138-mashq. Quyidagi so‘z va so‘z birikmalari undalma vazifasida
kelgan gaplar tuzib yozing.
Sarvari olam, Hurmatli Prezident, ey Inson, obod o ‘lkam, 0 ‘zbekistonim,
ey sen zakiy, boy ota, gulim, ona tilim, Vatan,
azizim onani, ko‘zim
qorasi.
139-mashq. Quyidagi gaplarni o‘qing. Ularni undalmali gaplarga
aylantirib ko‘chiring.
N a m u n a :
Otashga sig‘indi bir zamon xalqim. (A. Oripov)
1.
Xalqim, bir vaqtlar sen otashga sig‘ingan eding. 2. Millatimizning
har bir hikmati zamirida olam-olam mazmun yashiringandir. 3. Qush
qanchalik baland yoki uzoqqa parvoz qilmasin, baribir o‘z oshyoniga qaytib
keladi. 4. Kishi qozonga nima solsa shuni,
tosh solsangiz, tosh olasiz, osh
solsangiz, osh olasiz. 5. G o‘dak oilaviy muhitda ulg‘ayadi, muhit uni qanday
oziqlantirsa, shunday aihda kamolga yetadi.
6
. Talabalik yillarim dugo-
nalarim biznikiga kelishini buvijonim juda yaxshi ko‘rardi. 7. Men bir
narsaga qattiq
ishonamanki, hayotimdagi o g 'irv a baxtiyor kunlarda doim
buvimning ruhi menga madad bo‘lib kelyapti.
8
. Shu payt eshik ochilib,
bolalarning xushchaqchaq ovozlari, onajonimning bag‘riga otilib, mehr
to ‘la bildirilgan salom-aliklari barala yangradi. 9. Ayol qanchalik didli-
farosatli, tabiatan ozoda, saranjom-sarishta, buning ustiga shirinsuxan bo‘lsa,
hatto xonadon devorlari ham jilva qilib turadi. 10. M uhabbatxon xonado-
nimga quyosh bo'lib, o'zgacha harorat olib kirdi.
(«Sanam» jurnalidan)
140-mashq. S h e’rni ifodali o ‘qing. Undalma vazifasidagi otga
aniqlovchi yoki izohlovchilar qo‘shilishiga e’tibor bering.
Chin uyingda sen qolursan,
Q o‘sh qanotim, yaxshi qol!
Bu dargohga yarashibsan,
Asl zotim, yaxshi qol!
Bibi Fotm am baxtlaridek,
Baxting bo‘lsin, yaxshi qol!
Bu bo‘stonga yarashgudek,
Taxting bo‘lsin, yaxshi qol!
Bu gulzorga husn bergin,
Zeb-u ziynat, yaxshi qol!
Senda bordur chin muhabbat,
H am m atonat, yaxshi qol!
Ham adolat,
ham m uruw at,
Ham da toqat, yaxshi qol!
519
«Assalom»dan boshla so‘zing,
Yuzim yerga tiqmagin.
Behudaga qattiq so‘zlab
Onang qaddin bukmagin.
0
‘zing bilmay g‘aninilarning,
Tzmiga sen yurmagin.
Kelin baxti tilidadir,
Shirin so‘zim, yaxshi qol!
Sevgilingga chin so‘zlagin,
Orttirmagin tashvishin.
Hurm atini ortiq qo ‘ygin,
Erinmasdan yoz-qishin.
Ish buyursa ikkilanmay,
Xizmatda bo‘l, og‘rinma.
Shunda senga ul vafodor,
Bag'ishlaydi jo n-u tan!
Chin uyingda sen qolursan,
M ehribonim , yaxshi qol!
Bu dargohga yarashibsan,
0
‘chmas nishonim, yaxshi qol.
(Farida Abdumalik qiz.i)
23-DARS.
UNDALMALARNING UNDOV S O ‘Z
VA EGALIK
Q O ‘SH IM CH ALARI BILAN Q O ‘LLA NILISHI
HAMDA ULARNING USLUBIYATI
Darsning maqsadi:
talabalarga undalmalar undov so ‘z hamda egalik
qo ‘shimchalari bilan qo ‘llanganda qanday xususiyadarga ega bo ‘lishi haqida
та ’lumot berish.
R E J A :
1. U ndalm aning old id an va u n d a n so ‘ng kelgan undovlarning
xususiyatlari haqida.
2. Egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llangan undalmalar.
J
1-topshiriq.
Undalm a ishtirok etgan gap tuzib,
undalma oldidan
undov so'zni qo‘shing. Undov bilan qo‘llangan undalmaning undovsiz
undalm adan farqini ayting.
2-topshiriq.
Onajonim, bunday qilma, Bunday qilma, Onajon!
(A. Oripov)
gapidagi undalmaga qo'shilgan
-jon
va egalik qo'shimchasi
-im
ning qanday vazifa bajarayotganini ayting.
Undalmalar tinglovchining diqqatini kuchliroqjalb etish, emotsionallik-
ni ta ’minlash, hayron qolish m a’nosini ifodalash uchun ko‘pincha
ey,
520
hoy, voy
kabi undovlar bilan birgalikda keladi. Bunday undovlar ko‘pincha
undalma oldidan qo‘llaniladi. Masalan,
Hoy о 'rtoqjon, quloq soling so ‘zimga.
Ba’zan undalm adan so‘ng
ey
,
ho, ov,
-u (-yu) kabi undovlar ham
ishlatiladi:
Karimjon -u
(ov, ey, ho),
buyoqqa keling.
Bu vaqtda
undalma
orqali ifodalangan shaxs yoki predmet so‘zlovchidan uzoq masofada ekanligi
ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: