‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-§. Fuqaroiik holati hujjatlarini qayd etish



Download 12,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/320
Sana22.04.2022
Hajmi12,36 Mb.
#571687
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   320
Bog'liq
Fuqarolik huquqi (Umumiy qism).Рўзиев

8-§. Fuqaroiik holati hujjatlarini qayd etish
0 ‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 38-moddasiga asosan, 
quyidagi fuqarolik holati hujjatlari davlat tomonidan qayd etilishi kerak:
• tug‘ ilish;
• o‘lim;
• nikoh tuzilganligi;
• nikohdan ajralish;
• farzandlikka olish;
• otalikni belgilash;
• familiya, ism va ota ismini o ‘zgartirish;
• jinsning o ‘zgartirilishi kabi faktlar.
Fuqaroning shaxsiy hayotdagi hamda uning jamiyatdagi huquqiy 
holati (fuqarolik holati) uchun, uning fuqarolik huquqi va oila huquqining 
subyekti sifatida tanilishi uchun ahamiyatli hisoblangan yuqoridagi faktlar 
davlatning tegishli organlari tomonidan ro‘yxatga olinadi (qayd qilinadi).
Fuqarolik holati dalolatnomalarini ro‘yxatga olish shahar va tuman 
markazlarida, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) bo‘- 
limi tomonidan, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari kotiblari 
tomonidan olib boriladi.
Fuqaroning tug‘ilish faktini ro‘yxatga olish mazkur fuqaroga 
nisbatan fuqarolik huquq layoqati vujudga kelganligini va bolaning 
ma’lum ota-onadan tug‘ilganligini belgilash uchun zarur. Fuqaroning 
faqat ma’lum yoshga to ‘lgandan so ‘ng muomala layoqatiga ega 
bo‘lganligi sababli tug‘ilish faktini olish mazkur fuqaroga FHDYO 
bo‘limi fuqarolik muomala layoqatining vujudga kelganligini belgilash 
uchun ham ahamiyatlidir. Bolaning tu g ‘ilishi to ‘g‘risidagi ariza 
FHDYO organiga bir oylik muddat ichida bolaning ota-onasi yoki 
ulardan biri tomonidan, alohida hollarda esa, qo‘shnilari, qarindoshlari, 
tibbiyot muassasalari ma’muriyati, ichki ishlaryoki vasiylik va homiylik 
organlari tomonidan berilishi mumkin. Tug‘ilish to ‘g‘risidagi ariza 
bola o‘lik tug‘ilgan taqdirda ham berilishi shart. 0 ‘lik tug‘ilgan bola 
tug‘ilishdan keyin 24 soat ichida FHDYO idorasida qayd etilishi kerak.
Nikohni qayd etish muhim davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan hujjat 
hisoblanadi. Oila qonunchiligida belgilanishicha, faqat FHDYO ido- 
ralarida qayd etilgan nikohgina yer va xotin uchun muayyan huquq 
hamda rrejburiyatlarni vujudga keltiradi. Nikoh nikohlanuvchilarning 
turar-joylari bo‘yicha 0 ‘zbekiston Respublikasi Oila qonunchiligiga 
rioya qilinib ro‘yxatdan o‘tkaziladi.


Nikohdan ajralish yer-xotinning roziligi bo‘yicha yoki sudning 
nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori asosida qayd etiladi. 
Ег va xotinning ajralishlari FHDYO idoralarida qayd etilgandan 
keyingina tan olinadi va ular o ‘rtasida yer va xotinlikka oid huquq 
hamda majburiyatlar bekor bo‘ladi.
Fuqaroning vafot etganligi yoki vafot etgan deb e’lon qilinganligini 
qayd etish ham muhim ahamiyatga ega. Fuqaroning o ‘lim fakti qayd 
etilishi huquq layoqatini bekor qiladi. Shu munosabat bilan vafot 
etganning huquq va majburiyatlari tamom bo‘ladi. Uning mulkiga 
nisbatan meros ochiladi. Fuqaroning vafot etganligi to ‘g‘risidagi 
m a’lumot o ‘lim fakti to‘g‘risidagi tibbiyot guvohnomasi bilan uch 
kundan kechiktirilmay FHDYO idorasiga bildirilishi va shu muddat 
ichida o‘lim fakti qayd etilishi shart. 0 ‘ldirilgan, shuningdek, o‘zini- 
o‘zi o ‘ldirgan yoki baxtsiz hodisadan o ‘lgan yoki murda topilgan 
paytdan boshlab 24 soat ichida o‘lim sababi to‘g‘risida tibbiyot muas- 
sasasi tomonidan berilgan guvohnomaga muvofiq FHDYO organida 
qayd etiladi. 0 ‘lim fakti to‘g‘risidagi arizalar va marhumning yaqin 
kishilari yoki turar-joy idorasi tomonidan, zo‘rlik bilan o ‘ldirilishi, 
o‘zini o‘zi o‘ldirish yoki baxtsizlik hodisasidan o‘lish hollaridagi tegishli 
ma’lumotlar tergov organlari yoxud militsiya tomonidan berilishi lozim.
Farzandlikka ohsh fakti bu to ’g‘rida shahar (tuman) hokimhgi 
tomonidan chiqarilgan qarorga binoan ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Far- 
zandlikka olinuvchining nasabi va ota ismi sifatida farzandlikka oluv- 
chining nasabi va ismi ko‘rsatilishida yoki farzandlikka oluvchi yer 
va xotin bolaning ota-onalari sifatida yozilishida bolaning tuilishi 
to‘g‘risida yozilgan ma’lumotlarga tegishlicha o ‘zgartirishlar kiritiladi. 
Farzandlikka olishning bekor qilinishi ham shahar (tum an) 
hokimliklari qarori bilan rasmiylashtiriladi va FHDYO idorasida qaya 
etiladi.
Fuqarolar familiya va ism hamda ota ismlarini o‘zgartirish to‘g‘- 
risida 16 yoshga to‘lganlaridan so‘ng FHDYO idoralariga murojaat 
qilishlari mumkin. Fuqaroning ishi tergovda yoki u sudlangan bo‘lsa, 
shuningdek, davlat hokimiyati idoralari norozilik bildirsa, FHDYO 
idoralarida nasab va ismlarning o ‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi va 
bu sud tomonidan hal etiladi.
Otalikni belgilash nikohda bo‘lmagan ota-onadan tug‘ilgan bolaga 
otalikni belgilash ota va onasi (agar otasi voyaga yetmagan boMsa, 
unda uning ota-onasi yoki qonuniy vakili) tom onidan berilgan 
birgalikdagi ariza asosida FHDYO organida amalga oshiriladi. Otalikni


belgil&shda ota-onaning shaxsan ishtiroki talab etiladi. 10 yoshga to‘lgan 
bolaga nisbatan otalik uning roziligi bilan belgilanadi.
FHDYO organi otalikni belgilash haqidagi ariza asosida tug‘ilganlik 
haqidagi dalolatnoma yozuviga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.
Agar otalik belgilangan shaxs nikoh tuzgan bo‘lsa, u holda FHDYO 
organi nikoh tuzilganligi va bolalarining tug‘ilganligi haqidagi dalo- 
latnoma yozuvlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi, shuningdek, otalik- 
ning belgilanganligi haqida ma’lumotnoma beradi.
Fuqarolik holatlari hujjatlari yozuvlarini bekor qilish va tiklash 
FHDYO idoralari tomonidan manfaatdor shaxslar o ‘rtasida nizo bo‘lsa 
yoki fuqarolik holati hujjatlaridagi yozuvlarda jiddiy tafovutlar boMsa 
sud qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Ushbu faktlarning davlat va jamiyat hayotidagi, fuqarolar hayo- 
tidagi ahamiyatidan kelib chiqib, FHDYO organlari arxivlarida ular 
tuzilgan kundan boshlab, 75 yil mobaynida saqlanadi. Bu muddat 
tugagach, ushbu dalolatnoma yozuvlari daftarlari tegishli shahar, vilo- 
yat va Respublika FHDYO arxivlariga topshiriladi.
Fuqaroning tug‘ilishi, nikohga kirishi, nikohning bekor qilinishi, 
farzandlikka olinishi, familiya otasining ismini o‘zgartirilishi, fuqaroning 
o ‘limi faktlarini qayd etish 0 ‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 
hamda 0 ‘zbekiston Respublikasi shahar va tuman hokimliklari 
fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish bo‘limlariga hamda o ‘zini 
o ‘zi boshqarish idoralarida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd 
etish qoidalariga muvofiq rasmiylashtiriladi.

Download 12,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish