‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 15 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/580
Sana11.04.2022
Hajmi15 Mb.
#543624
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   580
Bog'liq
hozirgi o`zbek adabiy tili i, ii, iii kitoblar. akademik litsey va kollejlar uchun darslik

121


174-mashq.
Quyidagi ertakni ifodali o ‘qing, ostiga chizilgan so‘zlarni
ma’noli qismlarga ajratib, unga ma’nodosh s o ‘zlar toping. Ko‘makchi
morfemalarning turlarini aniqlang.
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda go'zal, ta’rifi yetti iqlimga 
ketgan chiroyli bir qiz bor ekan. Kunlaming birida sehrgar kampir bu qizni 
umrbod uxlatib qo'yibdi. Shahzoda bu qizni uyg'otish payiga tushib uzoq 
o'ylabdi. Juda ko‘p aivinchiliklami boshidan o ‘tkazibdi, bu qiz faqat «hayot 
suvi» bilan uvg‘onarmish. «Hayot suvi»ni topish maqsadida haligi shahzoda 
ko‘p choralarni izlabdi, oxir-oqibatda shahzoda baland tog‘ga chiqib ta- 
biblar aytgan o ‘sha «havot bulog‘i»ni topibdi va suvni olib kelib qizga 
ichiribdi. G o ‘zal qiz o ‘sha zahotivoq o ‘ziga kelib, ko‘zini ochibdi. Ular 
murod-maqsadlariga yetishibdi.
175-mashq.
Quyida berilgan matndagi ajratilgan so ‘zlarning tarkibini
aniqlang va ma’nosini izohli lug‘atdan o ‘rganing.
«... hijriy 950 (1543)-yilda bir kecha Samarqandda yong‘in chiqdi. 
Hazrati eshon masjidi tevaragida joylashgan bozori attoron, bozori sarrofon. 
bozori qog‘ozfumshon. bozori sahhofon. bazzozon. bozori tuxumduzon 
tam om an yonib kul bo‘ldi...»
176-mashq. « 0 ‘zbek tilining izohli lug‘ati»dan mushrif, sarkor, muh-
tasib, imom, mudarris, muazzin singari mansab, Iavozimga doir so ‘zlar-
ning ma’nosini o ‘rganib oling va ular ishtirokida gaplar tuzing.
177-mashq.
«Makroiqtisodiyot nima?» matnini o ‘qing, undagi yangi
so ‘zlarga izoh bering. Ular tarkibidagi ko‘makchi morfemalarni turlarga
ajrating.
Bozor iqtisodiyotiga o ‘tish sharoitida oldimizda turgan eng m uhim
vazifalardan biri iqtisodiyotda jam i ishlab chiqarish natijalarini hisoblab 
borishdir. Hozirgi kunda ilg‘or mamlakatlarda ishlab chiqarish natijalarini 
makroiqtisodiy param etrlar (yalpi milliy mahsulot, yalpi ichki mahsulot, 
milliy daromad) orqali tahlil etishga katta ahamiyat berilmoqda. Bunday 
tadqiqotlarning o ‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ularda iqtisodiyot- 
ning turli tarmoqlari o'rtasidagi ishlab chiqarish aloqalari haqidagi, statistik 
m a’lum otlar batafsil tahlil qilinadi.
Iqtisodiyotning asosiy muammolarmi umumjamiyat nuqtayi nazaridan 
yechadigan bo'lim i makroiqtisodiyot deyiladi. Um um iy talab va taklif, 
inflatsiya, iqtisodiy yuksalish, ishsizlik, turm ush kechirish darajasi, davlat 
xarajatlari, soliqlar kabi tushunchalar makroiqtisodiyot predmeti jum la- 
sidandir.
M akroiqtisodiyot iqtisodiyotni yaxlit holicha o ‘rganadi va uning 
mohiyatini yalpi taklifning, ya’ni iqtisodiy tizimning yalpi islilab chiqarish 
imkoniyatlarining hal qiluvchi omillarini va yangi talabning, ya’ni iqtisodiy
122


birliklarning ishlab chiqarilgan talablariga va ko‘rsatilgan xizmatlariga sarf 
qilingan umumiy xarajatlarini hal qiluvchi omillarini tahlil qilishni tashkil 
qiladi.
Makroiqtisodiyotga doir yangi so'zlar: litsenziya, lizing, bitja, broker, 
assotsiatsiya, auksion, marketing, menejment, praysing, kredit, investitsiya, 
ssuda, tashqi savdo defitsiti, aksiz solig‘i, avtoritar kapitalizm, barter savdosi.

Download 15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   580




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish