‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


) mulkdorning o‘z erki-irodasi bo‘yicha mulk huquqini bekor  boiishi (masalan, mol-mulkni sotish, hadya qilish va sh.k.); 2



Download 12,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/320
Sana22.04.2022
Hajmi12,36 Mb.
#571687
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   320
Bog'liq
Fuqarolik huquqi (Umumiy qism).Рўзиев

1
) mulkdorning o‘z erki-irodasi bo‘yicha mulk huquqini bekor 
boiishi (masalan, mol-mulkni sotish, hadya qilish va sh.k.);
2
) mol-mulkni tugatish va hisobdan chiqarish (yo‘q qilib tashlash) 
yoki nobud boiishi natijasida mulk huquqining bekor boiishi (FKning 
198-moddasi);
3) mulkdorning erki, irodasidan tashqari mol-mulkning olib 
qo‘yilishi orqali mulk huquqining bekor boiishi. Mol-mulkni mulk- 
dordan olib qo‘yishga qonunlarda nazarda tutilgan hollarda va tartibda 
mulkdoming majburiyatlari bo‘yicha undiruv ana shu mol-mulkka 
qaratilgan taqdirda, shuningdek, natsionalizatsiya qilish, rekvizisiya 
va musodara qilish tartibida yoi qo‘yiladi (FKning 199-moddasi).
Agar qonunga asosan shaxsga tegishli boia olmaydigan mol-mulk 
uning mulki boiib qolsa, ushbu mol-mulkka nisbatan mulk huquqi 
sud tartibida bekor qilinib, olib qo‘yilgan mol-mulkning qiymati 
shaxsga toianadi (FKning 199-moddasi, 2-bandi).
Ashyolarga nisbatan egalik huquqi ba’zi hollarda mulk egasining 
erkidan tashqari ham bekor boiishi mumkin. Masalan, ashyolar tabiiy 
ofatlar, yongin, suv toshqini, zilzila natijasida tasodifan nobud boii- 
shida mulk huquqi mulk egasining erkiga bogiiq boimagan holda


bekor bo'ladi. Ba’zi hollarda, jumladan, qarzni qoplash uchun ijro 
varaqasi byicha haq undirilishida yoki mol-mulkning musodara 
qilinishida egalik huquqi mulk egasining erkiga bog‘liq bo‘lmagan 
holda bekor boiishi mumkin.
4-§. Mulk huquqining asosiy tamoyillari
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (36, 53, 54-moddalar), 
fuqarolik kodeksi (164, 165, 172, 228, 231-moddalari) va boshqa 
qonunlarda mulk huquqining quyidagi asosiy tamoyillari o‘z ifodasini 
topgan:
1
. 0 ‘zbekiston Respublikasida mulk daxlsiz, mukldorning mulkiy 
huquqi qonun bilan kafolatlanadi va mulkdor bu huquqlardan faqat 
qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mahrum etilishi 
mumkin;
2. Iqtisodiyot samarali amal qilishiga va xalq farovonligining o‘sishiga 
yordam beradigan har qanday shakldagi mulkchilik boiishiga ruxsat 
beriladi.
3. Mulkchilikning hamma shakllari himoya qilinishi qonun bilan 
kafolatlanadi va ularning teng rivojlanishiga sharoit yaratib beriladi.
4. Mulkdor o‘z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid boimagan har 
qanday xatti-harakatlarni o‘z xohishiga ko‘ra sodir etishga haqli.
5. Mulkiy huquqning amalga oshirilishi atrof-muhitga zarar yetkaz- 
masligi, fuqarolar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va davlat 
huquqlarini buzmasligi hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaat- 
larga putur yetkazmasligi shart.
6
. Har kim mulkdor boiishga haqli.
5-§. Mulk shakllari
Iqtisodiy ma’nodagi mulk shakllari deyilganda moddiy ne’matlarni 
o‘zlashtirish usullarining yigindisi tushuniladi. Bunday usullar yakka 
tartibda yoki jamoat boiib yoxud davlat tomonidan amalga oshirilishi 
mumkin. Yuridik ma’nodagi mulk shakli-moddiy ne’matlarni muayyan 
subyektlarga tegishli boiishini (biriktirib qo‘yishni) mustahkamlovchi 
va tegishli mulkning huquqi rejimini belgilovchi huquqiy me’yorlar 
yigindisidan iborat.
0 ‘zbekiston Respublikasi FKning 167-moddasiga asosan 0 ‘zbekis- 
ton Respublikasida mulkchilikning quyidagi shakllari mavjud:


1
. Xususiy mulk;
2. Ommaviy mulk.
Davlat mulk shakllarini rivojlantirish uchun zarur huquqlarning 
tengligini ta’minlaydi va uning himoya qilinishini kafolatlaydi Mulk 
shakllarini bunday turkumlashtirish uchun mulk subyekti maqomi va 
mol-mulk rejimining uzviy birligi asosiy mezon hisoblanadi. 0 ‘z 
navbatida, xususiy mulk shakli quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi:
a) yakka shaxsga tegishli mulk (fuqarolar mulki);
b) nodavlat yuridik shaxslar mulki;
Ommaviy mulk tarkibiga quyidagilar kiradi:
a) 0 ‘zbekiston Respublikasi mulki;
b) ma’muriy-hududiy tuzilmalar mulki (munisipal mulk).
5-§. Ashyoviy huquq tushunchasi va turlari
Ashyoviy munosabatlarni tartibga solish FKning 2-bo‘limida batafsil 
ifodalangan bo‘lib uning nomi «Mulk huquqi va boshqa ashyoviy 
huquqlar» deb nomlanadi hamda 7 bob (13-19-boblar) va 70 modda 
(164-233-moddalar) ni tashkil etadi. Fikrimizcha, bu me’yorlar obyektiv 
ashyoviy huquq sifatida ko‘rilishi kerak.
Ushbu institutda markaziy o ‘rinni mulk huquqi egallaydi. Chunki 
boshqa ashyoviy huquqlar ushbu «kuchli» huquq (mulk huquqi)dan 
kelib chiqqan hisoblanadi. Bir qator sabablarga ko‘ra, mulk huquqiga 
tegishli belgilarni boshqa ashyoviy huquqlarga har doim ham qoMlab 
boMmaydi. Shuning uchun ham qonun chiqaruvchi FKning bu boMimini 
«ashyoviy huquqlar» deb nomlashdan voz kechadi. Zero, kodeks loyi- 
hasini tayyorlovchilar turli yo‘nalishli mulk huquqi va boshqa ashyo- 
viy huquqlarning umumiy belgilarini ajratib bera olmadilar. Ushbu 
boMimni «mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar» deb nomla- 
nishidan kelib chiqib, «shaxs» ashyoga nisbatan mutloq hukmronlikni 
rasmiylashtiruvchi mulk huquqining o‘zi asosiy va toMiq ashyoviy 
huquqni tashkil etadi. Shuning uchun ham qonun chiqaruvchi nuqtayi 
nazaridan ashyoviy huquq obyektiv ma’noda fuqarolik huquqining 
instituti sifatida o‘z ifodasini topmagan.
Rim huquqi ildizlariga ega kontinental huquq tizimi tamoyillariga 
muvofiq, ashyoga nisbatan faqatgina bitta huquq «mulk huquqi» mav- 
jud, boshqa huquqlar esa, to‘liq huquqlar hisoblanmaydi, bular 
«boshqa ashyoviy huquqlar»dir. Ashyoviy huquqlarning qonunchilik 
modeli quyidagi unsurlardan tashkil topadi:


birinchidan, mulk tegishliligining bu shakli (mulk huquqi va boshqa 
ashyoviy huquqlar) va ulaming tizimi (ashyoviy huquqlar turlari va 
ashyoviy huquqlar tasnifi (turlarga bo‘linishi);
ikkinchidan, ashyoviy huquq subyektining obyektga bevosita ta’siri 
bo‘yicha huquqdorligining mazmuni;
uchinchidan, ashyoviy huquq obyektlarining huquqiy tartibi; 
to‘rtinchidan, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning 
vujudga kelish va bekor bo‘lish asoslari hamda usullari;
beshinchidan, ashyoviy huquqlarni himoya qilish fuqarolik-huquqiy 
usullari va ularning kafolatlari.
Ushbu unsurlarga taalluqli FK normalari boblar bo‘yicha quyidagi 
tuzilishni hosil qiladi: umumiy qoidalar, xo‘jalik yuritish va operativ 
boshqarish huquqi, mulk huquqining vujudga kelishi va bekor bo‘lishi, 
xususiy mulk, ommaviy mulk, umumiy mulk, mulk huquqi va boshqa 
ashyoviy huquqlami himoya qilish. Ushbu me’yorlarning katta qismi 
mulk huquqiga bag‘ishlanganligini anglash qiyin emas. Ashyoviy huquq 
institutining umumiy qurilishi va ashyoviy huquqiy munosabatlarini 
tartibga soluvchi normalaming tahlili mamlakatimizda ashyoviy huquq- 
lar to‘g‘risidagi qonun normalariga nisbatan bir qator salbiy xulosalarni 
chiqarishga imkon beradi.
Birinchidan, FKning 2-bo‘limi ma’muriy qoidalar ta ’sirini 
kamaytira olmagan. Buning natijasida ashyoviy huquqlar ommaviy 
huquq ta’sirdan yetarli darajada himoyalanmagan. Bu holat «xalq 
xo‘jaligini sovet davrida boshqamvi»dan kelib chiqqan xo‘jalik yuritish 
va operativ boshqarav huquqida o‘z ifodasini topadi. Shuningdek, 
ommaviy va xususiy mulk bo‘yicha subyektga nisbatan turli huquqiy 
tartibda mustahkamlangan normalarda davlatning ommaviy mulk 
subyekti sifatida maxsus imtiyozga ega bo‘lishini ta’minlaydi.
Ikkinchidan, mazkur bobning 12-moddasidan faqatgina 1 tasi, 
165-modda haqiqatan ham umumiy me’yorlarni ifodalaydi. Bu o‘rinda 
ashyoviy huquqlar to‘g‘risidagi umumiy qoidalarga yaqqol misol 
Yaponiya Grajdanlik kodeksi bo‘lib, undagi ashyoviy huquqlar haqidagi 
umumiy qoidalar bobi haqiqatan ham barcha ashyoviy huquqlar uchun 
xos bo‘lgan umumiy qoidalarni mustahkamlaydi.
Uchinchidan, FKning 165-moddasidagi ashyoviy huquqlar turlari 
boshqa qonunlarga havola etilgan namunaviy turlardir. Hali ashyoviy 
huquqlarning qat’iy belgilari o‘rnatilmagan. Faqatgina qonunda 
ulaming yopiq ro‘yxati berilgan ekan, balki ularga qandaydir o‘zgartirish 
kiritish kerakdir.


Ashyoviy huquqlarning mavjud ro‘yxati ashyoviy huquqlarning 
kontinental huquq oilasiga mansubligini xarakterlaydi, garchi turli 
milliy huquq tizimlarida bir xil bo‘lmasa-da.
To‘rtinchidan, ashyoviy huquq normalari juda noqulay joylashgan. 
Ya’ni, ashyoviy huquqlar tizimida servitutlar umumiy qoidalarda 
ifodalangan bo‘lsa, xo‘jalik yuritish va operativ boshqarish huquqi 
mulk huquqiga bo‘lgan bobda, garov majburiyat huquqi bobida uy- 
joy va tabiiy resurslarga nisbatan ashyoviy huquqlar esa, FKdan 
tashqarida (o‘zga qonunlarga havola qilish orqali) ifodalanganki, bu 
holat ashyoviy huquqlar qurilishini buzadi.
Beshinchidan, FKda ashyoviy huquqlar subyekt (fuqarolar, unitar 
korxonalar)ni yoki obyekt (yer uchastkasi, uy-joy) ni ko‘rsatish orqali 
ifodalanadiki, bu xalqaro yuridik esperanto (tilshunoslik) ni tashkil 
etuvchi sivilistikaning an’anaviy atama (uzus, uzufrukt, emfitevzis, 
xabitasio, superfisiy)larga xos bo‘lmagan jumlalar orqali bayon etilishiga 
sabab bo‘ladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, ashyoviy huquqlar deganda ashyoviy 
huquqlar tizimini, ular subyektlarining vakolatlari mazmunini va 
obyektlaming huquqiy tartibi (rejimi)ni ularning vujudga kelish va 
bekor bo‘lish asoslarini, shuningdek, ashyoviy huquqlami himoya qilish 
usullari va kafolatlarini mustahkamlovchi normalar yig‘indisi tushu- 
niladi.
Subyektiv ma’nodagi ashyoviy huquqlar. Odatda, mulk ikki xildagi 
munosabat orqali ifodalanadi.
Birinchidan, vakolatli shaxs bilan obyekt o‘rtasidagi bogMiqlik; 
ikkinchidan, vakolatli shaxs hamda o‘zga shaxs o‘rtasidagi bogMiqlik. 
Tovar muomalasida bu bogMiqlik shaxsning obyektga bevosita huquqi 
ma’nosida tushuniladi; yoxud bevosita huquqiy bogManishda boMgan 
shaxsga nisbatan talab qilish huquqidir.
Agar birinchi holatda shaxsning huquqi obyektga bogMiq holda 
amalga oshirilsa, ikkinchi holatda, shaxsning o‘ziga bogMiq boMgan 
obyektga nisbatan shaxsiy majburiyati asosida amalga oshiriladigan 
harakatlari natijasida mavjud boMadi. Bunday boMinishning huquqiy 
oqibati shunda ko‘rinadiki, birinchi vaziyatda subyektning huquqi 
barchaga va har kimga qarshi qaratilgan va barcha hamda har kim 
uchun ahamiyatli (erga omnes); huquq predmeti obyektning o‘zida 
ifodalanar ekan, da’vo orqali himoya birinchi navbatda obyektga 
nisbatan huquqni tiklashga qaratiladi. Ikkinchi vaziyatda esa, huquq 
faqatgina bajarilishi huquq predmetini tashkil etadigan harakatni


amalga oshirish majburiyatini bergan muayyan subyektga qaratiladi. 
Shuning uchun ham bu erda da’vo orqali himoya qilish qarzdorda 
bo‘Iadi hamda agar majburiyat ijro etilmaganda so‘z zarami undirish 
to‘g‘risida boMadi.
Huquqiy munosabatlarning ikki turini ifodalovchi Birling Konven- 
siyasining bunday uyg‘unlashuvi birinchi holatda huquq predmeti 
sifatida obyektning o‘zida ifodalansa, ikkinchi holatda esa, majburiyat 
obyektga qaratilgan bo‘ladiki, bu huquqni mutlaq va nisbiyga ajratish 
imkonini beradi.
Ashyoviy huquqiy munosabatlar, odatda, obyektiv munosabatlar 
sifatida xarakterlanadi, ya’ni: barcha uchinchi shaxslar mutloq huquqni 
buzishdan tiyilishlari lozim. Ushbu qoida asosida ko‘pchilik sivilistlar 
mutloq huquqning belgilaridan kelib chiqib, ashyoviy huquq tushun- 
chasini berishga harakat qiladilar.
Bunda shu holatni hisobga olish lozimki, birinchidan, huquqiy 
munosabatni mutloq va nisbiy turlarga bo‘linishga shartli xarakterga 
egaligi munosabati bilan amaliyotda har doim ham qo‘llab-quwat- 
lanmaydi. Zero, nisbiy huquqiy munosabatlarda vakolatli shaxsning 
huquqlarni buzishdan tiyilish majburiyati nafaqat u bilan shaxsiy 
munosabatlar asosida bogMangan muayyan kontragent zimmasida balki, 
har qanday uchinchi shaxs zimmasida ham bo‘ladi. Ikkinchidan, 
ashyoviy huquqlarga nisbatan mutloq huquqlar kengroq mezon hisobla- 
nadi. Shu bilan birga hamma ashyoviy huquqlar ham mutloqlik kasb 
etmaydi (masalan, zakalat).
An’anaviy fuqarolik qonunchiligi subyektiv ashyoviy huquq (mulk 
huquqi bundan mustasno) tushunchasini ifodalamaydi va shuningdek, 
sivilistikaning an’anaviy markaziy atamalaridan biri sifatida ashyoviy 
huquqlar doimiy ravishda o‘rganiladigan predmet bo‘lib kelgan. Ya’ni, 
fuqarolik qonunchiligi an’anaviy ravishda subyektiv ashyoviy huquqning 
desinsiyesidan qochadi va uning bahsli belgilarini ko‘rsatish bilan 
chegaralanadi: huquqning davomiyligi va ashyoviy huquqiy himoya 
(FKning 165-moddasi 2 va 3-qismlari).
Qonunchilikdagi bunday qat’iyatsizlikning samarasi o‘laroq sivilisti- 
kada ashyoviy huquqning subyektiv huquq sifatidagi tushunchasini 
aniqlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu maqsadga erishish uchun 
sivilistlar mutloq huquqni ajratish xarakterli jihatlaridan foydalanishsa, 
boshqalari ashyoviy huquqlarning belgilarini umumlashtirishdan 
foydalanishadi. Har qanday holatda u yoki bu jihatni barcha tomonidan 
o‘rganayotgan qoidalarning shartliligi ta’kidlanadi. Zero, bitta mulk


huquqi tushunchasi bilan unga o‘xshash boshqa huquqlami kiritmasdan, 
undan kelib chiqqan cheklangan ashyoviy huquqlar (masalan, zakalat)ni 
qamrab olish juda mushkul. Ashyoga nisbatan «xo‘jalik hokimiyati» 
yoki unga «bevosita ta’sir» kabi umumlashtiruvchi atama qonuniy 
mustahkamlanmagan va o‘z-o‘zidan hech qanday oqibat tug‘dirmaydi.
Ashyoga nisbatan hokimiyatning «nisbiyligi» mutloq huquqlarda 
juda ham shartli va suniy qurilma (konstruksiya) sifatida ancha oldin 
shubhali fikr deb hisoblangan.
Subyektiv ashyoviy huquqlarning yuqorida ko‘rsatilgan ikki tomoni 
(ashyoga ko‘rsatiladigan ta’sirning bevositaligi va uchinchi shaxslarning 
bunday harakatlami amalga oshira olmasliklari) ashyoviy huquqlar 
xarakteristikasi uchun yetarli emas. Ashyoviy huquq va majburiyat 
huquqining cheklanganligi, ularning o‘zganing mulkiga nisbatan amalga 
oshirilishida umumlashadi. Shu munosabat bilan FKning 165-modda- 
sida ko‘rsatilgan belgilar yetarli bo‘lmaydi. Shu bilan birga bunday 
taqsimlanish kontinental huquqda shunisi bilan ahamiyatliki, bunday 
taqsimlanish fuqarolik huquqining tegishli institutlarini ajratilishi 
munosabati bilan aniqlash imkonini vujudga keltiradi. Xususan, FKning
2
-moddasi 1-qismi fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan 
munosabatlami ko‘rsata turib, ashyoviy huquqlar va majburiyat huquq- 
larini bir-biridan ajratadi va qarama-qarshi qo‘yadiki, FKning 2 va 3- 
bo‘limlari shu asosda nomlanadi. Shu sababli Yu.K. Tolstoy ashyoviy huquq 
tushunchasini yoritishda asosiy e’tiborni huquqdor shaxsning majbu- 
riyatlami qondirishda ushbu shaxsning aktiv (faol) harakatlari va boshqa 
shaxslarning ushbu harakatlarni amalga oshirishga to‘sqinlik qilmaslik 
qabilidagi passiv majburiyatiga qaratadi. Shunday qilib, subyektiv 
ma’nodagi ashyoviy huquq deganda, vakolatli (huquqdor) shaxsning 
manfaatlarini uning xo‘jalik hokimiyati ostida bo‘lgan o‘z ashyosiga 
bevosita ta’sir etish yoii bilan va boshqa shaxslarning bunday ta’sir 
etishini cheklash asosida qondirish tushuniladi. Agar subyektning 
obyektga munosabatini anglatuvchi bevosita ta’sir ashyoviy munosa- 
batlaming moddiy tomonini ko‘rsatsa, mol-mulkning xo‘jalik muo- 
malasidagi o‘rnini belgilovchi, boshqa shaxslarning bunday ta’sirdan 
mahrum etilganligi shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarning ijtimoiy 
tizimini ko‘rsatadi.
Ashyoviy huquqlami ajratish maqsadida sivilistikada ulaming quyi- 
dagi belgilari sanab o‘tiladi:
Individual belgilangan (xususiy alomatli) ashyoga bevosita yo‘nal- 
tirilganlik; qat’iy belgilangan yuridik mazmun va vujudga kelish usullari,


muddatsizlik xarakteri, davomiylik huquqi, ashyoviy-huquqiy talablami 
imtiyozli qondirish, raqobatda ustunlikka ega boMish huquqi, 
himoyaning ashyoviy huquqiy usullari, shuningdek, ularning mutloq 
huquq sifatidagi boshqa ziga xos belgilari1. Hozirgi zamon tadqiqot- 
chilari tomonidan ashyoviy huquqlarni ushbu «o‘ziga xos» belgilarini 
doimiy tahlil qilish natijasida, ularning har biri shartlilik kasb etishi 
aniqlangan. Ya’ni, milliy qonunchilikda yuqorida sanab ko‘rsatilgan 
ashyoviy belgilar mavjud bo‘lmagan holda ashyoviy huquqqa ega 
shaxslar, hamda majburiyat belgilari zimmasida bo‘lmagan lekin 
majburiyat huquqiga ega shaxslarning huquqiy holati ifodalangan. 
Bu holatlar adabiyotlarda majburiyat huquqi va ashyoviy-huquqiy 
unsurlarning o‘zaro kirishish an’analari sifatida va aralash ashyoviy — 
majburiyat huquqining vujudga kelishi sifatida qayd etiladi.
Shu bilan birga bunday ilmiy-tadqiqot kuzatishlari ashyoviy huquqiy 
va majburiyat huquqiy institutlar chegarasini buzmasligi kerak. Agar 
qonun bunga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa-da.
Bunda gap milliy qonunchilikning u yoki bu subyektiv huquqqa 
barchaga qarshi turish xususiyati (mulk bilan ketma-ket turuvchi 
imtiyozli ashyoviy huquq)ni beradimi yoki yo‘qmi hamda bunday 
huquqning huquqiy-ashyoviy tabiatini tan olishning yuridik oqibati 
nimada ekanligidadir. Zero, ashyoviy huquqlarning bahssiz belgilari 
mavjud bo‘lsa-da, inchunin ashyoviy huquqlarning mutloq himoyasi 
to‘g‘risidagi me’yorlarni qo‘llashda yagona asos kontinental huquq 
tizimi uchun xos boigan ularning qonun bilan qat’iy belgilangan 
(yopiq) ro‘yxatidir.
Shuningdek, 0 ‘zbekiston Respublikasi FK 165-moddasi ashyoviy 
huquqlarning taxminiy ryxatini mustahkamlaydi hamda shu asosda 
«mulk huquqi bilan bir qatorda, xususan quyidagilar ashyoviy huquqlar 
hisoblanadi iborasining belgilanishi bu normaning yopiq qonun 
emasligini ko‘rsatadi. Ashyoviy huquqlar qat’iy ro‘yxatining mavjud 
emasligi amaliy natijaga ega. Birinchidan, ashyoviy huquqlarning yuri- 
dik mazmuni va vujudga kelish usulining qat’iy belgilanganligini toiiq 
inkor etadi hamda Kodeksda ashyoviy huquqlarning standart tarzda 
ifodalanishi ashyoviy huquqlarni taraflar erkin ravishda tuzadigan 
majburiyat huquqidan farqlashi lozim. Oqibatda bu yuridik jihatdan
1

Download 12,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish