7-§. Kafolat — majburiyatlaming bajarilishini
ta’minlash usuli sifatida
M ajburiyatning bajarilishini ta ’m inlash usullaridan biri kafolat
hisoblanadi. Kafolatga binoan bank, boshqa kredit muassasasi yoki
sug‘urta tashkiloti (kafil) boshqa shaxs (prinsipal) ning iltimosiga ko‘ra
kafil o ‘z zimmasiga olayotgan majburiyat shartlariga muvofiq prinsi-
palning kreditori (benefisiar) pul summasini to ‘lash haqida yozm a
talabnom a taqdim etsa, pulni unga to ‘lash haqida prinsipalga yozma
majburiyat beradi (FK, 299-modda).
Kafolatning o ‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki bunda har
doim kafil sifatida bank, boshqa kredit muassasasi yoxud sug‘urta
tashkiloti qatnashadi. Ko‘p hollarda kafil prinsipalga xizmat ko‘rsa-
tuvchi tashkilot hisoblanadi. Shu sababli ham kafil prinsipalning bankda
saqlayotgan pul m ablag‘Iari hisobidan uning kreditorlari oldidagi
majburiyatini bajaradi. Biroq qonun buni shart qilib qo‘ymaydi, shu
sababli ham kafil sifatida har qanday kredit muassasasi yoki kredit
tashkiloti bo‘lishi mumkin. Kafolatning asosiy mohiyati shundaki, u
orqali prinsipalning benefisiar oldidagi o ‘z m ajburiyatini (asosiy
majburiyatni) tegishli darajada bajarilishi ta ’minlanadi. Kafolat haq
baravariga tuziladi. Kafolat bergan bank (kredit muassasasi, syg‘yrta
tashkiloti) ga prinsipal tegishli miqdorda haq to ‘laydi. Kafolat asosiy
majburiyatdan (ya’ni prinsipalning benefisiar oldidagi majburiyatidan)
garchi kafolatda ushbu m ajburiyatga havola q ilinsa-da m ustaqil
hisoblanadi.
Agar kafolatda boshqacha tartib nazarda tutilm agan b o ‘lsa, u
kafil tom onidan chaqirib olinishi m um kin emas. Kafolat bo‘yicha
benefisiarga tegishli b o ‘lgan kafilga talab qo‘yish huquqi agar kafolatda
boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, boshqa shaxsga o ‘tkazilishi
mumkin emas.
Agar kafolatda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boMmasa, u
berilgan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Benefisiarning kafolat bo‘yicha
pul summasini to ‘lash haqidagi talabi kafolatda ko‘rsatilgan hujjatlarni
ilova qilgan holda kafilga yozma ravishda taqdim etilishi lozim. Talabda
yoki unga ilovada benefisiar prinsipalni ta ’minlash uchun kafolat beril-
gan asosiy majburiyatni buzishi nim adan iboratligini ko‘rsatishi kerak.
Kafll benefisiarning talablarini olganidan so‘ng bu haqda darhol
prinsipalni xabardor qilishi va unga talabning nusxasini barcha tegishli
hujjatlar bilan topshirishi kerak. Kafil benefisiarning talabini ilova
www.ziyouz.com kutubxonasi
qilingan hujjatlar bilan birga kafolatda krsatilgan m uddatda bu talab
hamda unga ilova qilingan hujjatlar kafolat shartlariga mos kelishi
yoki kelmasligini aniqlash uchun oqilona jonkuyarlik ko‘rsatishi kerak.
Agar benefisiaming talabi yoki unga ilova qilingan hujjatlar kafolat
shartlariga mos kelmasa yoxud kafilga kafolatda belgilab qo‘yilgan
muddat tam om blganidan keyin taqdim etilgan bo‘lsa, kafil beneft-
siarning talabini qondirishni rad etadi va bu haqda uni darhol xabardor
qiladi.
Agar benefisiarning talabi qondirilganga qadar kafolat bilan ta ’min-
langan asosiy majburiyat batamom yoki uning tegishli qismi bajaril-
ganligi yoxud boshqa asoslarga ko‘ra bekor bo‘lganligi yoinki haqiqiy
emas deb topilganligi kafilga m a’lum bo‘lib qolsa, u bu haqida darhol
benefisiarga va prinsipalga xabar berishi shart.
Odatda, kafilning benefisiar oldidagi mas’uliyati kafolatda nazarda
tutilgan sum m ani to ‘lash bilan chegaralanadi. Biroq kafil kafolat
bo‘yicha majburiyatni bajarmaganda yoki lozim darajada bajarmagan
taqdirda kafolatda nazarda tutilgan summani to ‘latish bilan chegara-
lanmay, yetkazilgan zararlami ham undirib olishga haqli.
Kafilning kafolat bo‘yicha benefisiar oldidagi majburiyati quyidagi
hollarda bekor bo‘ladi:
1. Kafolat berilgan summa benefisiarga to ‘lanishi bilan;
2. Kafolatda belgilangan muddat tamom bo‘lishi bilan;
3. Benefisiar kafolat bo‘yicha o ‘z huquqlaridan voz kechishi va
uni kafilga qaytarib berish oqibatida;
4. Benefisiar kafilni uning majburiyatlaridan ozod qilish haqidagi
yozm a ariza berish yo‘li bilan kafolat b o ‘yicha o ‘z huquqlaridan
voz kechishi oqibatida Kafolatning yuqoridagi 1, 2. 4-bandlarida
ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha bekor qilinishi kafilga kafolat qaytarib
berilgan yoki berilmaganligiga bog‘liq b o ‘lmaydi. K afolat bekor
b o ‘lganligidan xabar topgan kafil darhol bu haqda p rin sip aln i
xabardor qilishi kerak. K afilning prinsip aldan kafolat b o ‘yicha
benefisiarga to ‘langan summalarni regress tartibida toMashni talab
qilish huquqi kafilning prinsipal bilan bajarish yuzasidan kafolat
berilgan kelishuvida belgilab q o ‘yiladi.
Agar kafilning prinsipal bilan kelishuvida boshqacha tartib nazarda
tutilm agan b o ‘lsa, kafil benefisiami kafolat shartlariga muvofiq tarzda
yoki kafilning benefisiar oldidagi majburiyatni buzganligi uchun to ‘-
langan summalarni qoplashni prinsipaldan talab qilishga haqli emas
(FK , 310-modda).
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |