huquqiy vosita va usullarning majmuasini ang- 
latadi. Bunday ta ’sir ko‘rsatishning samarali b o ‘lishi va bunda ijobiy 
natijaga erishish uchun qo‘llaniladigan vositalar tartibga solinadigan 
munosabatlarning asl mohiyatiga, ularning tabiatiga muvofiq kelishi 
muhim ahamiyatga ega. Boshqacha aytganda, huquqni tartibga solish 
metodining mazmuni uning predmeti, tabiatini belgilab berishi lozim.
Fuqarolik huquqida bir-biriga bo‘ysunmaydigan mustaqil subyekt- 
Iarning tengligi, erkin xohish irodasi asosida shakllanadigan xususiy 
(mulkiy va nomulkiy) munosabatlar haqida so‘z borganligi bois, uning 
metodi ommaviy huquq tizimi doirasida foydalaniladigan vosita va 
usullardan farq qiladi. Agar ommaviy huquqning tabiatiga ko‘ra, unda 
aksariyat m a’muriy tusdagi ko‘rsatma, farmoyish va taqiq metodlari 
amal qilsa, xususiy huquq (fuqarolik huquqi) uchun esa, subyektlarga 
o ‘z ehtiyojlarini va manfaatlarini qondirishga xizmat qiladigan huquqiy 
vositalardan mustaqil foydalanish ham da tashabbus ko‘rsatish imko- 
niyatlarini yaratuvchi dispozitiv (belgilab beruvchi) vositalar va usullar 
xosdir.
Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish metodining sohasi xususiy 
huquqqa taalluqliligini, uning muayyan turdagi munosabatlarga samarali 
ta ’sir ko‘rsatish uchun muvofiqligini belgilovchi to ‘rtta asosiy belgilari 
mavjud:
www.ziyouz.com kutubxonasi


— tartibga solinadigan munosabatlar subyektlari (ishtirokchilari) 
ning huquqiy holati;
— subyektlar o ‘rtasidagi huquqiy aloqalar (m unosabatlar)ning 
vujudga kelish xususiyatlari;
— nizolarni hal etishning o ‘ziga hosligi;
— huquqbuzarlarga nisbatan q o ‘llaniladigan majburlov ta ’sir 
choralarining xususiyatlari.
Xususiy huquqni tartibga solishning xususiyatlarini hisobga olgan 
holda, ushbu belgilarni fuqarolik huquqi m etodida quyidagicha talqin 
qilish mumkin:
1. 
Fuqarolik huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining yuridik 
jihatdan tengligini tan olish yo‘li bilan ularning iqtisodiy mustaqilligi 
va bir-biriga qaram emasligi e ’tirof etiladi. Fuqarolik huquqi m eto- 
dining asosiy tavsifini belgilovchi subyektlarning yuridik tengligi ularning 
qonunga zid b o ‘lmagan erkin xatti-harakatlari uchun huquqiy asos 
yaratish bilan birga, har qanday m a’muriy tusdagi majburlov, aler 
burish kabi vosita va usullarga chek q o ‘yadi.
2. Umumiy qoidaga ko‘ra, ishtirokchilarning iqtisodiy mustaqilligi 
va bir-biriga qaram boim asligi ularning o‘zaro kelishuv, o ‘z erklariga 
muvofiq harakat qilishlariga imkon beradi. Shuning uchun fuqarolik 
muomalasi oqibatida subyektlar m uom alasi subyektlarning o ‘zaro 
munosabatlarini tartibga solishda huquq va majburiyatlar vujudga 
kelishiga asos bo‘ladigan vositalardan biri sifatidagi shartnom a (keli- 
shuv)dan foydalanadi.
3. Fuqarolar m uom alasida taraflar o‘zaro aloqalari va ulam ing 
m azm unini bevosita o ‘zlari belgilashlarini t a ’minlovchi dispozitiv 
fuqarolik-huquqiy tusdagi norm alarga asoslanadi. Bu qoida ularga 
qonun bilan taqiqlanm agan, m aqsadga muvofiq b o ‘lgan keng ko‘- 
lamdagi harakatlarni o ‘z xohishlari b o ‘yicha amalga oshirish uchun 
shart-sharoit yaratadi. D em ak, dispozitiv norm alarda belgilangan 
hollarga muvofiq taraflar o ‘zaro kelishib harakat qilishlari yoki 
ularni q o ‘llashdan voz kechishlari va boshqa shartlarni (qonunga 
zid b o ‘lm agan) o ‘z x a tti-h a ra k a tla ri u ch u n asos qilib olishlari 
mumkin.
4. Fuqarolik huquqiy m unosabatlar ishtirokchilari manfaatlarini 
himoya qilish vositalaridan foydalanish yoxud foydalanmaslikni o ‘z 
xohishlariga ko‘ra hal qilishda erkindirlar. Bu o ‘z navbatida, ularning 
o ‘zaro aloqalarini tashabbus ko‘rsatish orqali amalga oshishidan dalolat 
beradi. Binobarin, subyektlarga tashabbus ko‘rsatishga va o ‘z munosa-
www.ziyouz.com kutubxonasi


batlarini tashkillashtirishga intilish bo‘lmas ekan, yaxshi natijaga erishish 
qiyin bo‘ladi.
5. Ishtirokchilarning bir-biriga qaram bo‘lmasligi va mustaqilligi, 
tengligi ular o ‘rtasidagi yuzaga kelishi mumkin b o ‘lgan nizolarni 
tashkiliy-ma’muriy, mulkiy, shaxsiy vaboshqajihatdan mustaqil hamda 
betaraf organ tom onidan hal etilishini taqozo etadi. Bunday organ 
vazifasini um um iy sudlar, xo‘jalik sudlari, xolis sudlar bajaradilar. 
Demak, fuqarolik huquqlarini himoya qilish va hal etishning sud tartibi 
fuqarolik huquqida qoilaniladigan usullardan biri deb hisoblanadi.
6. Huquqbuzarlarga nisbatan qoilaniladigan fuqarolik-huquqiy 
javobgarlik asosan m ulkiy xarakterda b o ia d i. F u qaro lik huquqi 
predmetining asosiy qismini tashkil etgan mulkiy, shuningdek, mulk 
bilan b o g iiq b o ig a n nom ulkiy munosabatlar, tabiiyki, fuqarolik- 
huquqiy choralarni, xususan fuqarolik-huquqiy javobgarlikning ham 
mulkiy (moddiy) ko‘rinishda b o ‘lishini shart qilib qo‘yadi. Boshqacha 
qilib aytganda, mulkiy zarar ko‘rgan taraf ushbu zararning o ‘rnini 
mulk bilan yoki unga teng b o ig a n qiymatda pul bilan qoplashni 
talab qilishga haqli. T a’kidlash joizki, fuqarolik huquqi bo‘yicha hatto 
m a’naviy zarar ham pul (mulkiy) shaklida undirilishi nazarda tutilgan.
Yagona huquq tizimining tarkibiy qismi sohasi sifatida fuqarolik 
huquqi o‘ziga taalluqli vazifalarni amalga oshiradi. U shbu o ‘ziga xos 
vazifalar fuqarolik huquqining tizimdagi o ‘rnini belgilashda ahamiyat 
kasb etadi. Chunki har qaysi huquq sohasi bajaradigan vazifalar o ‘zining 
tabiati va mazmuniga ko‘ra farq qiladi.
Shu nuqtayi nazardan qaraganda, fuqarolik huquqida tartibga 
soluvchi va muhofazalovchi vazifalar asosiy o ‘rin tutadi. Zero, fuqa- 
rolik huquqi, avvalam bor, jam iyatdagi iqtisodiy m unosabatlarni 
tartibga soladi. U huquq buzilishlaridan ko‘ra, ko‘proq oddiy mulkiy 
munosabatlarni shakllashtirish bilan bogiiq. Aynan shuning uchun 
ham ushbu soha juda oz miqdordagi taqiqlovchi va keng doiradagi 
imkoniyatlar yaratuvchi normalarni o ‘z ichiga oladi. Bunga asoslanib, 
mulkiy munosabatlar ishtirokchilari turli fuqarolik-huquqiy vositalar 
yordamida o ‘z faoliyatlarini mustaqil, hech bir tazyiqsiz amalga oshi- 
radilar. Demak, fuqarolik huquqining tartibga soluvchi vazifasi subyekt- 
larning erkin tarzda o ‘z faoliyatlarini tashabbus asosida o ‘zlari tashkil 
qilishlariga, o ‘zlari tartibga solishlariga imkoniyat yaratishdan iborat. 
U shbu vazifaning ana shunday maqsadda yo‘nalishi va mazmuni, 
aytish mumkinki, fuqaroliq huquqining predmeti tarkibiga kiruvchi 
munosabatlarning xususiy tabiatidan kelib chiqadi. Bu u n i ommaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi


huquqning q at’iy belgilangan tusdagi tartibga soluvchi vazifalaridan 
farqini ko‘rsatadi.
Fuqarolik huquqining muhofazalovchi vazifasi, birinchi navbatda, 
fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining mulkiy manfaatlarini himoya 
qilishga qaratilgan bo‘lib, buzilgan huquqlarni tiklash yoki yetkazilgan 
zarar o ‘rnini qoplash yo‘llari bilan amalga oshiriladi. Ushbu vazifaning 
maqsadiy yo‘nalishi ham mulkiy tovar-pul munosabatlarining bevosita 
ekvivalent — haq evaziga amalga oshirilishi bilan belgilanadi
Muhofazalovchi vazifalarning yana bir muhim jihatlaridan biri, 
uning ayni paytda ishtirokchilami nojo‘ya xatti-harakatlardan o ‘zlarini 
tiyishga, kelgusida yuz berishi mum kin bo‘lgan huquqbuzarlikning 
oldini olishga xizmat qiluvchi ogohlantiruv-tarbiyaviy yo‘nalishga ega- 
ligidir. Uning bu jihati, ayniqsa, shartnom adan tashqari kelib chiqa- 
digan majburiyatlarni, shuningdek, shaxsiy nomulkiy m unosabatlarni 
tartibga solishda yaqqol namoyon bo‘ladi.

Download 13,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish