6.4. Qayta hisoblash va tekshiruv natijalari bo'yicha
umumiy xulosalar
Inshootning yuk ko'tarish qobiliyati va foydalanishga yaroqliligi haqida
uzil-kesil xulosa chiqarish maqsadida tekshirish chog'ida to'plangan haqiqiy
84
ma’lumotlar bo'yicha konstruksiyalar qayta hisoblanadi. Tekshirilgan
konstruksiyalami qayta hisoblash quyidagi hollarda talab etiladi:
. konstruksiyaning hisobiga doir ma’lumotlar kam yoki umuman bo'lmasa
(masalan, hujjatlari saqlanib qolmagan eski binolarda);
. hisobiy ma’lumotlar bilan tekshiruv natijasida aniqlangan haqiqiy
ma’lumotlar orasida katta tafovut bo'lsa;
. inshootning yuk ko'tarish qobiliyati va deformatsiyasiga salbiy ta’sir
etadigan nuqsonlar va shikastlar mavjud bo'lsa.
Qayta hisoblash natijalari asosida inshootdan normal foydalanish
imkoniyati bor-yo'qligi aniqlanadi, kerak bo'lsa zaruriy cheklovlar (yukning
miqdori, harakat tezligi va boshqalar) o'matiladi, shuningdek, kuchaytirilishi
talab etilgan element va birikmalar belgilanadi.
Agar tekshiruv natijalariga ko'ra sinovlar o'tkazishga qaror qilinsa, qayta
hisoblar sinash yuklarini aniqlash va sinaladigan konstruksiyada hosil
bo'ladigan tegishli zo'riqish, kuchlanish, deformatsiya va ko'chishlarni
aniqlash bilan cheklanadi. Hisob natijalari inshootning haqiqiy holatiga
yaqin kelishligi uchun hisob ishlarini eng aniq usullar bilan amalga oshirish
talab etiladi.
Tekshirish va qayta hisoblash yakunlariga ko'ra tadqiq etilgan obyektning
holatiga umumiy baho beriladi, undan foydalanish imkoniyatlari to'g'risida
xulosa chiqariladi. Obyektni normal holatga keltirish uchun bajarilishi lozim
bo'lgan tadbirlar ko'rsatiladi, ekspluatatsiya mobaynida amal qilinishi lozim
bo'lgan talablar sanab o'tiladi.
Aniqlangan nuqsonlar sinov daftariga yozib boriladi. Sinov daftariga
chizmalar, suratlar va fotorasmlar ilova qilinadi; imkon bo'lgan vaziyatlarda
shikastlar sababi va rivojlanish darajasi ko'rsatiladi. Zudlik bilan bartaraf
etilishi lozim bo'lgan nuqsonlar (defektlar) alohida qayd etiladi.
Zarur bo'lgan hollarda tekshiruvdan o'tgan obyekt holatini (amaldagi
ekspluatatsiya qoidalariga qo'shimcha ravishda) doimiy nazorat ostiga olish
to'g'risida ko'rsatmalar beriladi.
Agar tekshiruv va qayta hisoblash natijalari tadqiq etilayotgan obyektning
ishga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligi to'g'risida qat’iy qarorga kelishga yetarli
bo'lmay, obyektni sinash maqsadga muvofiq deb topilsa, u holda har taraflama
asoslangan xulosa yoziladi. Ko'zda tutilgan sinovlaming xarakteri va hajmi
ko'rsatiladi.
85
Do'stlaringiz bilan baham: |