‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


turi qaysi huquqshunos olim tomonidan taklif etilgan?



Download 12,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/320
Sana22.04.2022
Hajmi12,36 Mb.
#571687
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   320
Bog'liq
Fuqarolik huquqi (Umumiy qism).Рўзиев

turi qaysi huquqshunos olim tomonidan taklif etilgan?
A.
I. Zokirov. 
B. X. Rahmonqulov.
C. T. Fadeyeva. 
D. A. Hasanov.
5. Huquqshunos olimlardan qaysi biri shaxsiy nomulkiy huquqiarni 4-
guruhga b o ‘lishni taklif etgan?
A.
I. Zokirov. 
B. X. Raxmonqulov.
C. O. Oqyulov. 
D. A. Hasanov.
6. Fuqarolik muomilasidan chiqarilgan ashyolarga nisbatan mulk huquqi
qaysi huquq subyektiga tegishli b o ‘ladi?
A. 
Jismoniy shaxslarga. 
B. Yuridik shaxslarga.
C. Davlatga. 
D. Huquq subyektlariga tegishli bo‘lmaydi.


IXbob.
BITIMLAR
l-§. Bitimlar tushunchasi va turlari
Bitimlar deb fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va 
burchlarini belgilash, o‘zgartirish va bekor qilishga qaratilgan harakat- 
larga aytiladi (FKning 101-moddasi).
Har qanday bitim shaxslarning erki-irodasi bilan bog‘liq bo‘lib 
muayyan huquqiy oqibat tug‘dirishga qaratiladi. Bitimda fuqaro va 
tashkilotlaming ma’lum moddiy hamda madaniy ehtiyojlarini qondirish- 
ga qaratilgan erklari ifodalanadi.
Bitim shaxslarning erki bilan bog‘liq boMgan ularning irodasidan 
kelib chiqadigan harakat boMganligi tufayli bitimda ifodalangan erk 
izhor qilinishi, ya’ni, boshqa shaxslarga bildirilishi lozim.
Bitim tuzish natijasida muayyan huquqiy oqibat tug‘dirish uchun 
bitim tuzuvchi shaxslar bitimda z erklarini ifodalashdan tashqari 
muayyan harakatni qilishlari lozim boMadi. Bu harakat shart qilingan 
ishni bajarishga, maMum mulkni topshirishga yoki ma’lum pulni 
toMashga qaratilgan boMishi mumkin.
Fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini vujudga keltirish, o‘zgar- 
tirish yoki bekor qilishga qaratilgan holatlar sifatida yuridik fakt tarkibiga 
kiradigan bitimlar boshqa yuridik faktlardan farq qiladi. Masalan, 
yuridik fakt hisoblangan hodisa shaxslarning erkidan tashqari vujudga 
kelsa, bitimlar faqat shaxslarning erki bilangina tuziladi.
Bitimlar tushunchasi uchun quyidagi shartlar muhimdir:
a) bitim tuzuvchi shaxs fuqarolik huquqining subyekti hisoblanadi;
b) muayyan bitimni tuzuvchi shaxsda bu bitimni tuzish erki bo‘lishi 
va bu erk ma’lum huquqiy oqibatlar tug‘dirishga qaratilgan boMishi lozim;
d) shaxsning erki muayyan yuridik fakt hisoblangan harakatda 
o‘zining tashqi ifodasini topishi, ya’ni maMum shaklda izhor qilingan 
boMishi kerak.
Fuqarolik huquqi fanida bitimlar o‘zlarining belgilari bo‘yicha 
quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. 
Bitim tuzuvchilarning erklari ifoda etilishiga qarab bitimlar bir 
tomonlama, ikki tomonlama, ko‘p tomonlama bitimlarga bo‘linadi.


Bir tomonlama bitimda faqat bir tomonning erki ifodalanadi, 
huquq va majburiyat faqat bir tomonning irodasi bo‘yicha vujudga 
keladi, o‘zgaradi yoki bekor bo‘ladi. Bir tomonlama bitimlarga misol 
qilib, vasiyat, merosdan voz kechish, ishonch qog‘ozi berish, vakolat 
olmasdan vakillik qilgan shaxsning harakatlarini vakolat beruvchi 
ma’qullashini ko‘rsatsa bo‘ladi. Bir tomonlama bitim uni tuzgan shaxs 
uchun majburiyatlar keltirib chiqaradi.
Ikki tomonlama bitimlar har ikki tomonning erkiga muvofiq 
tuziladi. Bunday bitimlar shartnomalardir. Ikki tomonlama bitimga 
misol qilib, oldi-sotdi, mulk ijarasi, sug‘urta va boshqa shartnomalarni 
ko‘rsatsa bo‘ladi.
Ko‘p tomonlama bitimlar uch va undan ortiq shaxslaming erklari 
ifodalanib tuziladi. Ko‘p tomonlama bitimga misol qilib, oddiy shirkat 
(birgalikdagi faoliyat) va ta’sis shartnomalarini ko‘rsatsa bo‘ladi. Ko‘p 
tomonlama bitimlar ham ikki tomonlama bitimlar singari o‘zaro 
kelishuv, ya’ni shartnomadir. Har qanday shartnoma bitim hisoblansa 
ham, har qanday bitim shartnoma bo‘la olmaydi. Aksariyat bitimlar 
shartnoma hisoblanishi mumkin.
2. Bitimlar muqobil ijroning bo‘lish-bo‘lmasligiga qarab haq bara- 
variga va tekinga tuziladigan bitimlarga boMinadi.
Haq baravariga tuziladigan bitimlar bo‘yicha tomonlardan har 
biri qarshi tomon foydasiga muayyan bir mulkni topshirish, pul toMash, 
ishni bajarish, birorxizmat ko‘rsatish singari harakatlarni qilish majbu- 
riyatini oladi. Haq baravariga tuziladigan bitimlarga qarshi (muqobil) 
ijro nazarda tutiladigan bitimlar oldi-sotdi, ayirboshlash, pudrat, su- 
g‘urta kabi shartnomalardir, chunki ularda tomonlardan har biri qarshi 
tomon foydasiga bironta harakat qiladi. Masalan, sotuvchi pul evaziga 
maMum mulkni topshiradi.
Tekin, ya’ni, haq toManmay tuziladigan bitimlar asosida tomon- 
lardan biri ikkinchi tomon foydasiga biron-bir harakat qilish maj- 
buriyatini oladi. Bu yerda qarshi (muqobil) ijro yo‘q. Masalan, hadya, 
foizsiz qarz, mulkdan tekin foydalanish (ssuda) to‘g‘risidagi shartno- 
malarni ko‘rsatish mumkin.
3. Bitimlar qay paytdan e’tiboran tuzilgan deb hisoblanishini aniq- 
lash maqsadlarida konsensual va real bitimlarga boMinadi.
Konsensual bitim deb huquq va majburiyatlarni o‘zaro kelishish va 
bunday kelishuvni lozim tartibda rasmiylashtirish paytida vujudga 
keltiradigan bitimga aytiladi. Mulk ijarasi, mahsulot yetkazib berish, 
pudrat, kontraktasiya singari shartnomalar konsensual bitim hisoblanadi.


Real bitim deb o‘zaro kelishuvga muvofiq ashyolar yoki pulni 
topshirish paytida huquq va majburiyatni vujudga keltiradigan bitimga 
aytiladi. Real bitimlarga misol qilib, qarz, omonat saqlash, yuk tashish 
shartnomalarini ko'rsatsa bo‘ladi.
2-§. Bitimlarning muddatlari va sbartli bitimlar
Huquq subyektlari o‘rtasida tuziladigan bitimlar muayyan muddat- 
larda ijro etiladi va bekor bo‘ladi.
Agar bitimda huquq va majburiyatlarning vujudga kelishi yoki 
bekor bo‘lishi vaqti ko‘rsatilgan bo‘lsa, bitimlar muddatli hisoblanadi. 
Bitimlarda muddatlar quyidagicha:
a) ma’lum kun, oy, yil bilan (masalan, 2008-yil 15-sentabr);
b) ma’lum vaqtning o‘tishi bilan (masalan, bir yarim yildan keyin 
o‘tishini ko‘rsatish);
d) ma’lum bir voqea yuz berishi bilan belgilanadi.
Agar bitimda uning ijro etilish muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa, 
bunday bitim muddatsiz hisoblanadi. FKning 242-moddasida ko‘rsatil- 
ganidek, agar majburiyatni bajarish muddati ko‘rsatilmagan yoki talab 
qilib olish payti belgilab qo‘yilmagan bo‘lsa, kreditor har qachon 
ijroni talab qilishga, qarzdor esa ijroni har qachon amalga oshirishga 
haqli bo‘ladi.
Majburiyatni darhol bajarish vazifasi qonun, shartnoma yoki 
majburiyatning mohiyatidan anglashilmasa, qarzdor bunday majbu- 
riyatni kreditor talab qilgan kunidan boshlab yetti kunlik muddat 
ichida bajarishi shart.
Shartli bitim deb taraflar o‘rtasida tuziladigan bitimning amalga 
oshirilishi yoki bekor bo‘lishi biron-bir shartga bog‘lab qo‘yilishiga 
aytiladi. Shartli bitimlar ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi:
a) sharti kechiktirilgan;
b) bekor bo‘lish sharti bilan tuziladigan bitimlardir.
FKning 104-moddasining birinchi qismida aytilganidek, agar taraflar 
huquq va burchlarning kelib chiqishini yuz berishi yoki bermasligi 
noma’lum bo‘lgan holatga bog‘liq qilib qo‘ysalar bitim sharti 
kechiktirish sharti bilan tuzilgan hisoblanadi. Aytaylik, uy egasi turar 
joyni ijaraga berilishini o‘g‘lining ma’lum vaqtga boshqa shaharga 
o‘qishga ketishi sharti bilan bitim tuzadi, agar o‘g‘li boshqa shaharga 
ketmasa, bunda taraflar o‘rtasida hech qanday huquq ham, majburiyat 
ham vujudga kelmaydi.


FKning 104-moddasining ikkinchi qismi bekor bo‘lish sharti bilan 
tuzilgan bitimni ta’kidlaydi. Unda ko‘rsatilishicha, agar tarafning hu- 
quq va burchlarning bekor boMishini yuz berishi yoki bermasligi 
noma’lum holatga bog‘liq qilib qo‘ysalar bunday bitim bekor bo‘lish 
sharti bilan tuzilgan bitim hisoblanadi. Masalan, turar joyni ijaraga 
beruvchi fuqaro muayyan bir hol sodir bo‘lganda, aytaylik o‘g‘lining 
harbiy xizmatdan qaytgach, uyni bshatib berishni shart qilib, ijara 
shartnomasi tuzgan bo lsa, o‘g‘li qaytishi bilan ijara shartnomasi bekor 
bo‘ladi. Shartli ravishda majburiyat olgan shaxs shartga bog‘liq bo‘Igan 
huquqni yomonlashtirish yoki yo‘q qilishga qaratilgan harakatlami 
qilmasligi kerak.
Agar shartning yuz berishiga, ushbu shartning yuz berishidan 
manfaatdor boigan taraf insofsizlik bilan yordamlashgan boisa, bu 
shart sodir bo‘lmagan hisoblanadi (FKning 104-moddasi, 4-bandi). 
Masalan, mol-mulklarini sug‘urta qildirgan shaxs sug‘urta summasini 
ohsh maqsadida mol-mulkka qasddan o‘t qo‘yib yondirsa, bu holda 
sug‘urta summasi toianmaydi.
3-§. Bitim shakUari
Bitim tuzishda erkni ifodalash usuliga bitim shakli deb aytiladi. 
Bitimlar og‘zaki va yozma (oddiy yoki notarial tasdiqlangan) shaklda 
tuziladi (FKning 105-moddasi, 1-bandi).
FKning 106-moddasiga binoan qonun hujjatlarida yoki taraflaming 
kelishuvida yozma tasdiqlangan shakl belgilab qo‘yilmagan, jumladan, 
u tuzilayotgan vaqtning o‘zidayoq bajariladigan bitim og‘zaki tuzilishi 
mumkin. Shaxsning xatti-harakatidan uning bitim tuzishga boigan 
xohish-irodasi bilinib turgan holda ham bunday bitim tuzilgan hisob- 
lanadi.
Jeton, patta yoki odatda qabul qilingan boshqa belgi berish bilan 
tasdiqlangan bitim agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan 
boimasa, og‘zaki shaklda tuzilgan bitim hisoblanadi.
Yozma shaklda tuzilgan shartnoma bajarishga qaratilgan bitimlar, 
agar qonun hujjatlari va shartnomaga zid boimasa, taraflarning keli- 
shuviga muvofiq og‘zaki tuzilishi mumkin.
Qonunda indamasdan, sukut saqlash orqali ham bitim tuzilishi 
mumkinligi nazarda tutiladi. Bu holda xalqimizning qadimdan mavjud 
«sukut—rozilik alomati» qoidasi amal qiladi. Biroq bunday usulda 
bitim tuzishga faqat cheklangan hollardagina yoi qo‘yiladi. FKning


105-moddasiga asosan sukut saqlash qonun hujjatlarida yoki taraflarning 
keUshuvida nazarda tutilgan hollarda bitim tuzishga boigan xohish- 
irodaning ifodasi hisoblanadi.
Yuqorida aytilganidek, shaxsning xulq-atvori, xatti-harakatlaridan 
bitim tuzishga boigan xohish-irodasi bilinib turgan hollarda ham 
bunday bitim tuzilgan hisoblanadi. Bu usulda tuzilgan bitimlarning 
nomi lotincha «konklyudo« so‘zidan olingan boiib, «tuzaman» degan 
maiioni anglatadi. Konklyudent harakatlar shunday harakatlarki, ular 
og‘zaki shaklda ham, yozma shaklda ham ifoda etilmagan boisa-da, 
shaxsning niyati, maqsadi haqida o‘z-o‘zidan guvohlik berib turadi. 
Yozma shaklda tuziladigan bitimlar ikki turga:
a) oddiy yozma;
b) notarial idoralarda, shuningdek, qonun bilan nazarda tutilgan 
hollarda, boshqa organlarda tasdiqlanadigan bitimlarga boiinadi.
Oddiy yozma bitim bitimning shartlarini o‘z ichiga olgan va taraflar 
(yoki bir taraf) tomonidan imzolangan hujjatga aytiladi.
Bitimlar quyidagi hollarda oddiy yozma shaklda tuziladi:

Download 12,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish