‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


) yuridik shaxslarning o‘zaro va fuqarolar bilan tuziladigan bitimlari; 2



Download 12,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/320
Sana22.04.2022
Hajmi12,36 Mb.
#571687
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   320
Bog'liq
Fuqarolik huquqi (Umumiy qism).Рўзиев

1
) yuridik shaxslarning o‘zaro va fuqarolar bilan tuziladigan bitimlari;
2
) fuqarolar o‘rtasidagi belgilangan eng kam oylik ish haqining 
o‘n baravaridan ortiq boimagan summadagi bitimlar, qonunda belgi- 
langan hollarda esa bitim summasidan qat’i nazar boshqa bitimlar.
Yozma bitim uni tuzuvchilar yoki ularning vakillari tomonidan 
imzolanishi kerak. Agar fuqaro jismoniy kamchiligi, kasalligi yoki boshqa 
biron sabab tufayli bitimni imzolay olmasa, bu holda uning topshirigiga 
binoan boshqa fuqaro imzolashi mumkin. Bu fuqaroning imzosi bitim 
tuzuvchi ishlab yoki o‘qib turgan tashkiloti va yashash joyidagi uy 
boshqarmasi yoki u davolanayotgan muassasaning ma’muriyati yoxud 
notarial idora tomonidan tasdiqlanishi lozim. Bunday hollarda bitim 
tuzgan shaxsning o‘zi qanday sabab bilan bitimni imzolay olmaganligi 
albatta ko‘rsatilishi kerak.
Tashkilotlar tomonidan tuziladigan yozma bitimlarda mazkur tash- 
kilot rahbarining imzosi va muhri boiishi lozim. Ba’zi yuridik shaxslar 
tomonidan tuziladigan bitimlarda ikkita imzo: tashkilot rahbari va 
boshqa mansabdor shaxs, odatda, bosh buxgalter yoki buxgalterning 
imzosi boiadi. Xatlar, telegrammalar, telefonogrammalar, teletaypog- 
rammalar, fakslar yoki subyektlarni va ular xohish-irodasi mazmunini 
belgilaydigan boshqa hujjatlarni o‘zaro ayirboshlash, agar qonunda 
yoki taraflarning kelishuvida boshqacha hol belgilanmagan boisa, 
yozma shaklda tuzilgan bitimga tenglashtiriladi.


Ba’zi hollarda yozma tuzilgan bitim qo‘shimcha talabga ham javob 
berishi lozim (muayyan shakldagi tuzilishi, muhr bilan tasdiqlanishi 
va h.k.).
Yozma shaklda tuzilgan bitimni bajargan taraf ikkinchi tarafdan 
ijroni tasdiqlovchi hujjat talab qilishga haqli. Bu qoida og‘zaki tadbir- 
korlik bitimiga nisbatan ham joriy qilinadi.
Qonun bilan talab etilgan bitimning oddiy yozma shakliga rioya 
qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib kelmaydi, biroq nizo kelib 
chiqqan taqdirda, taraflarni bitimning tuzilganligini, mazmunini yoki 
bajarilganligini guvohlarning ko‘rsatuvlari bilan tasdiqlash huquqidan 
mahrum qiladi (FKning 109-moddasi).
Oddiy yozma shaklga rioya qilmasdan tuzilgan bitim qonun yoki 
taraflarning kelishuviga bevosita zid bo‘lmasa, o‘z-o‘zicha haqiqiy 
bo‘lib sanalsa ham, nizo chiqqan taqdirda bitimning tuzilganligini 
va uning mazmunini guvohlarning ko‘rsatmalari bilan isbotlab bo‘l- 
maydi.
Notarial guvohlantirilgan bitim deb belgilangan shaklda notariat 
xati bo‘lgan, notarius tomonidan imzolangan va gerbli muhr bosilgan 
yozma hujjatga aytiladi. Notarial shakldagi bitim uni tuzuvchilar yoki 
vakillari tomonidan notarius huzurida imzolanadi.
Bitimlarni notarial tartibda tasdiqlash faqat qonunda ko‘rsatilgan 
yoki taraflardan biri talab qilgan hollardagina majburiydir. Jumladan, 
uy-joylarni oldi-sotdisi, garovga qo‘yish shartnomalari va boshqa ba’zi 
shartnomalar, shuningdek mulkni vasiyat qilish to‘g‘risidagi bitim 
(vasiyatnoma) notarial tartibda tasdiqlanishini talab qiladi.
Bitimlarning oddiy yozma va notarial tasdiqlangan shaklda tuzilishi 
ba’zi muhim asoslar bo‘yicha belgilangan, jumladan:
birinchidan, bitimning yozma shakli bitim tuzilganligi faktini bir 
tomonning bayonotiga yoki guvohlarning ko‘rsatmalariga qaraganda 
asosliroq isbotlaydigan dalil bo‘la oladi;
ikkinchidan, yozma shakl og‘zaki shakldan ko‘ra bitimning haqiqiv 
mazmunini aniqlashga yaxshiroq yordam beradi va zarur hollarda uni 
tegishli davlat organlari tomonidan tekshirilishini engillashtiradi. Shu 
nuqtayi nazardan bitimning insofsiz ishtirokchilari tomonidan ba’zi 
hollarda yo‘l qo‘yiladigan suiiste’molchiliklarga qarshi ma’lum darajada 
garov bo‘lib xizmat qiladi;
uchinchidan, bitimning yozma shakli taraflar uchun majburiy 
bo‘lishi yuridik faktlarni hujjatlashtirish va taraflarning faoliyatlari 
ustidan nazorat olib borish imkoniyatini beradi;


to‘rtinchidan, bitimlarning yozma shaklda rasmiylashtirilishi fuqa- 
rolik muomalasi ishtirokchilarini muayyan tartibga, o‘z erklarini aniq 
ifoda etishga va bitim bilan nazarda tutilgan shartlarni puxta bajarishga 
orgatadi.
Qonun ba’zi hollarda bitimlarning yozma yoki notarial shaklda 
rasmiylashtirilishidan tashqari tegishli davlat muassasalarida qayd etilishini 
(ryxatdan o‘tkazilishini) talab qiladi. Masalan, yer uchastkalari va 
boshqa ko‘chmas mol-mulk bilan bog‘liq bitimlar (boshqa shaxsga berish, 
ipoteka, uzoq muddatli ijara, merosni qabul qilib olish va boshqalar) 
aaviat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak (FKning lll-moddasi).
Qonun bo‘yicha talab qilinadigan shakiga rioya qilmaslik oqibatida 
qonunda to‘g‘ridan-to’g‘ri ko‘rsatilgan taqdirdagina bitimning haqiqiy 
sanaimasligiga sabab bo‘ladi. Jumladan, bitimning notarial shakliga 
yoki uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talabiga rioya qilmaslik bitimning 
haqiaiy emasligini keltirib chiqaradi. Bunday bitim o‘z-o‘zidan haqiqiy 

Download 12,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish