Qarang:
A. 0 ‘lmasov, M. Sharifho‘jayev, Fqtisodiy nazariya.. — T.,
Mehnat», 1995 йил, 133-bet.
tarlibga solish va mustahkamlash uchun xalq manfaatlarini ko‘zlab
belgilangan tadbirlarni ifodalovchi huquq normalari yig‘indisi nazarda
tutiladi. Jumladan, mulk to‘g‘risidagi umumiy qoidalar obyektiv huquq
normalari hisoblanadi.
Subyektiv ma’nodagi mulk huquqi deb ayrim shaxslar, ya’ni huquq
subyektlarining (davlat, yuridik shaxslar va fuqarolarning) obyektiv
huquq normalari asosida kelib chiqadigan mulkni egallash, undan
foydalanish va uni tasarruf qilish huquqlariga aytiladi.
Mulkni o‘z xohishiga ko‘ra va o‘z manfaatini ko‘zlab egallash,
undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek, mulk huquqini
har qanday buzilishlardan bartaraf etishni talab qilish huquqi tushun-
chalari mulk huquqining mazmunini tashkil etadi. Subyektiv mulk
huquqining mazmunini taslikil etadigan elementlar mulk egasiga qonun
bilan belgilangan doiralarda beriladi.
0 ‘zbekiston Respublikasining «Mulkchilik to‘g‘risida»gi qonunida
belgilanishicha, mulkdor o‘ziga tegishli mol-mulkka o‘z ixtiyoriga
ko‘ra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Shu
ma’noda mulkdor o‘z mulkiga bo‘lgan huquqlarini ixtiyoriy ravishda
o‘z xohisliiga ko‘ra amalga oshiradi. Mulkdorning o‘z xohishi deganda,
uning o‘z erki, irodasi bilan o‘zining manfaatlarini ko‘zlab, birovning
(uchinchi shaxslarning) tazyiqisiz, zo‘rlashsiz harakat qilishi nazarda
tutiladi. Agar mulkdorga nisbatan bunday holatda zo‘rlik, tazyiq
ko‘rsatilgan bo‘lsa, qonun mulkdorning xohish-irodasini erkin amalga
oshirishini kafolatlaydi va muhofaza qiladi. Ayni vaqtda mulkdorning
o‘z xohishiga ko‘ra ish tutishi qonun, insof va adolat doirasida amalga
oshirilishi lozim.
Mulkdor mulkiy huquqini o‘z xohishiga ko‘ra amalga oshirishda
uning manfaati yotadi. Bu manfaat bevosita uning o‘ziga, yaqinlariga
yoki boshqalarga taalluqli bo‘lishi mumkin. Masalan, ota-ona voyaga
yetmagan farzandi nomiga bankka omonat pul mablag‘i qo‘yganda
ham, garchi bunda uchinchi shaxsning manfaati ko‘zlaganday bo‘lsa
ham, aslida mulkdorning harakati zamirida ota-ona sifatidagi burchi
yotadi. Mulkdorning o‘zi xohishiga ko‘ra yoki manfaatiga zid ravishda
mulkiy bitimlar tuzishiga majbur qilishi, umumiy qoida bo‘yicha
bunday bitimlar haqiqiy sanalmasligiga sabab bo‘ladi.
Yuqorida aytganimizdek, mulk huquqi uch element — mulkka
egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishdan iborat.
Mulkni egallash huquqi mulkni qo‘lda yoki unga nisbatan o‘z
huquqlarini amalga oshirishga imkon beruvchi biron joyda saqlab
turishdir. Mulkni qonunga muvofiq ravishda o‘z qo‘lida yoki o‘z
erki-irodasi ta’siri ostida saqlab turgan shaxs mulkni egallash huquqiga
ega. Bunday huquq, awalo, mulk egasiga tegishli bo‘ladi. Ya’ni,
mulkni egallash huquqi qonun yoki shartnomaga asosan boshqa shaxsda
ham bo‘lishi mumkin. Masalan, mulk shartnoma bo‘yicha ijaraga
qo‘yilishida, vaqtincha tekin foydalanish uchun topshirilishida, omonat
qo‘yilishida yoki ma’muriy dalolatnomalarga binoan vaqtincha saqlash
uchun biron tashkilot yoki fuqarolarga o‘tkazilishida egalik huquqi
mulk egasi hisoblanmagan shaxsda ham bo‘lishi mumkin.
Mulkni qonun talablariga muvofiq qo‘lda saqlab turishga qonuniy
egallash deb aytilsa, qonuniy asoslar bo‘lmay turib birovlarga qarashli
mulkni egallash, masalan, birovning o‘g‘irlatgan yoki yo‘qotgan mulkini
qo‘lda saqlashga qonunsiz egallash deb aytiladi.
Mulkdan foydalanish huquqi — mulkning foydali xususiyatlarini
o‘zlashtirish, mulkdan iqtisodiy ma’noda foydalanishdir. Mulkdan
qonunga muvofiq ravishda foydalanuvchi shaxs shu mulkdan foy-
dalanish huquqiga ega bo‘ladi. Mulkdan foydalanish huquqi shu mulkni
egallash huquqi bilan chambarchas bog‘liqdir. Mulkni egallamay,
qo‘lda saqlamay turib undan foydalanib ham bo‘lmaydi. Mulkdan
ishlab chiqarishda yoki kundalik hayotda foydalanishda bu mulk
butunlay iste’mol qilinadi yoki birmuncha vaqt davomida asta-sekin
eskiradi.
Agar birovning mulkidan foydalanish qonun yoki shartnoma bilan
belgilangan asoslar bo‘lmay turib foydalanilsa, bunda foydalanish
qonunsiz foydalanish hisoblanadi. Masalan, o‘g‘irlangan yoki yo‘qo-
tilgan mulkdan foydalanish.
Mulkni tasarruf etish huquqi mulkning yuridik taqdirini belgilash,
ya’ni mulk yuzasidan boshqa shaxslar bilan bo‘ladigan huquqiy
munosabatni belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan hu-
quqdir.
Mulk egasi tasarruf etish huquqiga binoan rnulk yuzasidan xilma-
xil bitimlar, shartnoinalar, jumladan, ashyoni sotish, hadya qilish,
ijaraga qo‘yish to‘g‘risida shartnomalar tuza oladi. Agar ashyo butunlay
keraksiz bolib qolsa, mulk egasi bunday ashyoni tashlab yuborishi,
o‘zidan biron-bir usul bilan soqit qilishi mumkin. Bu huquq mulkdorga
o‘z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo‘lmagan har qanday
harakatlarni amalga oshirish, shu jumladan, mol-mulkdan garov narsasi
sifatida foydalanishi yoki unga boshqacha yo‘llar bilan vazifa yuklash,
uni begonalashtirish yoki mol-mulkni boshqacha usul bilan tasarruf
etishga imkon beradi. Bu huquqning qo‘ldan ketishi bilan mulkka
nisbatan bo‘lgan egalik huquqi ham qo‘ldan ketadi. Masalan, mulkni
omonatga qo‘yishda ashyoni egallash huquqi, ijaraga qo‘yishda ashyoni
egallash va undan foydalanish huquqi birovga o‘tsa, ashyoning sotiiishi
yoki hadya qilinishida esa subyektiv mulk huquqining har uch elementi
egallash, foydalanish va tasarruf etish huquqlari ham butunlay boshqa
shaxsga o‘tadi.
Ayrim hollarda, jumladan, mulkni yo‘qotish, o‘g‘irlatish hollarida
mulk egasi o‘z mulkini egallash, foydalanish va uni tasarruf etish
imkonlyatidan mahrum bo‘lsa ham, egalik huquqini qonunda belgi-
langan hollarda va muddatlarda o‘zi saqlab turadi. Fuqaroga tegishli
mulk o‘g‘irlatilganida uning kimning qo‘lida bo‘lishi aniqlanganidan so‘ng
qonun bilan belgilangan uch yillik da’vo muddati davomida talab qilib
olinishi mumkin. Aks holda mulkka nisbatan bo‘lgan egalik huquqi
yo‘qoladi. Mulk egalari o‘zlariga tegishli mulk huquqidan g‘ayriqonuniy
maqsadlarda, birovning zarariga foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mulkdor huquqlarining, vakolatlarining chegarasi 0 ‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 54-moddasiga asosan mulkdor o‘z
huquqlarini amalga oshirishda ekologik muhitga zarar yetkazmasligi,
fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun
bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart.
Bu konstitutsiyaviy norma FKning 172-moddasida batafsil talqin
qilingan. Ushbu moddaga asosan mulk huquqini amalga oshirish
shartlari quyidagilardan iborat:
1. Mulkdoming o‘z huquqlarini amalga oshirishi boshqa shaxslaming
huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi
shart;
2. Qonunlarda nazarda tutilgan hollarda, shartlarda va doirada
mulkdor boshqa shaxslar uning mol-mulkidan cheklangan tarzda
foydalanishiga yo‘l qo‘yishga majbur (masalan, ko‘chmas mulk — yer
uchastkasi egasi qo‘shni yer uchastkasining egasidan zarur hollarda,
boshqa yer uchastkalarining egalaridan ham o‘zganing yer uchastkasidan
cheklangan holda foydalanish (servitut) huquqini berishni talab qilishga
haqli. Odatda, servitut piyodalar va transport yo‘li, elektr, aloqa, gaz
yoki suv quvurlari o‘tkazish uchun zarur bo‘lishi mumkin. Yer
uchastkasida servitut belgilanishi yer egasini mulk huquqidan aslo
mahrum qilmaydi. Servitutdan foydalanuvchi bilan yer uchastkasi egasi
o‘rtasida servitut haqida bitim tuzilib, u ko‘chmas mulkka oid bitimlar
kabi ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Servitut belgilangan uchastkaning egasi
agar qonunda boshqa tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, servitut kimning
foydasini ko‘zlab belgilangan bo‘lsa, o‘sha shaxsdan uchastkadan
foydalanganlik uchun mutanosib haq talab qilishga haqlidir (FKning
173-moddasi);
3. Mulkdor o‘zining ustunlik mavqeini suiiste’mol qilishga, boshqa
shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini
kamsitadigan o‘zga harakatlarni qilishga haqli emas;
4. Mulkdor o‘z huquqini amalga oshirganda fuqarolaming sog‘lig‘iga
va atrof-muhitga zarar yetkazishning oldini olish choralarini ko‘rishga
majbur.
Mulk huquqining mazmunida nafaqat mulkdorning huquqlari, balki
mol-mulkni saqlab turish burchi ham yotadi. FKning 174-moddasiga
asosan, o‘ziga qarashli mol-mulkni saqlash, agar qonun hujjatlarida
yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, mulk
egasining zimmasida bo‘ladi. Agar mulkdor bu majburiyatni bajarmasa,
ba’zi hollarda uning mulkiy huquqlari chegaralab qo‘yilishi yoki mol-
mulk undan olib qo‘yilishi haqida da’vo oldindan ogohlantirmasdan
ham qo‘zg‘atilishi mumkin.
3
-§. Mulk huquqining vujudga kelish va
bekor boMish asoslari
Mulk huquqining vujudga kelish va bekor bo‘lish asoslari deganda,
mulk huquqining olinishi yoki yo‘qotilishi bilan bog‘liq bo‘lgan yuridik
faktlar nazarda tutiladi. Mulk huquqining olinishi asoslarida jamiyat-
ning iqtisodiy tizimi o‘z ifodasini topadi.
Mulk huquqining olinishi: dastlabki va hosila asoslariga boiinadi.
Mulk huquqining vujudga kelishini bildiradigan dastlabki asoslar
bo‘yicha mulkka nisbatan egalik huquqi ilgari hech kimga tegishli
boimagan mulkka nisbatan yoki awalgi mulk egasining huquqi bilan
bogiiq boimagan holda vujudga keladi. Mulk huquqining dastlabki
asosda vujudga kelishi:
—
birinchidan, tabiat ne’matlarini o‘zlashtirish;
— ikkinchidan, ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirish natijasida yangi ashyolarni vujudga keltirish;
— uchinchidan, egasiz mulkning sud qarori bilan davlat ixtiyoriga
olinishi;
— to‘rtinchidan, egasi boimagan mulkka yoki egasi boisa ham
xo‘jaliksiz bilan saqlanayotgan mulkka, egalari tomonidan belgilangan
muddatlarda talab qilib olinmagan mulklarga, shu jumladan, topilgan
ashyolar, xazinalar (boshqa usulda yashirilgan narsalar) topilishi
hollarida yuz beradi.
Mulk huquqining vujudga kelishida egalik huquqini vujudga
keltiruvchi muddat o‘ziga xosdir. Mulkdor bo‘lmagan, lekin ko‘chmas
mol-mulkka o‘n besh yil davomida yoki boshqa mol-mulkka besh yil
davomida o‘ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxs
bu mol-mulkka nisbatan mulk huquqini oladi, ya’ni to‘la ma’noda
mulkdor huquqlariga ega boMadi (FKning 187-moddasi).
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 29-avgustdagi
«O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksini amalga kiritish tartibi
to‘g‘risida»gi qarorida belgilanishicha, ushbu 187-moddaning qoidalari
mulkka egalik qilish 1997-yilning 1-martiga (ya’ni, yangi FK amalga
kiritilgunga) qadar boshlangan va kodeks amalga kiritilayotgan vaqtda
davom etayotgan hollarga ham tadbiq etiladi. Demak, ushbu holati
bo‘yicha FK normasi orqaga qaytish kuchiga ega bo‘ladi.
Mulk huquqi vujudga kelishining dastlabki asoslaridan yana biri
hamma yig‘ib olishi mumkin bo‘lgan ashyolarni mulkka aylantirishdir.
FKning 189-moddasida ko‘rsatilishicha, qonun hujjatlarida yowoyi
mevalar, yong‘oq, zamburug‘lar, rezavor mevalar hamda o‘simlik,
hayvonot dunyosi va jonsiz tabiatning hamma olishi mumkin bo‘lgan
boshqa obyektlarini yig‘ish yo‘li bilan fuqarolar mulkiga aylantirish
tartibi va shartlari belgilab qo‘yilishi mumkin. Bunday tartibda mulk
huquqi o‘rmonlardan qo‘ziqorin, mevalar terish, dashtu tog‘lardan
dorivor giyohlar to‘plash, daryo va koMlardan baliq ovlash orqali
vujudga kelishi mumkin. Biroq maMumki, ushbu mulk obyektlari o‘sgan
mavjud hudud xususiy mulk huquqi asosida boshqaga tegishli boMmas-
ligi lozim. Mulk obyektlarining ba’zilarini ovlash uchun vakolatli davlat
organida ruxsat (litsenziya) olingan boMishi talab etiladi. Ayni vaqtda
baliq va boshqa jonivorlarni ovlash ovga ruxsat berilgan mavsum-
dagina yo‘l qo‘yiladi, aks holda ovlangan jonivorlar musodara qilinib,
ov qurollari olib qo‘yilishi va ularga nisbatan tegishli jazo choralari
qoMlanilishi mumkin.
Egasiz ashyoga nisbatan mulk huquqi ham dastlabki asosda vujudga
keladi. Egasi boMmagan yoki egasi nomaMum ashyo egasiz ashyo
hisoblanadi. Egasiz ko‘char ashyolarga nisbatan egalik qilish huquqini
vujudga keltiruvchi muddat asosida qoMga kiritilishi mumkin. Bunday
ashyo tegishli davlat organi yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organi
arizasiga muvofiq ko‘chmas mol-mulkni davlat ro‘yxatiga oluvchi
organda hisobga olinib, uch yil o‘tgach tegishli davlat organi talabi
asosida sud tomonidan davlatga o‘tkazilishi mumkin.
FKning 192-moddasida topilmaga nisbatan mulkiy huquqlarning
vujudga kelishi xususiyatlari belgilangan. Unda ko‘rsatilishicha, yo‘qol-
gan ashyoni topib olgan shaxs bu haqda uni yo‘qotgan shaxsni yoki
ashyo egasini yoxud uni olish huquqiga ega bo lgan o‘zga ma’lum
shaxslardan birortasini darhol habardor etishi hamda topilgan ashyoni
shu shaxsga qaytarishi shart. Basharti, ashyo binoda yoki transportda
topilgan bo‘lsa, u shu binoning yoki transport vositasining egasi bo‘lmish
shaxsga topshirilmog‘i lozim. Topilma topshirilgan shaxs ashyoni topib
olgan shaxsning huquqlarini qo‘lga kiritadi va uning majburiyatlarini
o‘z zimmasiga oladi. Basharti, topilgan ashyo qaytarilishini talab qilish
huquqiga ega bo‘lgan shaxs nomaMum bo‘lsa yoki uning manzili
bo‘lmasa, ashyoni topib olgan shaxs topilma to‘g‘risida militsiyaga,
tegishli davlat organlariga yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organiga ma’lum qilishi shart.
FKning 193-moddasiga asosan olti oy mobaynida topilmaning egasi
aniqlanmasa, ashyoni topib olgan shaxs unga egalik huquqini qo‘lga
kiritadi (agar u bu huquqdan voz kechsa, topilma davlat mulkiga o‘tadi).
FKning 196-moddasida xazinaga nisbatan mulk huquqini vujudga
kelishi xususiyatlari belgilab qo‘yilgan. Xazina deb egasini aniqlash
mumkin boMmagan yoki u qonunga binoan huquqlarini yo‘qotgan,
yerga ko‘milgan yoki boshqacha usulda yashirilgan pul yoki
qimmatbaho buyumlarga aytiladi. Yashirib qo‘yilgan mol-mulk (yer
uchastkasi, imorat va sh.k.) mulkdori bo‘lgan shaxsga va xazinani
topgan shaxs mulkiga agar ular o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq
boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, teng ulushlarda tegishli bo‘ladi.
Xazina u yashirib qo‘yilgan yer uchastkasi yoki boshqa ntol-mulk
egasining mulkdorining roziligisiz qazish ishlarini olib borgan yoki
boylik qidirgan shaxs tomonidan topilgan taqdirda, bu xazina u topilgan
yer uchastkasining yoki boshqa mol-mulkning egasiga topshirilishi
shart. Tarix va madaniyat yodgorliklari jumlasiga kiradigan ashyolardan
iborat xazina topilgan taqdirda, ular davlat ixtiyoriga o‘tadi. Biroq
xazina topilgan yer uchastkasi egasi va xazinani topgan shaxs xazina
qiymatining ellik foizi miqdorida mukofot olishga haqli.
Xazina topish uchun qazish va qidiruv ishlarini olib borish mehnat
yoki xizmat vazifalariga kiradigan shaxslar (masalan, arxeologlar,
geologlar) ga nisbatan yuqoridagi qoidalar qo‘llanilamaydi (FKning
196-moddasi, 5-bandi).
Mulkka nisbatan egalik huquqini vujudga keltiruvchi hosila usuli
deganda muayyan shaxs tomonidan mulk huquqining olinishi dastlabki
mulk egasining huquqiga bogMiq bo‘lgan usul nazarda tutiladi. Bu
usulda mulk huquqining ma’lum ashyoga nisbatan paydo boMishi yoki
bu ashyoga nisbatan mulk huquqining ilgari ma’lum shaxsga tegishli
blishi bilan bogMiqdir. Shu ma’noda mulk huquqining boshqa shaxsga
o‘tishi haqida so‘z yuritiladi. Binobarin, hosila usuli bo‘yicha mulk
huquqi vujudga kelganda bu mulkka nisbatan boMgan huquqni bir
shaxsdan ikkinchi shaxsga ko‘chirilishi to‘g‘risida so‘z boradi.
Masalan, oldi-sotdi shartnomasi tuzilishi yoMi bilan o‘zlariga
tegishli ashyoga nisbatan egalik huquqi bir shaxsda, ya’ni sotib oluv-
chida paydo boMadi.
Mulk huquqining hosila usulida vujudga kelishiga misol qilib oldi-
sotdi, hadya, ayirboshlash, qarz shartnomalari, shuningdek, qonun
va vasiyat bo‘yicha meros olish, davlat mulkini xususiylashtirish orqali
olinishini ko‘rsatsa boMadi.
Fuqarolik kodeksining 185-moddasida ko‘rsatilganidek, shartnoma
asosida mol-mulk oluvchida mulk huquqi, agar qonun hujjatlari yoki
shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boMmasa, ashyo top-
shirilgan paytdan boshlab vujudga keladi. Agar ashyoni birovga
o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnoma notarial guvohlantirilishi yoki davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim boMsa, egalik huquqi bunday shartnoma
notarial guvohlantirilgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytidan e’tiboran
vujudga keladi.
Qonunda uy-joy (kvartira) ga mulk huquqining vujudga kelishi
belgilangan tartibda ajratib berilgan yer uchastkasida ko‘rilayotgan
yangi uy-joyga mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan
boshlab vujudga kelishi belgilangan.
Bir yoki bir necha shaxslar tomonidan ko‘rilayotgan uy-joy qurilish
tamom boMguncha va ro‘yxatdan o‘tkazilguncha mahalliy hokimiyat
organlarining ruxsatisiz boshqa shaxsga berilishi mumkin emas.
Davlatga qarashli uy-joy (kvartira) ga mulk huquqi qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan xususiylashtirish tartibida vujudga keladi.
Kooperativ uy-joyga, kvartiraga, garajga, chorboqqa va boshqa
binolarga mulk huquqi kooperativ a’zosi pay badallarini batamom
toMab boMgandan keyin vujudga keladi (FKning 210-moddasi). Ba’zi
ashyolarga nisbatan esa egalik huquqi ashyo topshirilishidan so‘ng
yoki ashyoning qiymati toMa yoki qisman toMangandan so‘ng vujudga
kelishi belgilanishi mumkin.
Xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyolar bir shaxsdan ikkinchi
shaxsga o‘tkazilgan holda, agar bunday o‘tkazish tegishli organlardan
ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart bo‘lsa, ashyoga nisbatan egalik huquqi
shartnomaning qayd qilinishi paytidan e’tiboran vujudga keladi.
Mulkka nisbatan egalik huquqining o‘tish payti qonunda muqarrar
belgilanishi birovga o‘tkazilayotgan ashyolarning tasodifan nobud
bo‘lishi yoki buzilishi xavf-xatari, ya’ni buning natijasida kelgan zarar
kimning zimmasida bo‘lishligini belgilash ham katta ahamiyatga egadir.
FKning 175-moddasida belgilangan qoida bo‘yicha mol-mulkning
tasodifan nobud bo‘lishi yoki buzilishi xavfi, agar qonun hujjatlarida
yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, kelgan
zarar mulk egasining zimmasida boiadi.
Agar ashyolarni birovga o‘tkazuvchi shaxs topshirishni yoki oluvchi
ularni qabul qilishni kechiktirsa, ashyolarning tasodifan nobud boiishi
yoki buzilishi xavf-xatari kechiktirgan tarafda boiadi. Masalan, sotib
oluvchi qurilish materiallarini qabul qilishni kechiktirsa, ashyolarning
tasodifan nobud boiishi yoki buzilishidan kelgan zararni o‘z zimmasiga
oladi.
Mulk huquqining bekor boiish usullari ham xilma-xil. Bu usullami
quyidagicha turkumlashtirish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |