‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Olti yoshdan o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan bolalar



Download 12,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/320
Sana22.04.2022
Hajmi12,36 Mb.
#571687
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   320
Bog'liq
Fuqarolik huquqi (Umumiy qism).Рўзиев

Olti yoshdan o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan bolalar:
1. Mayda maishiy bitimlar;
2. Tekin manfaat ko‘rishga qaratilgan, notarial guvohlantirish yoki 
davlat ro‘yxatidan o ‘tkazishni talab qilmaydigan bitimlar;
3. Qonuniy vakil yoki uning roziligi bilan uchinchi shaxs tomonidan 
muayyan maqsad yoki erkin tasarruf etish uchun berilgan mablag‘larni 
tasarruf etish borasidagi bitimlarni amalga oshirishga haqlidirlar (FKning 
29-moddasi).
Kichik yoshdagi bolalar mustaqil tuza oladigan mayda maishiy 
bitim deganda, bola yoki uning oila a’zolarining odatdagi, har kungi 
ehtiyojini qondirishga qaratilgan va yuqori bo‘lmagan bahodagi bitim 
tushuniladi. Bitimning mayda maishiy bitim ekanligini belgilovchi 
ikki shart mavjud bo‘lishi talab etiladi. Birinchisi, odatdagi, har kungi 
ehtiyojlarni qondirishga qaratilganligi va, ikkinchisi, yuqori bo‘lmagan 
bahoda bo‘lishi talab etiladi.
0 ‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar uchun bitimlarni 
ularning nomidan ota-onalari, farzandlikka oluvchilar yoki vasiylari 
tuzadilar.
Birovga yetkazilgan zararlari uchun ham kichik yoshdagi bolalar 
javobgar bo‘lmaydilar. Ular uchun ota-onalari yoki boshqa nazorat- 
chilari javobgardir. 0 ‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan voyaga etmaganlarning 
banklarga omonat qo‘yish va ularni tasarruf qilish huquqlari qonun 
bilan belgilanadi.
0 ‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan- 
lar (o‘smirlar) qisman muomalaga layoqatli bo‘lib, qonuniy vakillari 
(ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylari)ning roziligi 
bo‘lgan taqdirda o‘z harakatlari bilan huquq va majburiyatlar olishlari 
mumkin.
0 ‘smirlar bitimlarni ota-onalari, farzandlikka oluvchilar yoki 
homiylarining roziligi bilan tuzadilar. Ammo ular mustaqil ravishda 
o‘zlarining ish haqlari yoki stipendiyalarini tasarruf qilishga, o ‘z asarlari, 
ixtirolariga bo‘lgan mualliflik hamda ixtirochilik huquqlarini, o ‘z 
kashfiyotlariga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirishga, kredit muassa- 
salariga mablagMar qo‘yish va ularni tasarruf etishga, shuningdek, 
mayda maishiy bitimlarni tuzishga haqlidirlar. Ular 16 yoshdan koope- 
rativlarga a’zo bo‘lib kirishlari mumkin.
Yetarli asoslar mavjud bo‘lganida sud qonuniy vakillari yoxud 
vasiylik va homiylik organining iltimosnomasiga ko‘ra o‘smirning o ‘z 
ish haqi yoki stipendiyasini mustaqil tasamif qilish huquqini cheklashi


yoki bu huquqdan mahrum etishi mumkin (FKning 27-moddasi 8- 
bandi).
0 ‘smirlar boshqa shaxslarga yetkazilgan zararlari uchun FK bilan 
belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Ruhiy kasallar va aqli zaiflar to ‘la hajmda muomalaga layoqatsiz 
hisoblanadilar. Ongli harakatlar qilish va o‘z harakatlarining yuridik 
oqibatlarini hisobga olish layoqati (muomala layoqati)ga, ruhiy kasalligi 
yoki aqli zaifligi sababli ega bo‘lmagan fuqaro — muomala layoqatiga 
ega emas deb tanilishi mumkin. Har qanday ruhiy kasallik yoki aqli 
zaiflik fuqaroni ongli harakatlar qilish va fuqarolik muomalasida qat- 
nashish layoqatidan mahrum qilmaydi. Ruhiy holat buzilishi faktining 
o ‘zigina kishini muomalaga layoqatsiz deb topishga asos bo‘lmaydi. 
FKda ko‘rsatilishicha, ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi sababli o‘z 
harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni idora qila 
olmaydigan fuqaro sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilishi 
mumkin, shu munosabat bilan unga nisbatan vasiylik belgilanadi 
(FKning 30-moddasi). Ta’kidlash joizki, yuqoridagi asoslarga ko‘ra 
fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish uchun fuqaro 18 yoshga 
to‘lgan bo‘lishi zarur.
Ruhiy kasalni yoki aqli zaif kishini sud tomonidan tayinlangan 
psixiatorlarning ishtiroki bilan boMadigan maxsus komissiya tomonidan 
ko‘rib tekshirish va uning natijalari haqida dalolatnoma tuzish sud 
tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topish haqida hal qiluv qarori 
chiqarish uchun asos bo‘ladi. Muomalaga layoqatsiz deb topilgan 
fuqaro nomidan bitimlarni vasiylari tuzadilar.
Fuqaroning muomalaga lavoqatsiz deb topilishiga sabab bo‘lgan 
asoslar bekor bo‘lsa, sud uni muomalaga layoqatli deb topadi va 
belgilangan vasiylikni bekor qiladi (FKning 30-moddasi). Qonun ba’zi 
hollarda voyaga yetgan fuqarolarning muomala layoqatini cheklash 
hollarini nazarda tutadi, jumladan, FKning 31-moddasida ko‘rsatili- 
shicha^ spirtli ichimliklarni yoki giyoftvandlik vositalarini iste’mol qilish 
natijasida o ‘z oilasini og‘ir moddiy ahvolga solib qo‘yayotgan fuqaro- 
ning muomalaga layoqati FPKda belgilangan tartibda sud tomonidan 
cheklab qo‘ylishi mumkint Lekin bularni u mayda maishiy bitimlarni 
istisno qilganda, bitimlarni homiyning roziligisiz tasarruf eta olmaydi.
Agar fuqaro spirtli ichimlik yoki narkotik moddalarni iste'mol 
qilishni tashlasa, sud uning muomalaga layoqati cheklanganligini bekor 
qiladi. Sud qaroriga asosan unga nisbatan belgilangan homiylik ham 
bekor qilinadi.


Muomalaga layoqatsiz fuqaro shaxsini, uning qonuniy huquq va 
manfaatlarini himoya qilish uchun, shuningdek, qonunda nazarda 
tutilgan hollarda mulkiy huquqlarni qo‘riqlash uchun vasiylik va 
homiylik belgilanadi.
Vasiylik shundan iboratki, bunda muomalaga layoqatsiz shaxs o‘n 
to ‘rt yoshga to‘lmagan fuqarolar, ruhiy kasal va aqli zaiflar nomidan 
vasiy harakat qiladi hamda o‘zining harakatlari bilan vasiylikka olingan 
shaxs uchun huquq va majburiyatlar tug‘diradi.
Homiylikda homiylar qisman muomala layoqatiga ega bo‘lgan 
shaxslar (o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan fuqarolar)ga 
o ‘z huquqlarini amalga oshirish, majburiyatlarni bajarishda yordam 
ko‘rsatadilar, shuningdek, ularni uchinchi shaxsni ba’zan bo‘lishi 
mumkin bo‘lgan yomon niyatli harakatlaridan saqlaydilar. Homiylik 
b a’zi hollarda jismoniy kamchiliklari bo‘lgan, masalan ko‘zi ojiz 
(ko‘rlik), mayiblik sababli o‘z huquqlarini o‘zlari amalga oshira olmay- 
digan va himoya qila olmaydigan to ia muomala layoqatiga ega bo‘lgan 
shaxslarga nisbatan ham belgilanadi.
Bunday shaxslarga nisbatan homiylikning vazifasi huquqlar olish 
yoki ularni amalga oshirish bilan bogiiq turli harakatlarni ular uchun 
bajarishdan iborat.
Bolaning ota-onasi olti oydan ortiq muddatda boim agan hollarda, 
agar bolaning manfaatlari uchun zarur boisa, ularga nisbatan ham 
vasiylik va homiylik belgilanadi.
Mahalliy organlar vasiylik va homiylik organlari b o ia oladi. Ular 
voyaga yetmaganlarga nisbatan vasiylik harakatlarini amalga oshirishni 
yosh bolalarga nisbatan-xalq taiim boiimlariga, ruhiy kasal va aqli 
zaiflarga nisbatan - sogiiqni saqlash boiimlariga, vasiylikka olinuv- 
chilarning boshqa toifalariga nisbatan esa, ijtimoiy ta’minot boiim - 
lariga yuklaydilar, qishloq joylarida vasiylik va homiylik mahalla 
fuqarolar yiginlari tomonidan belgilanadi.
0 ‘zbekiston Respublikasidan tashqarida yashaydigan, ota-onasining 
qaramogidan mahrum boigan 0 ‘zbekiston Respublikasining voyaga 
yetmagan fuqarolariga va sogiigi tufayli o ‘z huquqini mustaqil ravishda 
amalg;i oshira olmaydigan, o‘z majburiyatlarini bajara olmaydigan, 
0 ‘zbekiston Respublikasining voyaga yetmagan fuqarolariga vasiylik 
va homiylik faoliyatini amalga oshirish 0 ‘zbekiston Respublikasining 
konsullik idoralari zimmasiga yuklanadi.

Download 12,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish