XXI bob.
MAJBURIYATLARNI BUZGANLIK UChUN
JAV OBGARLIK
l-§. Majburiyatlarning buzilishi va fuqarolik-huquqiy
javobgarlik tushunchasi
M a’lumki, jamiyatimiz hayotining eng muhim tamoyillaridan biri
qonun ustuvorligi hisoblanadi. Uning mohiyati shundan iboratki,
«asosiy ijtimoiy, eng aw alo iqtisodiy munosabatlar faqat qonun bilan
tartibga solinadi, uning barcha qatnashchilari esa, hech bir istisnosiz
huquq normalarini buzganligi uchun javobgar bo‘ladi». Bozor mexaniz-
mining eng asosiy xususiyatlaridan biri «xo‘jalik yurituvchi subyektlar
o ‘rtasida ularning iqtisodiy javobgarligi va to ‘liq iqtisodiy mustaqilligi
asosida» qonun va shartnom alar intizomiga qat’iy rioya qilish hisobla-
nadi. Q onun va shartnom alar mazmunida esa, ko‘p hollarda fuqarolar
va yuridik shaxslar zimmasiga yuklangan majburiyatlar yotadi.
Majburiyat yuzasidan qarzdor b o ‘lgan shaxs uni butunlay bajar-
masligi yoki lozim darajada bajarmasligi majburiyatni bajarish yuzasidan
belgilangan huquq normalariga rioya qilmasligi huquqga xilof harakat
yoki harakatsizlik hisoblanib, bu hol majburiyat buzilganligidan dalolat
beradi. Y a’ni, m ajburiyat yuzasidan qarzdor shaxs k red itorning
subyektiv huquqini buzgan hisoblanadi. Jum ladan, sifatsiz mahsulot
(tovar) yetkazib berishda mahsulot sotuvchi tashkilot — qarzdor sifatida
huquq normasini ya’ni, FKning tegishli moddasida k o ‘rsatilgan qoidani
buzish bilan birga m ahsulot oluvchi korxonaning, ya’ni kreditor
tashkilot qarzdor tashkilotdan shartnom aga muvofiq sifatli mahsulot
(tovar)ning o ‘ziga topshirilishini talab qila oladi.
Yuqorida aytilganidek, qarzdorning harakatsizligi ham huquqga
xilof hisoblanishi mumkin. Bunday harakatsizlik qarzdorning shunday
xatti-harakatidan iborat bo ‘lib ko‘rinadiki, bunda qarzdor o ‘zi amalga
oshirishi lozim bo‘lgan harakatni qilmaydi. M asalan, uy-joy ijarasi
shartnomasi bo‘yicha tashkilotning uyida yashovchi fuqaro belgilangan
ijara haqini to ‘lamasligi bilan Uy-joy kodeksining 69-moddasida belgi-
langan qoidani buzadi. Shu bilan birga, shartnom aga muvofiq tarzda
qarzdordan kvartira haqining o ‘z vaqtida to ‘lanishini talab qilish hu-
quqiga ega bo‘lgan tashkilotning — ijaraga bem vchining, y a’ni kredi-
tom ing subyektiv huquqi ham buziladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bozor munosabatlari sharoitlarida qarzdorning tadbirkorlik qoida-
Iariga zid kelgan harakatlari yoki harakatsizligi, beparvoligi huquq
norm asini t o ‘g ‘rid a n -to ‘g‘ri buzish bilan bog‘liq b o ‘lm asa ham ,
huquqga xilof hisoblanishi mumkin.
Qarzdorning huquqga xilof xatti-harakati huquq normalariga rioya
qilmaslikni bildirganligi tufayli, jum ladan, qarzdor tom onidan olingan
majburiyatning butunlay bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi
va shu bilan shartnom a intizomining buzilishi — qonunchilikni buzish,
deb yuritiladi. Binobarin, shartnom a yuzasidan olingan majburiyat-
larning, shuningdek, boshqa majburiyatlarning bajarilishini ta ’minlashga
qaratilgan kurash — aynan shu vaqtning o ‘zida qonunchilikka rioya
qilish uchun blgan kurash, deb hisoblanadi.
Qonunchilik xo‘jalik yurituvchi subyektlar tom onidan shartnom a
majburiyatlarining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik lozimligini norm ala-
maydi. Chunki qarzdor tom onidan majburiyatning buzilishi, mazkur
subyektlar tom onidan shartnom a intizomiga rioya qilmasligi davlat
tom onidan belgilangan huquq normalariga rioya qilmaslikni bildiradi.
N atijada tashkilotlarning mablag‘lari muomalada bo‘lishi birm uncha
sekinlashadi qurilishlar, korxonalar va tashkilotlarning izchil, uzluksiz
ish olib borishlari buziladi.
Qishloq xo‘jalik mashinalarining va boshqa mahsulotlarning sanoat
korxonalari tom onidan qishloq xo‘jalik korxonalariga topshirilishi va
ularning davlat buyurtmasi bo‘yicha qishloq xo‘jalik mahsulotlari top-
shirish yuzasidan olingan majburiyatlarning o ‘z vaqtida bajarilishi mu-
him ahamiyatga egadir. Kreditor sifatida fuqarolar bo‘lganida ham
tegishli tashkilotlar o ‘z zim m alariga olgan m ajburiyatlarni lozim
darajada bajarishlari talab qilinadi.
Fuqarolik-huquqiy javobgarlik qarzdor tom onidan majburiyatning
bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi hollarini nazarda tutib,
qonun yoki shartnom ada belgilangan sanksiyalar qoilaniladi. Fuqa-
rolik-huquqiy javobgarlik majburiyatni bajarmagan qarzdor zimmasiga
zararlarni, neustoykani kreditor foydasiga to iash vazifasini yuklashdan
iboratdir. Fuqarolik-huquqiy javobgarlik tushunchasi majburiyatdagi
sanksiya tushunchasidan birm uncha torroq m a’noda tushuniladi,
chunki bunda qarzdorning javobgarligi barcha hollarda faqat mulkiy
javobgarlik hisoblanadi. Jumladan, birovga zarar yetkazish tufayli vujud-
ga keladigan majburiyatlarda zarar yetkazuvchi jabrlangan shaxsga
yetkazilgan zararning pul bilan hisoblangan miqdorini t o i a ravishda
to iay d i. Shartnom a b o ‘yicha olingan majburiyatlarning bajarilmasligi
www.ziyouz.com kutubxonasi
esa, kreditorning ko‘rgan zararlarni to ‘latish uchun ham, qarzdordan
neustoykaning undirilishi uchun ham asos b o ‘ladi.
Qarzdorning majburiyatni lozim darajada bajarmasligi, ya’ni, maj-
buriyatni shartnom a yoki qonunda ko‘rsatilgan shartlarga muvofiq
ravishda bajarmasligi: masalan, mahsulotning sifati, topshirish muddati,
shartnom aning bajarilish joyi kabi shartlar buzilishidan iboratdir.
Majburiyat qarzdor tom onidan butunlay bajarilmasa, kreditor sud orqali
majburiyatning majburiy tartibda bajarUishini, birinchi navbatda, albat-
ta, real ravishda bajarilishini, agar majburiyat lozim darajada baja-
rilmagan bo‘lsa, uning qonun yoki shartnom ada ko‘rsatilgan shartlarga
muvofiq bajarilishini talab qilishga haqli.
Yuqorida ko‘rsatilgan har ikki holatda, ya’ni majburiyat butunlay
bajarilmaganida ham, lozim darajada bajarUmaganida ham, ya’ni ayrim
shartlari buzUganida ham kreditor qarzdordan qonun yoki shartnom ada
nazarda tutilgan m ulkiyjarim alam ingundirilishini, ya’ni, o ‘zi ko‘rgan
zararlarning qoplanishini, neustoykalarning to ‘lanishini talab qila oladi.
Shu bilan birga qarzdorni olgan majburiyatlarini bajarish uchun m um -
kin qadar ko‘proq harakat qilishga majbur qiladi.
Fuqarolik-huquqiy javobgarlikning belgilanishi turli subyektlar o ‘r-
tasidagi munosabatlarda shartnom a intizom ining mustahkamlanishi-
ga yordam beradi. Binobarin, fuqarolik-huquqiy javobgarlUc majburiyat-
larning real va tegishli darajada bajarUishiga yordam berib, katta yuksak
tarbiyaviy rol o ‘ynaydi. Agar majburiyatni bajarmaslik yoki lozim
darajada bajarmaslik natijasida kreditorga zarar yetkazilgan b o isa ,
qarzdor bunday zararlarni to iash g a m ajbur b o ia d i. FKning 324-
moddasida qarzdor majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada
bajarmaganligi tufayli kreditorga yetkazUgan zararni to ia sh i shart,
deb ko‘rsatUadi. FKning 14-moddasi 2-qismida zarar tushunchasi nor-
malangan. Bunga asosan, zarar deganda, huquqi buzilgan shaxsning
buzilgan huquqini tiklash uchun qilgan yoki qilinishi lozim b o ig a n
xarajatlari, uning mol-mulki yo‘qolishi yoki shikastlanishi (haqiqiy
zarar), shuningdek, bu shaxs o ‘z huquqlari buzilmaganida odatdagi
fuqarolik muomalasi sharoitida olishi m um kin boigan, lekin ololmay
qolgan daromadlari boy berilgan foyda tushuniladi. Zarar deganda,
qarzdor tom onidan majburiyatning butunlay ijro etUmasligi yoki lozim
darajada ijro etilmasligi oqibatida kreditor tom onidan qilingan xara-
jatlar, mulkning yo‘qotUishi yoki kamayishi tushuniladi. Kreditorning
muUciy zarariga misol qilib tashkilot tom onidan qilingan ishlarning
sifatsiz bajarilishi sababli uni tuzatish bilan b o g iiq b o ig a n xarajatlarni
www.ziyouz.com kutubxonasi
yoki shartnom ada belgilanmagan muddatda qarzdor tom onidan yubo-
rilgan, masalan, muddatidan oldin yuborilgan mahsulotni saqlash xa-
rajatlaridan kelgan zararni yoxud kreditor tom onidan boshqa tashkilot-
larga to ‘langan jarimalarni ko‘rsatsa b o iadi.
Kiyim tikuvchi atelyening xizmatchisi tom onidan fuqaroga kostyum
tikilishida u tom ondan topshirilgan materiallarning noto‘g‘ri bichilishi
natijasida ko‘rgan zarami kreditor b o igan fuqaroning zararlariga misol
qilib ko‘rsatish mumkin.
Ikkinchidan, zarar sifatida kreditor tom onidan olinishi mumkin
boig an , ammo qarzdor majburiyatni bajarmagani tufayli olinmay qol-
gan daromadlar ham misol b o ia oladi.
Masalan, kreditor bo igan davlat korxonasi qarzdor tashkilotning
xomashyolarni o ‘z vaqtida yetkazib berilishini kechiktirm aganida,
majburiyat o ‘z vaqtida bajarilgani holda olishi mumkin bo ig an , ya’ni
tayyor mahsulotni sotish natijasida olishi mumkin boigan foydaning
qarzdor o ‘z majburiyatini bajarmaganligi sababli olinmagan daromadlari
kreditorning ko‘rgan zarari hisoblanadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining Plenumi qarori
ham mavjud zarar tarkibiga faqatgina tegishli shaxs tom onidan aniq
yetkazilgan zararlarnigina emas, balki shaxsning buzilgan huquqini
tiklashi uchun qilgan yoki qilishi lozim b o ig a n xarajatlar ham kirishini
belgilaydi. Ayni paytda bunday xarajatlarning zamriyligi va ularning
taxminiy m iqdori javobgarlik miqdorini belgilovchi tovar, ishdagi
ham da xizmat ko ‘rsatishdagi kamchiliklarni bartaraf etishga ketadigan
sm eta sifatidagi va m ajburiyatlarni buzganlik u chun javobgarlik
darajasini belgilovchi shartnom a, asoslantirilgan hisob-kitob kabi
boshqa dalillar bilan tasdiqlangan boiishi ham kerak. Olinmay qolgan
d a ro m a d n in g m iqdori (boy berilgan foyda), agarda m ajburiyat
bajarilgan b oiganida, kreditor qilishi lozim b o ig an oqilona xarajatlar
hisobga olinib aniqlanadi.
Majburiyat huquqida zararning to ia ravishda to ian ish i tamoyili
belgilanadi. Shu bilan birga, fuqarolar o ‘rtasidagi munosabatlarda sud
zaram ing undirilishi tartibini belgilashda har ikki tom onning mulkiy
ahvolini, xususan, qarzdorning mulkiy ahvolini e ’tiborga olib, majbu-
riyatning bajarilishini kechiktirishga yoki uni b o iib -b o iib bajarilishini
belgilashga ham haqli. Bu to‘g‘risida Fuqarolik prosessual kodeksining
tegishli m oddasida qoida belgilangan. U nda alohida hollarda ish
bo‘yicha hal qiluv qarorini chiqargan sud yoki hal qiluv qarorini ijro
etish joyidagi sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasi b o ‘yicha
www.ziyouz.com kutubxonasi
taraflarning mulkiy ahvoliga yoki boshqa holatlarga qarab, hal qiluv
qarorining ijrosini kechiktirishga yoki b o ‘lib-b o‘lib ijro etishga,
shuningdek, uni ijro etish usuli va tartibini o ‘zgartirishga haqli deb
ko‘rsatilgan.
N. Egamberdiyevaning fikricha, faqatgina bevosita zararlar undirili-
shi kerak, bilvositalari esa, undirilishi lozim emas, chunki huquqbuzarlik
va ularning yuzaga kelishi o ‘rtasidagi sababiy bog‘lanish huquq tom o-
nidan hisobga olish uchun yetarli emas.
FKning 332-moddasiga asosan majburiyatning ayrim turlari b o ‘yi-
cha hamda muayyan faoliyat turi bilan bog‘liq majburiyatlar b o ‘yicha
qonunda zarami to ‘la qoplashga bo‘lgan huquq cheklab qo‘yilishi m um -
kin (cheklangan javobgarlik). Masalan, yuk tashuvchi transport tashki-
loti tashish uchun qabul qilgan mulkni yo‘qotganda, yuzaga kelgan
zararni yuk jo ‘natuvchiga yoki oluvchiga y o ‘qotilgan ashyo qiymati
baravarida to ‘laydi.
Agar yuk zararlantirilgan b o ‘lsa, u holda zararlangan yukning
qiymati qanchaga kamaygan b o isa, shu summa miqdorida to iay d i.
Holbuki, yuk yubomvchi yoki yuk oluvchining zararlari faqat yo‘qotil-
gan yukning qiymati yoki qiymatining kamayishi natijasida kelgan
zarardangina iborat b o im a y , yana yuklarni saqlash u ch u n kerakli
om bor binolarini ijaraga olish bilan bog iiq xarajatlardan, xodimlarning
bekor turgan davrida ularga to ian g an ish haqidan, yuk tashuvchining
aybi bilan materiallar va uskunalaming o‘z vaqtida olinmasligi natijasida
sodir bo ig an boshqa zararlardan iborat bo iish i mumkin edi. A mmo
transport tashkilotlariga nisbatan cheklangan javobgarlik belgilanganligi
sababli keyingi zararlar e’tiborga olinmaydi. Cheklangan javobgarlik
transport tashkilotlari va b a’zi boshqa tashkilotlar uchun ham belgila-
nishi mumkin.
Jum ladan, elektr quw atini yetarli miqdorda yetkazib bera olmagan
elektr stansiyasi faqat berilmagan elektr quw ati qiymati m iqdorida
javobgar b oiishi mumkin. T ashkilotlaro‘rtasidagi majburiyat m unosa-
batlarida ko‘proq tatbiq etiladigan mulkiy sanksiya — neustoykadir.
N eustoykani undirish u chun faqat qarzdorning o ‘z m ajburiyatini
b a ja rm a g a n lig i k o ‘rs a tils a k ifoy a va b u n d a y m a jb u riy a tn in g
bajarilmasligi natijasida yetkazilgan konkret moddiy zarar miqdorini
isbotlash talab qilinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |