‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-§. Kafillik — majburiyatlarning bajarilishini



Download 13,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/325
Sana25.01.2023
Hajmi13,55 Mb.
#902197
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   325
Bog'liq
Fuqarolik huquqi. Umumiy qism (R.Ruziyev, V.Topildiyev)

6-§. Kafillik — majburiyatlarning bajarilishini
ta’minlash usuli sifatida
Kafillik majburiyatlar bajarilishini ta ’minlashning alohida turi bo‘lib, 
u kafillik to ‘g ‘risidagi shartnom a asosida vujudga keladi. Kafillik 
shartnomasiga asosan bir taraf kafil, boshqa shaxs o ‘z majburiyatlarini 
to ‘la yoki qisman bajarishi uchun uning kreditori oldida javob berishni 
o ‘z zimmasiga oladi (FK, 292-modda, 1-qism).
Kafil qarzdor uchun mulkiy javobgarlikni olganligini to ‘g‘ridan- 
to ‘g‘ri aniq bildirishi lozim. Majburiyatning bajarilishini t a ’minlash 
usuli sifatida ko‘riladigan kafillikning mohiyati shundaki, kreditor asosiy 
majburiyat bajarilmagan holda o ‘z talablarini faqat asosiy qarzdor- 
gagina qo‘ymay, balki kafilga nisbatan ham qo‘ya oladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Kafillik shartnomasi yozma shaklda tuzilishi lozim. Bu holda taraflar 
kafillik to ‘g‘risida alohida yozma shartnom a tuzishlari shart b o ‘lmaydi. 
Kafillik belgilanishida kafil asosiy qarzdor tom onidan beriladigan til- 
xatda qarzdor tom onidan majburiyatning lozim darajada bajarilishi 
javobgarlikni o ‘z zimmasiga olganligini ko‘rsatib belgi qo ‘ysa yoki 
qarzdorni muayyan majburiyat yuzasidan kafil bo‘lishini kreditor 
nomiga yozgan xatida bildirsa ham kifoya. Kafillik haqidagi shartnoma- 
ning yozma shaklda tuzilishi lozimligi to ‘g‘risidagi qonun bilan belgilan- 
gan talablarga rioya qilmaslik — kafillik shartnomasining haqiqiy sanal- 
masligiga sabab bo‘ladi. Kafillik asosiy majburiyatga qo‘shimcha xarak- 
terda bo‘lishi shundan iboratki, kafillik bilan faqat asosiy talabgina 
ta ’minlanishi mumkin. Agar asosiy shartnom a uning shakliga rioya 
qilinmaganligi sababli yoki shartnomada ishtirok etuvchi taraflarning 
muomalaga layoqatsiz bo‘lishi tufayli va boshqa shu kabi sabablar 
b o ‘yicha haqiqiy emas deb topilsa, mazkur shartnom aga q o ‘shimcha 
hisoblangan kafillik shartnomasi ham o ‘zining yuridik kuchini yo‘qo- 
tadi. Kafilning javobgarligi hajmi asosiy majburiyat yuzasidan qarz- 
dorning javobgarligidan oshiq bolishi m um kin emas. Qarzdor qanday 
hajmda javobgar bo‘lsa, kafil ham shu hajmda javobgar b o ‘ladi. Xusu- 
san, kafillik shartnomasi bilan boshqacha hol belgilanmagan bo‘lsa — 
foizlarning, zararlarning, neustoykaning to ‘lanishi uchun ham javobgar 
bo‘ladi. Q arzdor uchun majburiyatni bajargan kafil mazkur majburiyat 
yuzasidan bo‘lgan barcha huquqlami oladi. FKning 295-moddasida 
ko‘rsatilganidek, majburiyatni bajargan kafilga shu majburiyat yuzasidan 
kreditorga tegishli boMgan barcha huquqlar o ‘tadi. Kafil majburiyatni 
bajarganidan keyingi kreditor qarzdorga boMgan talabni tasdiqlovchi 
hujjatlarni kafilga topshirish va bu talabni ta ’minlaydigan huquqlarni 
berishi shart. Qarzdor kafillik bilan ta’minlangan majburiyatni bajarma- 
gan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kafil va qarzdor kreditor 
oldida solidar javob beradilar (FK, 293-modda).
FKda ko‘rsatilgan yuqoridagi qoida dispozitiv xarakterda boMgani, 
ya’ni, o‘zgartirilislii, to ‘lg‘azilishi mumkin boMgani sababli taraflar o ‘zaro 
kelishib, kafilning boshqacha hajmdajavobgar boMishini, masalan, asosiy 
qarzdoiga qo‘shimchajavobgarbo‘lishinibelgilashlari mumkin. Bu holda 
kafil majburiyatning bajarilishi yuzasidan qarzdordan hech narsa undirish 
mumkin boMmagani holdagina qarzdor uchun javobgar boMadi.
FKning 293-moddasi 3-qismida aytilganidek, birgalashib kafil bo‘1- 
gan shaxslar, agar kafiUik shartnomasida boshqacha hol ko‘rsatilmagan 
boMsa, kreditor oldida solidar javob beradilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Agar kreditor kafilga nisbatan d a ’vo q o ‘zg‘atsa, u holda kafil 
qarzdorlarni ishda ishtirok etish uchun jalb qilishga majbur. Shuning 
o‘zi bilan u qarzdorga o ‘zining manfaatlarini himoya qilish imkoniyatini 
bergan bo iad i. Agar kafil ishda ishtirok etishga jalb qilmasa, qarzdor 
o‘zining kreditoriga qarshi qo‘yishi mumkin bo‘lgan barcha e ’tirozlarini, 
ya’ni FKning 294-moddasida ko‘rsatilgan e ’tirozlarini kafilning unga 
qilgan talabiga qarshi qo‘yishga haqli. FKning 294-moddasida ko‘rsatil- 
ganidek, kafil kreditorning talabiga qarshi qarzdorning o ‘zi tom onidan 
ko‘rsatilishi mumkin b o ‘lgan barcha e’tirozlarni qo‘yishga haqli. Kafil 
bunday e ’tirozlarga bo‘lgan huquqini, garchi qarzdor o ‘zi bu huquqdan 
voz kechsa ham yoki o ‘z majburiyatiga iqror bo‘lsa ham y o ‘qotmaydi.
Agar bir necha kafil qarzdor uchun kafillik bergan b o ‘lsa, ke- 
yinchalik qarzdor uchun qarzlarini to ‘laganlari holda har qaysisi o ‘zlari 
tom onidan to ‘langan summa miqdorida qarzdorga nisbatan o ‘z talab- 
larini qo‘ya oladi. FKning 296-moddasida ko‘rsatilganidek, kafillik 
bilan ta ’minlangan majburiyatni bajargan qarzdor bu haqda kafilni 
darhol xabardor qilishi shart. Aks holda o ‘z navbatida majburiyatni 
bajargan kafil asossiz olingan narsani kreditordan undirib olishi yoki 
qarzdorga regress talab qo‘yishga haqli. Regress talab qo‘yilgan taqdirda, 
qarzdor asossiz olingan narsanigina kreditordan undirib olishga haqli.
Kafillik quyidagi hollarda bekor bo‘ladi:
— kafillik bilan ta ’minlangan majburiyat bekor bo‘lganda;
— kafilning roziligisiz majburiyatda uning javobgarligi oshishi yoki 
uning uchun boshqa noqulay oqibatlar yuz berishiga olib keladigan 
tarzda majburiyat shartlari o ‘zgartirilganda;
— kafillik bilan ta ’minlangan majburiyat bo‘yicha qarz boshqa 
shaxsga o ‘tkazilganda, agar kafil yangi qarzdor uchun javobgar bo ‘lishi 
haqida kreditorga rozilik bergan boMmasa;
— majburiyatni bajarish muddati kelganida kreditor qarzdor yoki 
kafil taklif qilgan tegishli ijroni qabul qilishdan bosh tortganda;
— Shartnomada belgilangan kafillik muddati o ‘tganda;
— Agar shartnomada kafillik muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa, kreditor 
majburiyatni bajarish muddati etgan kundan boshlab bir yil davomida 
kafilga da’vo qo‘zgatmasa;
— Agar asosiy majburiyatni bajarish muddati ko‘rsatilmagan va 
belgilanishi mumkin bo‘lmagan yoki talab qilib olish payti bilan bel- 
gilangan bo‘lsa, kreditor kafillik shartnomasi tuzilgan kundan boshlab 
bir vil mobaynida kafilga nisbatan d a’vo qo‘zg‘atmagan taqdirda 
(FK,' 298-modda).
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 13,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish