‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 12,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/320
Sana22.04.2022
Hajmi12,36 Mb.
#571687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   320
Bog'liq
Fuqarolik huquqi (Umumiy qism).Рўзиев

Birinchidan, 
ushbu m unosabat ishtirokchilari m ulkiy jihatdan 
mustaqildirlar. Bu ularga mol-m ulkni mustaqil tarzda tasarruf qilish 
va shu bilan birgalikda o ‘zlarining harakatlari hamda harakat natijalari 
uchun mustaqil mulkiy javobgar bo‘lish imkoniyatlarini beradi.
Ikkinchidan, 
umumiy qoidaga ko‘ra, ular tovar-pul xususiyatlariga 
ega bo‘lib, ekvivalent-haq evaziga amalga oshiriladi. Albatta, ayrim 
hollarda mulkiy munosabatlar haqsiz, tekin, masalan, hadya, ssuda 
asosida vujudga kelishi ham m um kin. Lekin, ushbu m unosabatlar 
ikkilamchi, ya’ni ekvivalent-haq evaziga amalga oshiriladigan mulkiy 
munosabatlardan kelib chiqadigan hosila munosabatlar b o ‘lib, tovar 
almashuvining oddiy shakli hisoblanmaydi.
Uchinchidan, 
mulkiy m unosabatlar ishtirokchilari teng huquqli va 
mustaqildirlar. Ular tovar egalari sifatida mustaqil bo‘lganliklari bois, 
bir-birlariga m a’muriy yoki boshqa bir hokimiyat tarzida b o ‘ysun- 
maydilar.
Yuqorida sanab o ‘tilgan belgilardan ko‘rinib turibdiki, fuqarolik 
huquqi predmeti tarkibiga kiruvchi mulkiy m unosabatlar tovar-pul 
xarakteriga egaligi bilan farqlanadi. Demak, o ‘zida ana shu belgilarni 
mujassamlashtirmagan boshqa tusdagi (notovar tabiatga ega boMgan) 
mulkiy munosabatlar (masalan, soliq, budjet va boshqa moliyaviy 
munosabatlar, m a’muriy munosabatlar; umummilliy (davlat) mulki


b o ‘lgan yer va h.k.) fuqarolik huquqining predmeti b o ‘lib hisob- 
lanmaydi va ularga nisbatan fuqarolik qonun hujjatlari qo‘llanilmaydi.
Tovar xo‘jaligining barqarorligi m unosabatlari, ya’ni moddiy 
boyliklarning o ‘zlashtirilganligi, taalluqliligi mulkiy munosabatlarning 
u yoki boshqa ishtirokchilari tom onidan ashyoning egallanganligini, 
aniqroq aytganda, ularning muayyan ashyoning mulkdori ekanligini 
anglatadi. Statik munosabatlar ikki taraflama tabiatga egaligi bilan 
izohlanadi, ya’ni birinchidan, mulkdorning o ‘ziga tegishli b o ‘lgan 
ashyoga munosabati va ikkinchidan, ushbu ashyo bo‘yicha mulkdor 
va barcha boshqa shaxslar o ‘rtasida vujudga keladigan munosabatni 
ifodalaydi.
Ashyoga (muayyan mol-mulkka) shaxsning munosabati m e’yordagi 
xo‘jalik faoliyatini belgilovchi sharti hisoblanadi. Shu m a’noda, agar 
har bir shaxsning boshqa mulkka nisbatan o ‘z mulkiga bo‘lgan alohida, 
oqilona munosabatini e ’tiborga oladigan bo‘lsak, xo‘jalik faoliyatining 
yuqori samarasini ham aynan ana shu omil belgilashiga ishonch hosil 
qilish mumkin. Zero, ashyoga xo‘jasizlarcha begonalashtirish asosidagi 
yondashuv, shak-shubhasiz, iqtisodiy natijalarning kutilgan darajada 
bo‘lishini ta ’minlab bera olmaydi. Bizga m a’lumki, mehnatkashlarni 
yollanma ishchilarga aylantirgan davlatlashtirilgan iqtisodiyot (sobiq 
ittifoq davridagi tizim) tajribasi buni tasdiqlagan.
Bundan tashqari, shaxsning o ‘z mulkidan erkin, o ‘z xohishiga 
ko‘ra foydalanishi va bunda boshqa birovlarning asossiz aralashuviga 
yo‘l qo‘ymasligi xo‘jalik faoliyatini to ‘g ‘ri tashkil etish hamda amalga 
oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o ‘rinda mulkiy (ashyoviy) 
m unosabatlarning ikkinchi tarafi — mulkdor bilan barcha boshqa 
shaxslarning ashyo (mol-mulk) bo‘yicha yuzaga keladigan munosabati 
namoyon bo‘ladi. Aytish joizki, mulkdorning o‘z mulkidan (o‘ziga 
tegishli ashyodan) foydalanishi boshqa shaxslarning huquqlari va qonun 
bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart. 0 ‘z navbatida, 
boshqa shaxslardan (shuningdek davlatdan) ham mulkdorning o ‘z 
mulkidan mustaqil tarzda qonunlarda nazarda tutilgan hollar, shartlar 
va doirada foydalanishiga im koniyat yaratib berishlari, to ‘sqinlik 
qilmasliklari talab qilinadi. Ushbu munosabatda mulkdor o ‘z mulkiga 
egalik qilishi, undan foydalanishi va uni tasarruf etishiga nomuayyan 
doiradagi majbur shaxsga qarshi turganligi sababli, bunday munosabat- 
ning mutloq xarakteri (tabiati) xususida so‘z borishi tabiiy.
Y uridik jih atd an mulkiy m unosabatlar m oddiy boyliklarning 
tegishliligi bo‘yicha mulkiy (ashyoviy) huquqiy munosabatlar sifatida


e ’tirof etiladi va rasmiylashtiriladi. Ular mulkiy munosabatlar va o ‘zga 
(cheklangan) ashyoviy huquqlarga bo‘linadi. Mulkiy m unosabatlar 
ashyodan foydalanish bo‘yicha qonuniy barcha imkoniyatlarga ega 
bo‘lgan mulkdorga ushbu ashyo (mulk) ning tegishli ekanligini ifoda 
etadi. 0 ‘zga ashyoviy huquqlar esa mulkdor bilan bir qatorda boshqa 
shaxslarning ham foydalanishi mum kin boigan mulkdor mulkining 
huquqiy holatini belgilaydi.
Tovar xo‘jaligi harakati (dinamikasi) munosabatlari, ya’ni, moddiy 
boyliklarning bir egadan boshqasiga o ‘tishi, odatda, ishtirokchilar 
tom onidan muayyan mol-mulkni begonalashtirish (tasarruf qilish) va 
q o ig a kiritish bilan bogiiq boiadi. Yuridik jihatdan ular majburiyatlar 
(majburiyat m unosabatlari) yordam ida rasmiylashtiriladi. Bunday 
munosabatlar har doim tovar-pul aloqalarining aniq ishtirokchilari — 
alohida, mustaqil b o ig a n tovar egalari o ‘rtasida vujudga keladi va 
shuning uchun ham nisbiy tusga ega b o iad i.
Ko‘pincha, majburiyat munosabatlari tovar egalarining tovarlar 
(ashyolar, ishlar va xizmatlar natijalari va huquqlari)ni tasarruf qilish 
va (yoki) q o ig a kiritish to ‘g‘risidagi kelishuvi asosida vujudga keladi. 
Ba’zida m ajburiyatlar ishtirokchilar o ‘rtasida kelishuv b o im a g a n
hollarda ham, masalan. bir shaxs tom onidan boshqasiga mulkiy zarar 
yetkazish oqibatida yoki asossiz boylik orttirish natijasida kelib chiqadi. 
Shunday qilib, tovar almashuvi mazm unini tashkil qiluvchi iqtisodiy 
munosabatlarning yuridik shakli sifatida majburiyatlar shartnom aviy 
va shartnom adan tashqari majburiyatlarga boiinadi.
M oddiy boyliklarning bir shaxsdan boshqasi ixtiyoriga o ‘tishi, 
nafaqat majburiyatlar shaklida, shu bilan birga vafot etgan fuqarolar- 
ning mulkini meros olish asosida egallash, yuridik shaxslarni qayta 
tashkil etish va tugatish orqali ham amalga oshirishi mum kin. Bunga 
m oddiy boyliklarning yangi egalariga o ‘tishi, o iim yoki aw algi 
egalarining o ‘z faoliyatlarini bekor qilishi, ya’ni, ularning mulkiy muno- 
sabatlar doirasidan chiqib ketishi, yo‘qolishi bilan b o g iiq b o ia d i.
Taraqqiy etib borayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tovar alma- 
shuvining tabiiy rivoji, o ‘z navbatida, mulkiy munosabatlarning ham 
murakkablashib borishiga va oqibatda ularning yangi k o ‘rinishlari 
amaliyotga kirib kelishiga sabab bo iad i. Bunday munosabatlar qatoriga 
korporatsiyalarning xususiy mulkini bajarish bo‘yicha vujudga keladigan 
munosabatlarini ko‘rsatish mumkin. Ular odatda mulkiy m uom alada 
doimiy va professional faoliyat ko‘rsatish uchun tashkil qilingan xo‘jalik 
jamiyatlari va shirkatlari, shuningdek, ishlab chiqarish kooperativlarini


boshqarish jarayonida yuzaga keladi. Ishtirokchilar tom onidan maxsus 
tuzilgan ushbu tashkilotlar o ‘zi-o ‘zini boshqarish hamda q at’iy belgi- 
langan a ’zolik prinsiplari asosida faoliyat yuritib, ular o‘rtasidagi muno- 
sabatlar, asosan m ulkiy tusda b o iish i bilan izohlanadi. M ulkiy 
munosabatlarning bunday ko‘rinishining yuridik shakli korporativ hu- 
quqiy munosabatlar b o iib hisoblanadi. Korporativ m unosabatlar o ‘z 
mazmun mohiyati bilan majburiyatlarga yaqin turadi. Chunki ular 
ham korporatsiyaning har bir a ’zosining o ‘zaro hamda korporatsiya 
bilan munosabatini rasmiylashtirganligi bois nisbiy xarakterga ega 
b o iad i. Biroq korporativ majburiyat, faqat muayyan tashkilotlar ish- 
tirokchilari o ‘rtasidagina vujudga kelib, boshqa subyektlar uchun 
taalluqli boim asligi bilan farqlanadi.K o‘pincha, birinchi qarashda 
korporatsiya a ’zolari ishtirokchilarning o ‘zaro aloqalarinigina tashkil- 
lashtirishga qaratilgandek b o iib ko‘rinadigan korporativ munosabatlar, 
aslida, bevosita korporativ mulkdan foydalanish, uni boshqarish maq- 
sadidan kelib chiqadi.
Ta’kidlash lozimki, yuridik shaxs sifatida tashkil etilgan korporatsiya 
(umum an shunday tashkilot) ning faoliyati va ushbu asosda vujudga 
kelgan munosabatlar o ‘z mazmun-mohiyati bilan, aw alam bor, aniq 
mulkiy yoiialishga ega b oiadi. Aynan ana shu holat korporativ muno- 
sabatlami majburiyat munosabatlarining bir ko‘rinishi deb tavsiflashga 
imkon beradi.

Download 12,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish