‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Qarang: Арипджанов У.А. Право обственности в системе вешннх



Download 12,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/320
Sana22.04.2022
Hajmi12,36 Mb.
#571687
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   320
Bog'liq
Fuqarolik huquqi (Umumiy qism).Рўзиев

 
Qarang:
Арипджанов У.А. Право обственности в системе вешннх
прав. Автореф. Дисс....к.ю.н. — Т.: — ООО НИСИМ.2000. С.22.


Ustav yoki Nizom mulkdor (davlat) tomonidan tayyorlanadi va dav- 
latning vakolatli organi (Adliya vazirligi) tomonidan ro‘yxatga olinadi. 
Davlat korxonasi va davlat muassasasi davlat mulk huquqini amalga 
oshirishda ana shu huquq va majburiyatlar doirasida harakat qilishlari 
kerak.
Agar operativ boshqarish huquqi berilgan davlat korxonasi yoki 
muassasasi davlat mulk huquqini amalga oshirishda o‘z vakolatlari 
doirasidan chetga chiqsa, u holda mulkdor o‘z mulkiy huquqlarini 
amalga oshirish huquqini o‘z zimmasiga olishi mumkin.
Ma’lumki, davlat korxonasi va muassasasiga mulk muayyan fao- 
liyatni amalga oshirish uchun biriktiriladi. Har qanday hollarda ham 
operativ boshqarish huquqidan foydalanayotgan davlat yuridik shaxslari 
mulkdan o‘zlarining faoliyat maqsadlari yo‘lida foydalanishlari va 
mulkiy huquqning boshqa elementlarini amalga oshirishlari lozim.
Agar ta’sis hujjatlariga muvofiq muassasaga daromad keltiradigan 
faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi berilgan bo‘lsa, bunday faoliyatdan 
olingan daromadlar bu daromadlar hisobidan sotib olingan mol-mulk 
muassasaning mustaqil tasarrufiga o‘tadi va alohida balansda hisobga 
olib boriladi (masalan, davlatga qarashli oliy o‘quv yurti kafedrasi 
tomonidan shartnoma asosida tadqiqotlar o‘tkazilib, ishlab topilgan 
mablag‘lar xuddi shunday tartibda tasarruf qilinadi).
Operativ boshqarish orqali davlat mulk huquqini amalga oshirayot- 
gan davlat korxonasi yoki muassasasi mulkdorning, ya’ni davlatnig 
topshiriqlarini bajarishi lozim. Zero, mulkdor-davlat bu holatda 
fuqarolik huquqining boshqa mustaqil subyekti bilan emas, o‘zining 
mol-mulki asosida faoliyat yuritayotgan va davlatning mulk huquqini 
amalga oshirayotgan subyekt va qolaversa, fuqarolik-huquqiy munosa- 
batlarda o‘z mulki hisoblangan korxona muassasa yuzasidan har qanday 
qonuniy topshiriqni berishga haqli. Bunda davlat o‘z mol-mulkiga 
nisbatan mulkiy huquqning istalgani yuzasidan topshiriq bera oladi. 
Aynan davlatning ana shunday topshirig‘i uning o‘z mulk huquqini 
bevosita amalga oshirish hisoblanadi. Zero, mulkdor o‘z mol-mulkining 
yagona xo‘jayini va o‘z ashyosining mulkdori sifatida o‘z xohish- 
irodasi asosida mulk huquqini amalga oshiradi.
FKning 179-moddasiga muvofiq davlat korxonasi o‘ziga biriktirib 
qo‘yilgan mol-mulkni mulkdorning roziligi bilangina boshqa shaxsga 
berishga yoki uni boshqacha usulda tasarruf etishga haqli. Ko‘rinib 
turibdiki, operativ boshqarish huquqi mulkdorning o‘z mulk huquqini 
to‘liq ravishda o‘z korxonasiga topshirish holati emas.


Agar operativ boshqarish huquqi asosida o‘tishi lozim boMgan 
ashyoviy huquqlarning nisbatiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, mulkni 
egallash huquqi davlat korxonasi yoki muassasasiga to‘liqo‘tkazilishini, 
foydalanish huquqi ham egalik huquqi kabi to‘liq o‘tkazilsa-da, bu 
huquqning amalga oshirilishi mulkdor tomonidan nazorat etilishini 
(FKning 178-moddasi 2-qismi), tasarruf etish huquqi esa to‘liq mulk- 
dorning o‘zida saqlanib qolishini ko‘rish mumkin. FKning 180- 
moddasiga muvofiq, muassasa o‘ziga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkni 
boshqa shaxsga berishga yoki o‘zgacha usul bilan tasarruf etishga 
haqli emas.
Garchi FKning 178-moddasi 1-qismi davlat korxonasi va muassasasi 
bir necha shartlar asosida mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish 
va uni tasarruf etish huquqini amalga oshirishni bayon etsa-da, bu 
shartlar asosida ustuvor o‘rinni mulkdorning topshirig*i egallaydi. 
Qolaversa,178-moddada belgilangan barcha shartlar davlat korxonasi 
va muassasasining operativ boshqarish huquqi asosida oladigan ashyoviy 
huquqlariga nisbatan cheklov hisoblanadi.
Davlat korxonasi va muassasasiga biriktirilgan mol-mulkning vazifasi 
uning xo‘jalik faoliyatida tayinlanish maqsadi bilan aniqlanadi. Masalan, 
oliy o‘quv yurtida stol-stullar talabalar dars jarayonida o‘tirishlari 
uchun foydalaniladi yoki kompyuter vazifasi davlat korxonasi yoki 
muassasasining o‘z faoliyatini amalga oshirishda xizmat qilish hisob- 
lanadi.
Umumiy qoidaga ko‘ra, operativ boshqarish huquqi davlat korxo- 
nalari (FKning 72-moddasi)va muassasasilariga beriladi. Bular 
jumlasiga, madaniy-ma’rifiy, oqartuv, ta’lim, maorif, boshqaruv soha- 
sida faoliyat yuritadigan davlat muassasalari va tashkilotlari kiradi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, operativ boshqarish huquqi sovet 
huquqining davlat mulkini boshqarishdagi o‘ziga xos usuli sifatida 
vujudga kelgan va asosan sotsialistik prinsiplar (xususiy mulkka yo‘l 
qo‘yilmasligi, rejali boshqaruv, ma’muriy-buyruqbozlik, hududli 
ixtisoslashuv va boshqalar) ga tayangan holda amalda blgan. Hozirgi 
bozor iqtisodiyoti sharoitida talab va taklif, raqobat asosida shaklla- 
nadigan munosabatlarda operativ boshqarish huquqining amalda 
bo‘lishi ancha bahsli masaladir.
H. Rahmonqulovning fikricha, operativ boshqarish huquqi 0 ‘zbe- 
kiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga hali korxonalarning asosiy 
qismi davlat mulki bo‘lgan paytda kiritilgan. Bunday korxonalar 
mulkdor boMmaganligi sababli, davlat mulkini ashyoviy huquqlarga


(FKning 165-moddasi) muvofiq egallardi, foydalanardi va tasarruf 
etardilar. FK qabul qilinganidan so‘ng o‘tgan davr mobaynida ko‘plab 
davlat korxonalari xususiylashtirildi. Bu jarayon hozirgi kunda ham 
jadal davom etmoqda. Bu holatlarning barchasi O‘zbekiston Respub- 
likasi Fuqarolik kodeksi kelgusida takomillashtirilishi va operativ 
boshqarish huquqi sovet davridagi huquq tizimining instituti sifatida 
o‘z ahamiyatini yo‘qotganligi sababli fuqarolik kodeksi huquqiy 
qonunchilikda ifodalanmasligi lozimligi to‘g‘risida xulosa chiqarishga 
asos bo‘ladi.
Nazarimizda, bu o‘rinda H. Rahmonqulovning fikrlariga qo‘shil- 
maslikning iloji yo‘q. Zero, yuqorida ta’kidlanganidek, davlat mulk 
huquqining obyekti va davlat mulk huquqini amalga oshiruvchi subyekt 
hisoblangan davlat muassasasi mulkdor tomonidan berilgan mulkiy 
huquqlarni amalga oshirar ekan, huquqlami berishni fuqarolik-huquqiy 
tartibda emas, ma’muriy-huquqiy tartibda, joriy me’yoriy hujjatlami 
qabul qilish orqali amalga oshirishi mumkin.
Xo‘jalik yuritish huquqi ham operativ boshqarish huquqi kabi 
davlat mulk huquqini amalga oshirish usuli hisoblanadi. Ma’lumki, 
xo‘jalik yuritish huquqi operativ boshqarish huquqiga qaraganda ancha 
keyin paydo boigan. Agar operativ boshqarish huquqi o‘tgan asrning 
40-yillarida nazariy jihatdan vujudga kelib, amaliyotda 60-yillarda 
qoilanila boshlangan bo‘lsa, xo‘jalik yuritish huquqi 80-yillarning 
o‘rtalaridan (ungacha to‘la operativ boshqarish huquqi) amaliyotda 
qoilanilib kelinmoqda.
Xo‘jalik yuritish huquqi 1963-yilgi 0 ‘zbekiston SSRning Grajdanlik 
kodeksida o‘z ifodasini topmagan. Davlat mulkini amalga oshirishning 
bu usuli sobiq Ittifoqdagi qonunosti hujjatlari bilan tartibga solingan.
Shu o‘rinda davlat mulk huquqini amalga oshirishning usullari 
hisoblangan xo‘jalik yuritish va operativ boshqarish huquqining 
o‘xshash va farqli jihatlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tish lozim. Ushbu 
huquqlarning o‘zaro o‘xshash jihatlari quyidagilarda ko‘rinadi:
• xo‘jalik yuritish va operativ boshqarish huquqi sof ma’nodagi 
mulk huquqi emas, balki davlat mulk huquqini amalga oshirish shaklidir;
• ikkala holatda ham davlat o‘zining mulkiy huquqlari tarkibiga 
kiruvchi huquqlarning maium bir qismini beradi;
• xo‘jalik yuritish va operativ boshqarish huquqlari mulkiy 
huquqning cheklanishi bilan bogiiq;
• mulk huquqining asosiy elementi — tasarruf etish elementi har 
doim mulkdorda qoladi.


Xo‘jalik yuritish huquqining operativ boshqarish huquqdan farqli 
tomonlari quyidagilarda namoyon boiadi:
• xo‘jalik yuritish huquqi operativ boshqarish huquqidan farqli 
ravishda odatda, davlatning tijoratchi yuridik shaxslariga beriladigan 
huquqdir. Masalan, davlat unitar korxonasi tijorat tashkilotidir (FKning 
70- moddasi);
• xo‘jalik yuritish huquqiga ega subyekt operativ boshqarish huqu- 
qiga ega shaxsga qaraganda davlat mulkini boshqarishda kengroq huquq 
va imtiyozga ega boiadi;
• xo‘jalik yuritish huquqi asosida faoliyat yuritayotgan unitar 
korxona davlat muassasasidan farq qilib, o‘zining xo‘jalik yuritishida 
boigan mol-mulkni ishlatishdan kelgan foydaning bir qismini olish 
huquqiga ega (FKning 177-moddasi2-qismi);
• xo‘jalik yuritish huquqi asosida faoliyat yuritayotgan korxona 
muassasadan farq qilib, o‘z majburiyatlari yuzasidan mustaqiljavobgar 
boiadi (FKning 177-moddasi 3-qismi).
FKning 176-moddasiga muvofiq xo‘jalik yuritish huquqi asosida 
ixtiyorida mol-mulk boigan unitar korxona bu mol-mulkka ushbu 
Kodeksda belgilangan doirada egalik qiladi, undan foydalanadi va 
uni tasarruf etadi.
H. Rahmonqulovning fikricha, xo‘jalik yuritish huquqining subyekt- 
lari (korxonalar) o‘z ixtiyoridagi mol-mulkka nisbatan mulk egasi 
huquqlariga ega emaslar, lekin ular mulk egasi tuzgan tartib bo‘yicha, 
ushbu mol-mulkdan faqat o‘zlarining emas, balki mulk egasining ham 
manfaatlarini ko‘zlab egallaydilar, undan foydalanadilar va uni tasarruf 
etadilar.
Xo‘jalik yuritish huquqiga korxonalar o‘z faoliyatini ommaviy 
shakldagi ya’ni, davlat va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish idora- 
lariga tegishli mulk asosida amalga oshiradilar. Darhaqiqat, xo‘jalik 
yuritish huquqi fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tomo- 
nidan amalga oshiriladi.
0 ‘zbekiston Respublikasining 1990-yil 31-oktyabrdagi «Mulkchilik 
to‘g‘risida» gi qonuni 10-moddasi 2-qismiga muvofiq, mahallada 
istiqomat qiluvchi aholi mulkining subyektidir. 0 ‘zi saylab qo‘ygan 
organlar mahalla mulkini to ia xo‘jalik yuritish asosida egallaydi, undan 
foydalanadi va uni tasarruf etadi.
Garchi FK xo‘jalik yuritish huquqi faqat davlat unitar korxonasiga 
tegishli, degan normani belgilamasa-da, amaliyotda mulkdorning mulk 
huquqini amalga oshirish usuli sifatida xo‘jalik yuritish huquqi faqat


davlat unitar korxonalariga nisbatan qo‘llaniladi. Fikrimizcha, amalda 
xo‘jalik yuritish huquqini mulkning boshqa shakllariga nisbatan tadbiq 
etish bir qator tushunarsiz holatlarni keltirib chiqaradi.
Ma’lumki, xo‘jalik yuritish huquqi sovet huquqining mahsuli 
hisoblanadi va o‘sha davrlarda faqat davlat mulkiga nisbatan ishlab 
chiqarilgan mulk huquqini amalga oshirish usuli sifatida tadbiq etilgan. 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish munosabati bilan vujudga kelgan turli 
mulk shakllarida mulkdor o‘z mulkiy huquqlarini amalga oshirishning 
boshqa o‘zi uchun ko‘proq foydali usullarini tanlaydi (masalan, ijara, 
ishonchli boshqarish, ishonchnoma va h.k.). Shu sababli xo‘jalik 
yuritish huquqi hali-hanuz davlat mulkini amalga oshirish usuli sifatida 
faqat davlat korxonalariga tadbiq etilmoqda.
V.V. Laptev kooperativ, jamoat va diniy tashkilot sho’ba korxona 
tashkil etib, o‘z mulkining muayyan qismini xo‘jalik yuritish huquqi 
asosida unga biriktirib qo‘yishi mumkin emasligini tushunish qiyin 
holat, nega endi ular muayyan faoliyatni amalga oshirishlari uchun 
aynan xo‘jalik jamiyati va shirkati tuzishlari va unga mulk huquqini 
berishlari lozim1, deydi.
Darhaqiqat, ushbu holat ancha tushunarsizdir. Zero, qonun yoi 
qo‘ygan harakatlarni subyektlarning o‘zlari amalga oshirmasliklari 
ularning subyektiv erk-irodasiga bogiiq. Shu sababli xo‘jalik yuritish 
huquqidan foydalanish yoki foydalanmaslik bu turli mulk shakllari 
subyektlarining subyektiv huquqi, bu huquqni amalga oshirish 
yuzasidan ta’sir ko‘rsatishi mumkin emas.
V.V. Chubarovning fikricha, ushbu ashyoviy huquqning obyektini 
tashkil etuvchi mol-mulk jumlasiga binolar, inshootlar, asbob- 
uskunalar, talab qilish huquqi va boshqalar kiradi. Ushbu fikrlarga 
qo‘shilgan holda, bu huquq asosida beriladigan mol-mulklar jumlasiga 
yana korxonaga berilishi mumkin boigan qimmatli qog‘ozlar, turli 
xildagi o‘zga ashyolarni kiritish murnkin.
Maiumki, xo‘jalik yuritish huquqi asosida biriktirilgan mulkiy 
huquqlar turli ko‘rinishda boiadi. Xo‘jalik yuritish huquqida mulkiy 
huquqlar o‘z mazmuniga ko‘ra ikki qismdan iborat boiadi:
a) xo‘jalik yuritish huquqi asosida korxona biriktirib qo‘yilgan 
mol-mulkka nisbatan mulkdorning huquqlari;
b) xo‘jalik yuritish huquqi asosida o‘ziga mol-mulk biriktirilgan 
korxona bu mol-mulkka nisbatan huquq va majburiyatlarni amalga


oshirishga haqli. Ya’ni, korxonaga qarashli mol-rnulkni mustaqil tasarnif 
etadi.
FKning 177-moddasiga muvofiq, xo‘jalik yuritishida bo‘lgan mol- 
mulkning egasi qonunga muvofiq korxona tashkil etish, uning faoliyat 
sohasini va maqsadlarini aniqlash, uni qayta tashkil etish va tugatish 
masalasini hal qiladi, korxona direktori (rahbari) ni tayinlaydi, 
korxonaga qarashli mol-mulkdan belgilangan maqsadlarda foydalanilishi 
va uning saqlanishini nazorat qiladi, korxonaning xo‘jalik yuritishida 
bo‘lgan mol-mulkni ishlatishdan kelgan foydaning bir qismini oladi.
Mulkdorning ushbu huquqlari ayni vaqtda xo‘jalik yuritish korxo- 
nasining majburiyatlari hamdir. Shu munosabat bilan unitar korxona 
xo‘jalik yuritish huquqi asosida o‘ziga qarashli bo‘lgan ko‘chmas 
mulkni mulkdorning roziligisiz sotishga, ijaraga berishga, garovga 
qo‘yishga, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarining ustav fondigi hissa 
sifatida topshirishga yoki bu mol-mulkni boshqacha usulda tasarruf 
etishga haqli emas. Lekin operativ boshqarish huquqidan farq qilib, 
xo‘jalik yuritish huquqida korxona o‘ziga qarashli mol-mulkni mustaqil 
tasariuf etish huquqiga ega bo‘ladi.
Yu.K. Tolstoyning ta’kidlashicha, xo‘jalik yuritish huquqi o‘z 
mazmuniga ko‘ra chegaralangan huquqdir. Bu holat uning respublika 
va munisipal mulk bilan uzviy bogiiqligidan kelib chiqadi.
Haqiqatdan xo‘jalik yuritish huquqi o‘z mohiyatiga ko‘ra ushbu 
huquq egasiga nisbatan bir necha talablar qo‘yadi. Garchi xo‘jalik 
yuritish huquqining sohibi mulkdorning roziligisiz korxonaga qarashli 
boigan ko‘chmas mulkni sotishga, ijaraga berishga, garovga qo‘yishga, 
xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarining ustav fondiga hissa sifatida 
topshirishga yoki bu mol-mulkni boshqacha usulda tasarruf etishga 
haqli boimasa-da, qonun yoki o‘zga me’yoriy hujjatlarda taqiqlan- 
magan hollarda korxonaga tegishli ko‘char mol-mulklarni mustaqil 
tasarruf etishga haqli boiadi.
Mulkdor xo‘jalik yuritish huquqi bo‘yicha faoliyat yuritayotgan 
korxona majburiyatlari uchun javobgar boimaydi (FKning 48-moddasi
3-qismi bundan mustasno).
Maiumki, unitar korxona xo‘jalik yuritish huquqi asosida faoliyat 
yuritadigan subyektlarning tipik namunasi hisoblanadi. Xo‘jalik yuritish 
huquqiga asoslangan unitar korxona mulkdorning yoki u vakil qilgan 
organning qaroriga muvofiq tashkil etiladi va bunday unitar korxona 
o‘z mol-mulkining bir qismini xo‘jalik yuritish uchun belgilangan 
tartibda topshirish yoii bilan yuridik shaxs boigan unitar korxona


(sho’ba korxona) tashkil etishi mumkin. Bu holatda sho’ba korxo- 
nasida unga berilgan mulkka nisbatan ikkilamchi xo‘jalik yuritish huquqi 
vujudga keladi. Lekin ularning bir-biriga nisbatan javobgarligiga 
nisbatan FKning 48-moddasi qismi talablari qo‘llaniladi.
Huquqshunos olim Sh. Ro‘zinazarovning ta’kidlashicha, unitar 
korxonaning mol-mulki unga xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqarish 
tartibida qarashli bo‘ladi. Unitar korxonaning firma nomida mol- 
mulkining egasi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Mazkur fikrdan shuni anglash mumkinki, unitar korxona fuqarolik 
huquqining subyekti hisoblansa-da, sof ma’nodagi mulkdor hisoblan- 
maydi.Chunki uning firma nomida egasi (mulkdori) ko‘rsatilishi lozim. 
Shu bilan birga, unitar korxona huquq sohibi emas, balki mulkdorning 
mulkiy huquqlarini amalga oshiruvchi subyektdir.
Umuman olganda, davlat mulk huquqini amalga oshirishning bu 
shakli davlat mol-mulki asosda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxs va 
organlar mulkining huquqiy maqomini belgilab beradi. Shu munosabat 
bilan biz ularni ashyoviy huquq yoki majburiyat huquqi deb emas. 
balki mulk huquqini (davlat mulk huquqini) amalga oshirish usuli 
deb hisoblaymiz.
8
-§. Meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga 
umrbod egalik qilish huquqlari
Meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga egalik qilish huquqi 
bu ashyoviy huquqning bir turi bo‘lib, fuqaroning belgilangan o‘lcham- 
dagi va qonunda nazarda tutilgan hollarda ehtiyojlarni qondirish maqsa- 
dida yer uchastkasiga nisbatan bevosita egalik qilish huquqidir.
Bunday ashyoviy huquq turi fuqarolarga ishlab chiqarish ehtiyoj- 
larini qondirish uchun (dehqon xo‘jaligi, bog‘dorchilik, chorvachilik, 
milliy xalq hunarmandchiligi), shaxsiy ehtiyojlarni qondirish uchun 
(turar joy, dala hovli qurish va ta’mirlash uchun), noxo‘jalik faoliyat 
yuritish uchun berilishi va turar joyni meros sifatida qabul qilish bilan 
vujudga keladi. Meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod 
egalik qilish huquqining obyekti beriJadigan maqsadlardan kelib chiqib, 
o‘lchami qonun bilan tartibga solinadigan yer uchastkasi hisoblanadi. 
Meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish 
huquqining subyekti — jismoniy shaxslardir. Shuni aytish kerakki, 
dehqon xo‘jaligiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga 
berilgan tomorqa, yer uchastkalari xususiylashtirilishi va oldi-sotdi,


garov, hadya, ayirboshlash obyekti bo‘lishi mumkin emas. Ammo bu 
huquq kredit olish uchun garovga qo‘yilishi mumkin.
9-§. Yer ucbastkasiga doimiy egalik qilish va 
undan foydalanish huquqi
Yer uchastkasiga doimiy egalik qilish va foydalanish huquqi qonun- 
da yuridik shaxslarga berilib, u ham ashyoviy huquqlarning alohida 
turi sifatida ko‘riladi. Yer kodeksi' ning 17-moddasiga ko‘ra, yuridik 
shaxslar yer uchastkasidan doimiy egalik qilish va foydalanish, muddatli 
vaqtincha) foydalanish, ijaraga olish huquqiga egadirlar. Bunday 
holatda yerdan foydalanish huquqi shartnomadan kelib chiqadi hamda 
mutloq himoya qilinadi. Bunda subyekt yuridik shaxslar bo‘lib, obyekti- 
konkret belgilangan yer uchastkasidir. Ushbu kodeksga ko‘ra, yer 
uchastkasi ijara shartnomasi asosida muddatli, haq evaziga egalik qilish 
va foydalanish uchun quyidagilarga berilishi mumkin:
— 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga va yuridik shaxslariga;
— chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlash- 
malar va tashkilotlarga, chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarga.
Bunday ashyoviy huquq turida yer foydalanuvchilarga qishloq 
xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi, diniy tashkilotlar, mudofaa ehtiyojlari uchun 
berilishi mumkin. Ular bunda belgilangan yer uchastkasida mustaqil 
xo‘jalik yuritish huquqiga ega bo‘lishadi, shuningdek, etishtirilgan 
hosildan tushgan daromadlarni erkin realizatsiya qilish huquqiga ega 
bo‘ladilar. Yer uchastkalari ellik yilgacha bo‘lgan, lekin o‘n yildan 
kam bo‘lmagan muddatga ijaraga beriladi.
1 0
-§. Servitut huquqi
Servitut haqida so‘z yuritganda, uning dastlabki vujudga kelishi 
Rim huquqi bilan bog‘liq hodisa ekanligini ta’kidlash lozim. MaMumki, 
Rim jamiyatida xo‘jalik hayotining keskin rivojlanib borishi, ijtimoiy 
va xo‘jalik munosabatlarining murakkablashishi va huquqiy madaniyat- 
ning oshib borishi Rim fuqarolik huquqining barcha institutlarini yanada 
rivojlanishiga va takomillashishiga olib keldi. Shu sababli Rim huquqida 
mulk huquqi bilan bir qatorda subyektlari ashyo bilan to‘g‘ridan-
1

Download 12,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish