foydalaning.
150-mashq. Ko‘chiring. Kirish so‘zlarni toping. Ular qaysi uslubda
ko‘proq qoMlanilishini ayting.
1.
Modomiki, siz halokatdan gap ochibsiz, yuqoridagi mulohazalarimiz
uchun e’tirozga o‘rin qolmaydi. 2. Demak, yashash m a’nosining zamirida
xalq xizmatini qilish, Vatanni sharaflash burchi ham bor. 3. Ajabo, armonga
yo‘l qo‘ymaslik mumkin bo‘lgan holda bu azobni, bu gumrohlikni nechun
o ‘zingizga ravo ko‘rdingiz. 4. Tavba, shunchalik bag'ritosh, bemehr,
bem uruw at bola bo'ladimi! 5. Ha, darvoqe, uni gazetaga yozmoqchi ham
bo‘ldik awal, lekin satqayi gazeta ketsin senga, deb yozmadik.
6
. Hayotning
eng og‘ir, eng shafqatsiz kunlarida ham yiqilmadi, aksincha, qaddini tik
tutib, o ‘zini mehnatga urdi. 7. Qisqasi, yaxshi onaning peshanasida ne xil
baxt bo‘lsa, hammasi Saodat buvida m o‘l-ko‘l.
8
. Bu so‘zdan hamma qari-
lar aqlli-yu, hamm a yoshlar nodon ekan, degan xulosa chiqmasligi kerak!
526
www.ziyouz.com kutubxonasi
Aslo! Yoshlar orasida ham aql-hushi joyida, ziyrak, tadbirkorlari ko‘p.
9. X o‘p, bugungi gapim tamom qizim. 10. Aksincha, dami ichiga tushib
ketgan odam day churq etmay, hatto, nafas ham olmayotganday o ‘tirib
qolar edi.
(M. Ismoiliy)
151-mashq.
«Nutq madaniyati» haqida bahs yuriting. Kirish so‘zlardan
foydalaning.
25-DARS.
KIRITMALAR VA ULARNING
USLUBIY XOSSALARI
Darsning maqsadi: kiritmalardan yozm a nutq jarayonida o'rinli
foydalanish ко ‘nikmasini shakllantirish.
R E J A :
1. Kiritma haqida m a’lumot.
2. Kiritmalarda tinish belgilarining qo'llanilishi.
J
1-topshiriq.
Quyidagi matndan qavs ichiga olingan qismning
ohangi va m a’nosiga e ’tibor bering. Gapning asosiy qismi bilan
qanday m a’no munosabati borligini ayting.
Biz (bu safar menga Maktuba ham hamroh bo ‘Idi) qishloqqa ertasiga
kechqurun bordik.
(
О. Yoqubov)
N utq jarayonida so‘zlovchi muayyan tushuncha yoki fikrga bog‘liq
qo‘shim cha m a’lum ot bergisi kelishi m um kin. Ana shu qo'shim cha
m a’lumot ifodalovchi qism gapning asosiy qismidan to ‘xtam va pastroq
ohang bilan talaffuz qilinadi.
Masalan,
Uni tanishsa kerak (Farg‘onada bir-birini tanimaydigan odam
kam), bir bola kosada yaxna choy olib chiqdi. ( 0 ‘. Umarbekov)
Yuqoridagi gapda asosiy axborot
uni tanishsa kerak, bir bola kosada
yaxna choy olib chiqdi
qismi orqali ifodalanadi.
Farg‘onada bir-birini
tanimaydigan odam yo ‘q
qismi esa gapning asosiy qismi tarkibidagi
tanishsa
kerak
bo‘lagi bilan bog‘liq qo‘shimcha m a’lum otni ifodalaydi.
Juda muhim. Bu qo ‘shimcha та ’lumot ifodalovchi qism gapdan
tushirib qoldirilsa ham, gapning asosiy m a ’nosiga ziyon yetmaydi.
Qo ‘shimcha та ’lumot beruvchi qism gapning asosiy qismlaridan past
ohang bilan ajralib turibdi.
Eslab qoling. Gapning asosiy mazmuniga q o ‘shimcha axborot
qo ‘shuvchi va alohida ohang bilan ajralib turuvchi qismga kiritmalar
deyiladi.
527
www.ziyouz.com kutubxonasi
Kiritmalar asosan, kitobiy uslubga xos. Kiritmalar fikrga qo‘shimcha
m a’lumot berganligi uchun, asosan, gap o ‘rtasida keladi va yozuvda doimo
gapning boshqa qismlaridan qavs bilan ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |