‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 12,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/320
Sana22.04.2022
Hajmi12,36 Mb.
#571687
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   320
Bog'liq
Fuqarolik huquqi (Umumiy qism).Рўзиев

A. Qonunlar.
B. Kodekslar.
C. Farmon va farmoyishlar.
D. Mahalliy odat va an’analar.


IV bob.
FUQAROLIK-HUQUQIY MUNOSABAT
l-§. Fuqarolik-huquqiy munosabat tushunchasi
Fuqarolik-huquqiy munosabat deb, shaxslar o ‘rtasida bo‘ladigan 
va fuqarolik-huquqiy normalar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy 
munosabatga aytiladi. Shaxslar o ‘rtasida tuziladigan oldi-sotdi, 
mahsulot yetkazib berish, biror-bir ishni bajarish, ijara, qarz to‘g‘- 
risidagi shartnom alar fuqarolik-huquqiy m unosabatlar jumlasiga 
kiradi.
Fuqarolik-huquqiy munosabat ijtimoiy munosabat sifatida, eng 
awalo, shaxslar, kishilar o‘rtasidagi munosabat bo‘lganligi uchun unda 
qatnashuvchilarning erki-irodasidan vujudga keladi. Fuqarolik-huquqiy 
munosabatda ifodalangan shaxslarning erklari, turli-tuman manfaatlari 
davlatning fuqarolik-huquqiy normalarida (qonunlarda) o ‘z ifodasini 
topadi.
Shaxslar o‘rtasida bo‘ladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlar qo- 
nun bilan tartibga solinadigan normal munosabatlar bo‘lganligi tufayli 
ular ixtiyoriy ravishda amalga oshirilishi lozim. Ammo ba’zi hollarda 
huquqiy munosabat yuzasidan olingan majburiyatlar ixtiyoriy ravishda 
amalga oshirilmaganligi tufayli davlat tomonidan belgilangan majburiy 
ijro choralari qo‘llaniladi.
Fuqarolik-huquqiy munosabatga xos ba’zi xususiyatlar ham mav- 
jud. Jumladan, fuqarolik-huquqiy munosabatda qatnashuvchi shaxslar 
bu munosabatlarda o ‘zlariga xos mulkka, aniqrog‘i, muayyan mulkiy 
mustaqillikka ega holda qatnashadilar. Fuqarolik-huquqiy munosabatda 
qatnashuvchi shaxslar bir-birlariga nisbatan teng huquqli shaxslar 
hisoblanadi. Fuqarolik-huquqiy munosabatda qatnashuvchi shaxslaming 
huquqlari buzilgan taqdirda, bu huquqlar, odatda, da’vo qo‘zg‘atish 
yo‘li bilan sudlar tomonidan qo‘riqlanadi.
Boshqa huquqiy munosabatlar singari fuqarolik-huquqiy muno- 
sabatlar ham uchta mustaqil elem entdan — huquqiy munosabat 
subyektlari, obyektlari va mazmunidan iboratdir.
Bunda, fuqarolik-huquqiy munosabat subyektlari bo‘lib, ushbu 
huquqiy munosabatda qatnashuvchi shaxslar — fuqarolar va tashkilotlar


(ya’ni, yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan korxonalar) hisoblanadi. 
Davlat ham fuqarolik huquqiy munosabat subyekti bo‘lishi mumkin.
Fuqarolik-huquqiy munosabatda qatnashuvchi shaxslar fuqarolik 
huquq layoqatiga, ya’ni fuqarolik huquqlari va burchlariga ega boiish 
layoqatiga molik bo‘lishlari lozim.
Fuqarolik-huquqiy munosabatning mazmunini shu munosabatda 
qatnashuvchi shaxslaming subyektiv huquqlari va burchlari tashkil 
etadi.
Ba’zi mualliflar fuqarolik-huquqiy munosabatning mazmunini 
bunday munosabat qatnashchilarining o‘z subyektiv huquq va maj- 
buriyatlariga muvofiq amalga oshiradigan o ‘zaro harakatlari tashkil 
etadi, subyektiv huquqlar va burchlar esa huquqiy munosabatning 
huquqiy shaklidir, deb hisoblaydilar' .
Subyektiv huquq deyilganda, muayyan huquqiy munosabatda 
qatnashuvchi shaxsga tegishli huquq tushuniladi. Subyektiv huquqlar 
obyektiv huquq normalari, ya’ni, davlat tom onidan belgilangan 
umumiy qoidalar asosida vujudga keladi va ularga muvofiq ravishda 
amalga oshiriladi. Fuqarolik-huquqiy munosabat ishtirokchilarining 
huquqlari, odatda, obyektiv huquq (davlat tomonidan o ‘rnatiladigan 
va belgilab qo‘yiladigan huquqlar) normalaridan kelib chiqadi. Ushbu 
huquqqa nisbatan «subyektiv» so‘zi qoilanilishining asosiy sababi, 
fuqarolik-huquqiy munosabat ishtirokchisining ushbu huquqning sohibi 
boiish hamda uni amalga oshirishdagi xohish-irodasining birlashishi 
ahamiyatga egaligidir. Chunki subyektiv huquq sohibi o ‘zining bu 
huquqlarini o ‘z xohishiga ko‘ra amalga oshirishi yoki umuman amalga 
oshirmasligi yoxud ushbu huquqlardan voz kechishi mumkin.
Subyektiv huquqlar o ‘z egasiga qonun bilan yo‘l qo‘yilgan doira- 
larda o‘z xohishi va ixtiyori bilan harakat qilish imkoniyatini beradi. 
Boshqacha qilib aytganda, subyektiv huquq subyektga o‘z erkini amal- 
ga oshirish va o‘z manfaatlarini qondirish imkoniyatini beradigan 
munosabatlarni vujudga keltiradi. Subyektiv huquq ikkinchi tomondan, 
huquqqa ega boigan shaxsning boshqa shaxslardan o ‘z huquqining 
buzilmasligini talab qilish imkoniyatini nazarda tutadi. Masalan, mulk 
egasining subyektiv huquqi, bir tomondan, o‘z mulkini egallash, undan 
foydalanish va uni tasarmf etish bilan bogiiq huquqlarni nazarda 
tutsa, ikkinchi tomondan, u subyektiv huquq egasi sifatida o‘z huquq-

Download 12,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish