268
2 0 0 -m a sh q .
M atn n i o ‘qing, p u b litsistik uslubga xos b o 'lg an
ko'tarinkilik, ifodalilikka diqqat qiling.
T E M U R B O B O G A M U R O JA A T!
Tun yozib yubordi qora zulfini, m ajnuntol belanchakni tebrab ohista,
qurbaqa-yu chigirtkalar boshlaydi alia. Parquv bulutlarga boshini qo'yib,
hilol uxlayotir shirin, beozor. G o'zal kanizaklar — hadsiz yulduzlar
uning tegrasida qurishar davra. Sokinlik ko'rpasin yopinib olib, mizg'iyotir
Zam in tinch va osuda... Faqat m ening bezovta qalbim uyqu to'rlariga
ilinmaydi hech. Ichki tug'yonlarim bo'g'zim dan toshib, Sizga xat bitmoqqa
tutam an qalam. Siyohimning rangi etm asin hayron, siyohdonga dilim
qonin ezg'ilab to'kdim .
Dil so'zlaring ne deysizmi? Eshiting bobo!
Siz tiklagan Turonzam in halihanuz turadur, og'a-ini turkiyingiz
bir-birini suyadir. Biri o'zbek, biri tojik, biri qirg'iz, turkm andir, bir-
biriga xuddi tog'a, og'a-ini, singildir.
B obojonim , axir ayting, orzuyingiz shul em asm i, to m irim d a
oqayotgan Turkiy degan qonmasmi? Siz yaratgan ko'hna bino, qarang,
qanday ko'rkam dir. Bir-biriga do'stlasharkan o'g'lonlaringiz, Bobo,
yurtning, elning kelajagi gullab, yashaydi obod.
Qaytib keldi elga insof, vijdon ham da e ’tiqod, go'yo qora zulmat
ichra balqib chiqdi, nur, oftob. Erlarida mardlik m o'l-ko'l, ayolida nazokat,
farzandlari bari baxtli, yurtda ko'pdir halovat. Tinglang, bobo. O'g'lonlari
yurtim deya uyg'onsin, qalbimda erk ataluvchi o'chm as olovlar yonsin,
yog'iylarning ko'zi chiqib, soqolini silasin, qabrdan ham qo'llab turgan
qo'ling yaxshi deyarlar, fido bo'lay, jo nim bobo, qo'llab turing o'zingiz.
Ijobat bo'lur, bilaman, Sizning har duoyingiz...
...Vaqt oxirlab qolibdi, qalam im ham tolibdi. Otayotgan tong misol
yorug' bo'lsin kelajak, pok ruhingiz qo'llasin, farzandingiz kutajak.
(D. Jo ‘rayeva)
19.2. B A D IIY U S L U B
Badiiy asarlarni ko'p o'qigansiz. H ar bir tilning butun imkoniyatlari,
bor boyligi, jozibasi badiiy asarlar orqali namoyon bo'ladi.
f
Badiiy asarlarning bayon qilish uslubi badiiy uslub hisob-
•
lanadi.
Badiiy uslubning o'ziga xos xususiyati shundaki, unda adabiy tilning
barcha imkoniyatlarini o 'z ichiga olish bilan birga, o'zbek shevalariga,
269
kasb-hunarga doir leksik birliklar, bugungi kundalik iste’moldan chiqib
ketgan tarixiy so'zlar ham personajlar nutqi orqali ishlatila beradi.
Badiiy uslub o ‘quvchida estetik zavq uyg‘otadi. Dem ak, badiiy uslub
orqali ro‘yobga chiqqan nutq m a’lum voqea-hodisa haqida axborot berish
(kommunikativ vazifani bajarish)dan tashqari, o ‘quvchiga ta ’sir qilish
(ekspressiv) vazifasini ham bajaradi.
Badiiy uslub uchun obrazlilik, tasviriy ifoda vositalariga boylik xosdir.
Badiiy uslubdan boshqa barcha uslublar ijtimoiy hayotning m a’lum
sohasi doirasida chegaralangandir. Badiiy uslub, ulardan farqli ravishda,
inson amaliy hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi. Shuning uchun
u nda ilmiy uslubning ham , publitsistik uslubning ham , so ‘zlashuv
uslubining ham, rasmiy uslubning ham elementlari namoyon bo‘laveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |