‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 15,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet282/582
Sana26.02.2022
Hajmi15,67 Mb.
#473242
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   582
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek adabiy tili. 1-2-3-kitoblar (A.Nurmonov, A.Sobirov)

Savol va topshiriqlar
1. Grammatika deganda nimani tushunasiz va u qanday qismlarni o ‘z 
ichiga oladi?
2. Morfologiya nimalar haqida bahs yuritadi?
3. Morfologiyaning leksikologiya bilan aloqasi haqida gapiring.
4. Morfologiyaning sintaksis bilan aloqasini ayting.
280
www.ziyouz.com kutubxonasi


219-mashq. Biz, obod, va, ozod, 0 ‘zbekiston, yasha
so‘zlari ishtirokida 
gap tuzing. Gap ichidagi so'zlarning bir-biri bilan bog'lanish holatlariga 
diqqat qiling. Gapda ishtirok etayotgan so'zlarning leksik hamda grammatik 
m a’nolarini aniqlang.
220-m ashq.
Hikoyatni o ‘qing. Ajratib ko'rsatilgan so‘zlarga diqqat 
qiling. M azkur so'zlarning leksik va grammatik m a’nolari haqida fikr 
yuriting.
Ishini yaxshi bajargan odam ipak qurti kabidir. Bir kuni o'rgim chak 
ipak qurtiga bunday dedi:
— Birodarim ipak qurt, ozgina pilla o ‘rash uchun necha kun tinmaysan. 
M en bo ‘lsam, bir devorni bir necha soatda o ‘rab tashlayman.
Ipak qurti unga:
— To‘g‘ri, o ‘rgimchak qardosh, sen qisqa vaqtda ishni bitira olasan, 
ammo qilgan ishingning birovga foydasi tegmaydi. Vaqting zoye ketadi, vaqt 
qadrini bilasanmi o'zi? M en sekin, shoshilmay ishlayman, ammo tolamdan 
ajib, go‘zal, betimsol matolar to ‘qiladi. Buni sen tasawur qila olmaysan. 
Ipagim ajoyib ishlarga qodir. Insonlar mening mahsulimdan ko‘p foyda 
ko‘radilar. Oz ish qilaman, ammo ishimni puxta, toza qilaman. 0 ‘z san’atimni 
yaxshi ishlata bilaman. Ishimni shunday puxta qilganimdan baxtiyorman. Ishini 
yaxshi bajargan, san’atini yaxshi qo‘llaganlami Olloh sevadi. Payg‘ambarimiz 
sevadi. Insonlar ham juda sevadilar, duo qiladilar. Mana shuning uchun men 
ju d a b axtiyorm an va sa o d atm an d m an . Ishim ni, vazifam ni yaxshi 
bajaraveraman. Vaqtni bekor o‘tkazmayman, — deb javob berdi.
2 2 1-m a sh q.
M atn n i o ‘qing. O nani ulug‘lovchi m aqol, m atal, 
hikmatlarni eslang. Eng m a’qullarini daftaringizga ko‘chiring. Ulardagi 
so‘zlarning bir-biriga bog‘lanish holatlariga e’tibor bering. Bu so'zlarning 
yana qanday grammatik shakllarga ega bo‘la olishi mumkinligini o‘ylab ko‘ring.
Dunyoning zahiriy va botiniy ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turgan eng oliy 
tuyg‘u bor. Bu o‘sha har kuni har bir qalb yangilab turuvchi muhabbatdir.
Bu tuyg‘u, avvalo, ota-onaga bo'lgan mehrdan boshlanadi.
A zal-azaldan otalarim iz o ‘tirgan uyning tom iga chiqish gunoh 
hisoblangan. «Agar sen kaftingda ch o ‘g‘ni changallab 20 yillik yo‘lni 
bosib o ‘tsang ham, onangning bir kechalik uyqusini buzib, alia aytgan 
va bergan oq sutini oqlay olmaysan», deyishadi ota-bobolarim iz. Onalar 
bu dunyoni tark etganda ham onaligacha qolishlari bor gap. Sababi, bir 
yigit go‘zal bir qizga oshiq bo ‘libdi. U qiz esayigitga: «M uhabbating chin 
bo'lsa, onangning yuragini olib kel», debdi. Yigit ishq uchun o ‘zi oq sut 
berib o'stirgan onasining yuragini olib ketayotib yiqilib tushibdi. Shunda 
ona yuragi tilga kiribdi:
— «Jonim , bolam , yom on yiqilm adingni, u yer, bu yering lat 
yemadimi?»
281
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ha, do ‘stlar, ona mehrining sehri shu qadar yuksakki, hatto, u 
olamdan ko‘z yumsa ham o ‘z farzandiga yomonlikni ravo ko'rmaydi, 
unga baxt tilaydi.
Biz ham doimo onani qadrlaylik.
222-mashq.
«Yoshlar — Vatanning qanotlari», «Kompyuter xona- 
sida», «Qo'shma korxonalar hayotidan» kabi mavzularning birida matn 
yarating. Matndagi so'zlarning grammatik shakllariga diqqat qiling.

Download 15,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   582




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish