qiling.
49-mashq. Uyga vazifa. Matnni o ‘qing. Qushlar va hayvonlarning
nimaga insonlarga o‘xshab gapira olmasligi haqida o‘ylab ko‘ring.
Ispaniyaning G renad a shahri aholisi to 'rt kun m obaynida nim a
bo'layotganini tushunishmadi. Shaharning turli ko'chalarida biror sababsiz
politsiyaehilarning hushtagi qattiq chalinardi, ammo ko'chada na tartib-
buzarlar bor, na politsiyachilar. Ffech kim ko'rinmasdi.
Mashina haydovchilariga qiyin bo'ldi: shiddat bilan chalingan hushtak
shofyorlarni tinimsiz to'xtashga majbur qilardi.
Sirli politsiyachi hatto avtobuslar va piyodalar harakatiga ham xalaqit
berardi. Beshinchi kun hamm a narsa m a’lum bo'ldi: ko'rinmas politsiyachi
rolini qafasdan qochib chiqqan to'tiqush bajarayotgan ekan...
Qarg'alar ham, zog'chalar ham, zag'izg'onlar ham gaplashishni bili-
shadi. Soykalar ham, qorayaloqlar ham va hattoki... kanareykalar ham
odamlarga o'xshab gaplashishadi.
O'rgatilgan it amrimizni bajarib o'tirsa, yotsa, biz bilan yonm a-yon
yursa, «Ovozingni chiqar!» deganimizda vovullasa, biz hayron bo'lmaymiz-
ku. H am m a biladiki, itni shunga o'rgatganm iz. Itni o'rgatish juda oson
emas — undan nima talab qilayotganimizni u darrov tushunib yetmaydi.
Ammo qat’iy talablarimiz va o'rgatishimiz natijasida u buymg'imizni
bajara boshlaydi. Shunda u qandaydir shirinlik mukofot oladi. Ikkinchi
marta ham , uchinchi, beshinchi, o'ninchi marta mukofot oladi.
N ihoyat, itda bog'lanish sodir bo'ladi: agar, deylik «o'tir» desak (so'z
mazmunini u tushunm aydi, faqat shu so'zning tovushinigina eshitadi),
o'tiradi, mukofotga shirinlik oladi. Shu boisdan buyruqni jon deb bajaradi.
36
www.ziyouz.com kutubxonasi
Keyin shirinlik berilmaydigan bo'ladi, lekin it buyruqni bajaraveradi,
chunki u o ‘rganib qolgan, u muayyan so‘zlarni eshitib, muayyan harakatni
bajaraveradi.
Xuddi shu gapni to ‘tiqushlar haqida ham aytsa boiadi. Masalan, to'tini
o ‘z ismini aytishga o ‘rgatishadi. Ismni ko‘p m arta qaytarishadi. T o‘ti uni
eshitib, eslab qoladi, chunki uning xotirasi juda ajoyib. Keyin bir kuni,
ehtim ol, bexosdanm i yoki o ‘z kayfiyatini bildirish uchunm i, u talab
qilinayotgan so‘zni aytib yuboradi va shu ondayoq mukofot oladi (deylik
biror bo‘lak qand yoki shunga o ‘xshash narsa). T o‘tida refleks boshlanadi:
o'rganib olgan so‘zni qaytarsa shirinlik oladi.
Tez orada qushdan iltimos qilishga hojat qolmaydi, uning o ‘zi sovg‘a
olish umidida o ‘z ismini aytaveradi. Keyin bu odat tusiga kiradi va muko-
fotsiz ham to ‘ti gapiraveradi.
(«Turkiston» gazetasidan)
9
Savollar
1. Inson olamni qanday biladi?
2. Birinchi va ikkinchi signal sistemalari deganda nimani tushunasiz?
3. Nutqiy faoliyat nima va u qanday amalga oshadi?
4. Til nim a uchun ijtimoiy hodisa hisoblanadi?
9-DARS.
NUTQ TOVUSHLARINING U C H T O M O N I
Darsning maqsadi:
a) ilmiy maqsad: o ‘quvchilarning ongida nutq tovushlari va ularning
xususiyatlari yuzasidan bilim va malakalar hosil qilish;
b) o ‘quvchilarni ona tabiatga hurmat, ona-Vatan sha’ni uchun kura-
shish ruhida tarbiyalash.
^
Topshiriq.
Biron-bir musiqa asbobidan chiqayotgan tovushga
taqlid qilib ko‘ring. So‘ngra uning o ‘zini chaling. Ikkala tovushning
o'rtasidagi farqni tushuntiring.
Kundalik hayotingizda har xil tovushlarni eshitasiz: mashinalar signali,
hayvonlarning qichqirig‘i, parrandalarning sayrashi, suvning shildirashi va
boshqalar. Havo to ‘lqinlari orqali qulog'imiz bilan eshitiladigan barcha
hodisalarga tovush deymiz. Inson tomonidan talaffuz qilinadigan tovushlar
ham ana shunday tovushlar sirasiga kiradi.
H ar qanday tovush m a’lum tashqi ta ’sir yordamida havo oqimining
tebranishi natijasida hosil bo‘ladi. Masalan, ip yoki simni tarang tortib, uni
qo‘lingiz bilan chertsangiz havoni tebratadi va tovush chiqadi.
Tovushlar tabiiy va inson tovushlariga bo ‘linadi. Tabiatdagi insondan
tashqarida paydo b oigan barcha tovushlar tabiiy tovushlar sanaladi.
I
37
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |