‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 15 Mb.
Pdf ko'rish
bet291/580
Sana11.04.2022
Hajmi15 Mb.
#543624
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   580
Bog'liq
hozirgi o`zbek adabiy tili i, ii, iii kitoblar. akademik litsey va kollejlar uchun darslik

234-mashq.
Quyidagi mashqdan morfologik usul bilan yasalgan otlarni 
toping va ularni izohlab bering.
Aytishlaricha, bir badavlat kishining yakka-yu yagona o ‘g‘li bo‘lib, 
u nihoyatda isrofchi va behuda sarflovchi edi.
Ota o ‘z o ‘g‘lining noqobil ekanini bilgani uchun oldindan chora 
ko'rib, o ‘lar paytida unga nasihat qilib debdi:
— 
Ey, o ‘g‘lim, men o ‘lganimdan keyin boyliklarimning bari senga 
qoladi. Ishonchim komilki, sen ularning barini behuda sarflab bitirasan. 
Q o'lingda hech narsa qolmay, ochlik va nochorlik bilan oxiri o ‘limingga 
rozi bo‘lasan. Men narigi uyning burchagidagi tomning shipiga bir arqon 
bog'lab qo‘yibman. Jondan to ‘ygan paytingda o‘zingni o‘sha arqonga osgin!
Ota shu gaplarni aytib jo n berdi. Noqobil o ‘g‘il ko‘p o ‘tmay, barcha 
pullarni sarflab tamomladi. Oxiri gadoylik qilishdan or qilib o'zini osib 
o ‘ldirishga qaror qildi. Otasi tayinlab ketgan uyga kirib, arqonning uchini 
bo ‘yniga solib, o ‘zini osdi. Tom to ‘sini uni ko‘tarolmay sinib ketdi. Shu 
onda tuproq aralash otasi ataylab o ‘g‘li uchun bekitib ketgan boyliklar 
yerga tushdi. M ehnat bilan topiladigan boylik qadrini tushunib yetgan 
o ‘g‘il endi pulni o ‘ylab ishlatadigan, xayrli yo‘llarga sarflaydigan bo‘ldi. 
Otasi xotirasi uchun xalqni xushnud qilishga va saxovat nuridan bahramand 
qilishga kirishdi.
235-m ashq.
Arastu pandnom asini o ‘qing. Yasama otlarni topib, 
izohlang.
Ey Iskandar, dilingni ilm bilan obod qil, ilmsiz kishilar bilan 
suhbat qurm a, um ring n i b eh u d a o ‘tkazm a, m uvaffaqiyatlaringga 
m ag‘rurlanma, gina-hasad qiluvchilarni uyingga kiritma, gina-kuduratdan 
o‘zingni xoli tut, birovga nisbatan gina saqlama, yomonlig-u ochko‘zlik 
qilishdan qoch, yaxshilig-u saxiylik qilishga intil. Yaxshi kishilarni yaxshi 
so ‘z va yaxshi hadyalar bilan sarafroz-u dilxush qil. Tarbiya t a ’sir 
qilmaydigan kishilar bilan yaqinlik qilmaginki, bo‘ri yoki ilon ahyon- 
ahyonda zarar yetkazadi, am m o zarari halokatli bo‘ladi.
Ey Iskandar, birov bilan maslahatlashadigan bo‘lsang aqlli va dono 
kishilarni topib maslahatlash, oliyhimm at kishilardan yordam so‘ra.
Maqtovlarga, balandparvoz so‘zlarga uchma, qo‘li ochiq va saxovatli 
bo‘l, biror yerga yetsang u yerdagi sinalmagan suvlardan ichma, biror 
yerda notanish meva-chevaga duch kelsang, uning foyda-zararini bilmay 
turib yema!
H ar kim dono b o ‘lsa yeyish bobida,
Bilmagan narsasin yemaydi zinhor.
294


Biror yo‘lda zarar ko‘p bo‘lsa agar,
Kuchi ko‘p bo'lsa ham yurmaydi zinhor.
Sinalmagan yo‘l-u cho ‘l yaqin bo ‘lsa ham ,
Sinalgan uzoqdan qolmaydi zinhor!
Ey Iskandar, safar-u sayohatga chiqqanda shunchalik yuk olginki, 
uni ko‘tarib yurishdan o ‘zing bezor bo ‘lmagin, buning ustiga kuch- 
qudratdan ham qolmagin. Sharob ichishni odat qilmaki, u behushlik va 
g‘ofilikka olib boradi. Sadoqat — vafo nimaligini biluvchi kishilami hamisha 
aziz tut. Qiyinchilik onlarida sabr-bardosh yo‘ldoshing bo'Isin, umidsizlikka 
tushma. Kimki birovlarga jabr-sitam qilaversa, o ‘zi ham uzoq yashamaydi. 
Birov senga jabr-u jafo qilgan bo ‘lsa yoki sen birovga yaxshilik qilgan 
bo‘lsang, har ikkovini ham unut. M urod-m aqsadingga yetgan fursat- 
onlaringda xanda urib kulmaki, atrofda turganlarga xunuk ko‘rinasan. Agar 
ish aksincha bo‘lsa, g‘am -u anduhingni birovlarga bildirma!

Download 15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   580




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish