do‘stona munosabati hamda bilim, ko‘nikma va malakalarni
baholashdan aniq
maqsadning ko‘zlanganligi kabi talablardan iborat.
Tizimlilik nazorati
ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida bilimlaming
o ‘zlashtirilishi, ulami boshlang‘ich idrok etishdan to amalda qoilashgacha bo‘lgan
davrlar o ‘rtasida o ‘zaro bogiiqliik mavjud boMishini anglatadi. Ushbu tamoyil barcha
ta’lim oluvchini uning ta’lim muassasasida bo‘lgan
birinchi kunlaridan boshlab
so‘nggi kunlarigacha muntazam ravishda tashxisga jalb etilishini ifodalaydi. T a’lim
oluvchining bilimi, ko‘nikma va malakalarini ishonchli tekshirish uchun nazoratni
muayyan vaqt oraliqlarida muntazam o ‘tkazib borish talab etiladi.
Oshkoralik nazorati
barcha ta’lim oluvchilami aynan bir xil mezonlar bo‘yicha
ochiq sinovdan o ‘tkazishni anglatadi. Tashxis jarayonida belgilanadigan har bir
o ‘quvchi-talabaning reytingi oshkora xarakter kasb etadi. Oshkoralik tamoyili
baholami e’lon qilish va motivatsiyalashni talab etadi.
0 ‘quvchi-talabalaming o‘quv faoliyatini nazorat qilish turlari, shakl va
metodlari
Har bir fan bo‘yicha o ‘quvchi-talabaning o ‘quv faoliyatini
nazorat qilish va
baholash chorak yoki yarim yillik davomida muntazam ravishda olib boriladi va
quyidagi nazorat turlari orqali baholanadi. 1) jony nazorat (JN); 2) oraliq nazorat
(ON); 3) yakuniy nazorat (YaN).
Nazoratning tun o ‘quv ishlarni tashkil etish shakliga bogiiq. 0 ‘qituvchi
mavzudan kelib chiqib, nazoratning quyidagi shakllaridan foydalanadi.
1)
nazoratning ommaviy (frontal) shakliga ko‘ra o ‘qituvchi o ‘quvchi-talabalarga
materialning ma’lum bir hajmi bo‘yicha savol beradi, o ‘quvchi-talabalar unga
qisqacha javob qaytaradilar. Bu kabi so‘rash ko‘pchilik o ‘quvchi-talabani bir
vaqtning o ‘zida nazorat qilishni ta’minlaydi va butun guruhni faollashtiradi. Ammo
27
bu nazoratni o ‘quvchi-talabalarning bilim darajasini har
tomonlama aniqlash uchun
qo‘llab bo‘lmaydi;
2) nazoratning guruhli shakliga ko‘ra o ‘quvchi-talabalarning ma’lum bir qismi
nazorat qilinadi. 0 ‘qituvchi tomonidan о ‘quvchi-talabalar guruhiga vazifa beriladi va
uni guruh muayyan vaqt oralig‘ida bajaradi. Lekin masalani hal qilishda boshqa
o ‘quvchi-talabalar ham ishtirok etishlari mumkin;
3) nazoratning individual shaklidan har bir o ‘quvchi-talabaning bilim, ko‘nikma
va malakalari darajasini mukammal tashxislash uchun foydalaniladi. Nazoratning bu
turini amalga oshirishda o ‘quvchi-talabalar javobini tinglash
uchun sinf yozuv taxtasi
oldiga chaqinladi;
4) nazoratning uyg‘unlashtirilgan (kombinatsiyalangan) shakli individual
nazoratni ommaviy va guruhli shakllar bilan birlashtirishni taqozo etadi Bu
nazoratdan yirik hajmli mavzulami bir vaqtning o ‘zida barcha o ‘quvchi-talabalardan
so‘rash maqsadida foydalaniladi. Buning uchun har bir о ‘quvchi-talabaga alohida
topshiriq beriladi va bir vaqtda bir necha o ‘quvchi-talabani
tekshirish imkoniyati
yuzaga keladi;
5) o ‘z-o‘zini nazorat qilish shakli ta’lim jarayonida ichki aloqani yuzaga
keltirishga xizmat qiladi va psixologik mezonlarga asoslanadi. Uning samaradorligi
o ‘qituvchinmg kasbiy mahoratiga bog‘liq bo‘ladi.
0 ‘quvchi-talabalaming faoliyatini nazorat qilish metodlari quyidagilar:
Do'stlaringiz bilan baham: