‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Qarang: Егоров Н.Д. Гражданско-правовое регулирование обшествен-  Hbix



Download 12,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/320
Sana22.04.2022
Hajmi12,36 Mb.
#571687
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   320
Bog'liq
Fuqarolik huquqi (Umumiy qism).Рўзиев

Qarang:
Егоров Н.Д. Гражданско-правовое регулирование обшествен- 
Hbix 
отношений: единство и дифференциация. — Л., 
1988. 
С. L

— 
12.


Shu bilan birga, О.А. Krasavchikovning fikrini keskin tanqid ostiga 
olish bilan birga, quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratishni istaymiz. 
U m um an, har qanday ijtimoiy munosabatlar, shu jum ladan, mulkiy 
m unosabatlar ham muayyan darajada tashkiliyligi, shakllanish bosqichi 
bilan tavsiflanadi. Ularni tashkil etuvchi unsurlar (elem entlar) istisno 
qilinsa kifoya, mulkiy munosabatlaming o ‘zi ham barham topadi. 
Navbatdagi qonunchilik doirasida davlat huquqiy m e’yorlar yordamida 
mulkiy munosabatlarni turlicha tashkillashtirishi mumkin. Pudratchi 
buyurtm achiga ishning yaroqliligi va taalIuqliligiga xavf soluvchi 
vaziyatdan ogoh etish mas’uliyatini yuklashi ham yuklamasligi ham 
mumkin. A m m o bunday majburiyat bo‘lmaganda buyurtm achining 
mulkiy m unosabatiga katta zarar etishi m um kin. S hunday qilib,
О.А. Krasavchikovning xatosi mulkiy munosabatlarni alohida fuqarolik- 
huquqiy m unosabat deb e’lon qilishida ko‘rinadi.
K o‘rib chiqilayotgan masala bo‘yicha bizning nuqtayi nazarimiz, 
aslida, fuqarolik huquqi fani uchun yangilik hisoblanmaydi, chunki 
o ‘z vaqtida mazkur muammoni O.S. Ioffe qisman tushuntirib o ‘tgan'. 
Bundan tashqari, bu nuqtayi nazarga fuqarolik huquqi sohasidagi bir 
qator boshqa tadqiqotchilar ham qo‘shiladilar. Lekin shu bilan bir 
vaqtda, О.А. Krasavchikovning tarafdorlari ham bor. Shuningdek, 
yuqoridagilar bilan bir qatorda, mazkur m uammo bo‘yicha qarashlar 
rivojida kelishuvchilik holati ham mavjud. Ular bunday tashkiliy muno- 
sabatlar konsepsiyasiga qayerdadir qo‘shiladilar, qayerdadir q o ‘shilmay- 
dilar. Agar amaldagi fuqarolik qonunchiligiga e ’tibor berilsa, tashkiliy- 
huquqiy munosabatlarning hajmi sezilarli oshganligini ko‘rish mumkin. 
Bundan tashqari, o ‘quv adabiyotlarida, keyingi paytlarda «korpo- 
ratsiyaning xususiy mulkini boshqarish bo‘yicha korporativ munosa- 
batlar»ga alohida urg‘u berilmoqda. Bular rnulkiy xususiyati bilan 
ajralib turadi va tashkiliy munosabatlar ustunroq bo‘lgan korporativ 
munosabatlarga qarama-qarshi qo‘yiladi, shuningdek b a’zi notijorat 
tashkilotlar jam oat va diniy tashkilotlar, yuridik shaxslar uyushinasi 
va boshqalarga ham.
M a’lumki, harqanday ishlab chiqarish, shuningdek, bevosita xo‘ja- 
lik faoliyati yuritish jarayonini amalga oshirish uchun ushbu jarayonga 
hozirlik ko‘rish, tashkiliy-huquqiy jihatdan tayyorgarlik k o ‘rish lozim 
bo‘ladi. Bunday tashkiliy ishlami bajarmasdan, hal etm asdan turib,

Qarang:
Иоффе О.С. Развитие цивилистической мьгсли в СССР. — Л.. 
1975. С. 95-96.


keyingi jarayonga kirishish mumkin emas. Odatda, xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarning dastlabki va keyingi qator tashkiliy tusdagi munosabatlari 
davlat boshqaruv idoralari bilan b o ‘ladigan aloqalarga (bir tarafning 
ikkinchi tarafga m a’muriy bo‘ysunish) asoslangani bois, m a’muriy 
huquq normalari bilan tartibga solinadi. Biroq m a’muriy bo‘ysunishga 
asoslangan bunday tashkiliy tusdagi m unosabatlar jam iyatim izda 
mavjud bo‘lgan va vujudga keladigan tashkiliy m unosabatlarning 
barchasini qamrab olmaydi. Fuqarolik kodeksining 2-moddasi 6-qismida 
bir tarafning ikkinchi tarafga ma’muriy bo‘ysunishiga asoslangan mulkiy 
munosabatlarga, shu jum ladan soliq, moliyaviy, m a’muriy va boshqa 
munosabatlarga nisbatan fuqarolik qonun hujjatlari qo‘llanilmaydi, 
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, deb 
belgilab qo‘yilgan.
Demak, hayot taqozosi tufayli yuzaga keladigan va qonun hujjatla- 
rida nazarda tutilmaydigan hollar mavjudki, bundan kelib chiqadigan 
munosabatlar subyektlarning tashabbusiga, tengligiga, xohish-iroda- 
larining erkinligiga asoslanadi.
Hozirgi vaqtda fuqarolik huquqining predmeti mulkiy va shaxsiy 
nomulkiy munosabatlar bilangina bog‘liq emasligi to ‘g‘risida bir qator 
fikrlar aytilmoqda. Jumladan, professor O. Oqyulov fuqarolik huquqi- 
ning predmeti tarkibiga tashkiliy huquqiy munosabatlar ham kiradi, 
degan fikrni ilgari suradi. Ushbu fikr mulohazaning isbotini u yuridik 
shaxslar tashkil etish jarayonida ko‘radi. Uning ko‘rsatishicha, fuqarolik 
huquqi tom onidan tartibga solinadigan m unosabatlarni a n ’anaviy 
ravishda faqat mulkiy va shaxsiy nomulkiy turlarga ajratish har doim 
ham to ‘g‘ri emas. Ba'zan subyektlar o ‘rtasida shunday munosabatlar 
ham vujudga keladiki, ular o ‘z mohiyatiga ko‘ra, na mulkiy, na shaxsiy- 
nomulkiy b o ‘lib hisoblanmaydi. Bu fuqarolik huquqiy m unosabat 
ishtirokchilarini muayyan tuzilmalar tuzish b o ‘yicha tashkiliy munosa- 
batlarga kirishishi haqida (yuridik shaxslar tashkil etish, yuridik shaxslar 
ittifoqlarini tashkil etish, birgalikdagi notijorat hamkorlik t o ‘g‘risida) 
bormoqda. T o‘g‘ri, E. Suxanov ulardan ba’zilarini mulkiy m unosabat- 
larning o ‘ziga xos ko‘rinishi bo ‘lgan korporativ munosabatlar, deb 
hisoblaydi. Biroq bu ushbu munosabatlar mohiyatini aniq va to ‘liq 
ifoda etmaydi.1

Qarang:
Окюлов О.О. Современньге концегшии o предмете гражданс- 
кого права и проблемн либерализаиии системьг права. Материалн 
международного симпозиума. Традиционное право Узбекистана и Японии: 
проблемн совершенствования законодательства — Т:, 2002. — с. 48.


Akademik H. Rahmonqulov bu fikrga qo‘shilibgina qolmasdan, 
uni yanada davom ettiradi va chuqurlashtiradi. Uning fikricha, bir 
tarafni ikkinchi tarafga m a’muriy bo‘ysunishiga asoslanmagan taraflar- 
ning tenglik tamoyiliga asoslangan tashkiliy mulkiy m unosabatlar 
fuqarolik huquqi bilan tartibga solinadi va bunday tashkiliy munosa- 
batlar jumlasiga quyidagilar ham kiradi:
— yuridik shaxsning huquqiy maqomini belgilovchi ustavini ishlab 
chiqish, qabul qilish va tasdiqlash;
— ta’sis shartnomasini tuzish va uni davlat ro ‘yxatidan o‘tkazish, 
shuningdek, boshqa tashkiliy-huquqiy tuzilmalar tashkil etish va ularning 
yuridik rasmiylashtirish (turli xo‘jalik birlashmalari, shirkatlari va ulami 
vakolatxonalari, filiallari shaklidagi yuridik shaxslarni tashkil qilish);
— qaytadan tashkil etish bilan bog‘liq munosabatlar (yuridik shaxsni 
qo‘shib yuborish, qo ‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o ‘zgartirish 
va h.k);
— birgalikdagi faoliyat to ‘g‘risidagi shartnom ani tuzish (oddiy shir- 
kat shartnom asi);1
— dastlabki shartnom alarni tuzish (bunda shartnom a shartlariga 
muvofiq kelgusida mol-mulk berish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish 
bo‘yicha dastlabki shartnoma asosida kelgusida asosiy shartnoma tuzish 
haqida kelishib olinadi);
— uzoq muddatli xo‘jalik aloqalarini o ‘rnatish uchun tuziladigan 
shartnoma;
— majburiy tartibda tuziladigan shartnom alar asosida vujudga kela- 
digan m unosabatlar (m uayyan m u d datlar m obaynida shartnom a 
loyihalarini tuzish va uning shartlari haqida kelishib olish);
— shartnom a tuzish oldidan bo‘ladigan nizolarni hal qilish va 
hokazo.
Tashkiliy-huquqiy munosabatlar ikki xil toifadagi, ya’ni, ichki va 
tashqi vazifalarni bajarishga qaratiladi. Tashqi tashkiliy-huquqiy vazifa- 
lar esa korxonalar, tashkilotlar, xo‘jalik jam iyatlari, shirkatlarining 
iqtisodiyot va xo‘jalik faoliyatining turli sohalarida mulkiy aloqalarini 
o ‘rnatishni tashkil qilishni amalga oshirish bilan bog‘liq. Ichki vazifalar 
tashkilotlar, xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarning huquqiy holati (ular- 
ning ustavlari, ta ’sis shartnom alari) bilan belgilanadi, tashqi tashkiliy- 
huquqiy vazifalar fuqarolik huquqiy normalari bilan tartibga solinadi.


Download 12,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish