‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi b. M. U m a r o V



Download 5,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/102
Sana14.09.2021
Hajmi5,98 Mb.
#174227
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   102
Bog'liq
psix

Bobning  qisqacha  m azm uni
Boshqaruv  psixologiyasi fa n i  haqida.  Boshqaruvda  inson  omili 
bosh  tayanch sifatida,  boshqaruv faoîiyati  va  uning psixologik jihaîlari, 
rahbar  va  xodim iar  o ‘rtasidagi  o'zaro  shaxslararo  munosabatlar 
psixologiyasi,  rahbaming  muhim  shaxsiy-kasbiy  sifatlari,  guruhiarda 
rahbarlik  va  liderlik.  Boshqaruv  uslublari  haqida  tushuncha
0*quv faoiiyatini tashkil etish va boshqarish.  0  ‘quvchilar guruhida
o  ‘zaro  munosabatlarni  boshqarish,  ta ’lim  jarayonini  boshqarishda 
guruhning  va  o ‘quvchilaming xususiyatlarini  hisobga  olish,  pedagogik 
jamoalar faoîiyati  samaradorligini  oshirish  yo ‘llari.
9.1.  Boshqaruv  psixologiyasi,  boshqaruvda  inson  omili  bosh
tayanch  sifatida
Oxirgi yiUarda inson omiliga e ’tiboming ortib borishi munosabati 
bilan  boshqarish  psixologiyasi  masalalariga  ham  qiziqish  kuchaydi. 
Shu  asosda  ijtimoiy  psixologiyaning  maxsus  bo‘limi  —  boshqarish 
psixologiyasi  paydo  b o ‘ldi.  Boshqarish  psixologiyasi  psixologiyaning 
shunday  tarm og‘iki,  u  boshqaruv  faoîiyati  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 
muammolami,  shaxs  va  shaxslar guruhi  tom onidan  boshqa  guruhlar 
faoiiyatini  samarali  tashkil  etish  va  birgalikdagi  faoiiyatini  amalga 
oshirishning psixologik mexanizmlarini o‘rganadi.
Boshqarish  m uam m olari  ham  bir  q ancha  fanlar  tom onidan 
o ‘rganiiadi, jum ladan,  falsafa,  tarix iqtisod,  xuquqshunoslik va psixo- 
logiya uning o‘ziga xos tomonlarini ochish bilan shug‘ullanadi.  Psixo- 
logiya boshqarishni ham  ob’ekti, ham subyektini o‘rganadi.  Psixologik 
tadqiqotlarda o‘rganiladigan olimlar jamoasi,  alohida shaxs,  ulaming 
psixologik holatlari,  ulardagi ayrim jarayonlar va vazifalari boshqaniv 
o b ’ekti deb aytiladi.  Boshqaruvning subyekti o‘rganilganda esa, odatda, 
boshqaruvchi  shaxs  yoki  odamlar guruhi  nazarda  tutiladi.
Psixologiya  ko‘proq  boshqaruvchi  shaxs  faoliyatining  psixologik 
asoslarini  o‘rganadi  va shu asosda bo‘ysunuvchilar ishlarinn  samarali 
tashkil  etish,  aniq  va  to ‘g‘ri  qarorlar  qabul  qilish  uchun  qanday 
psixologik holat vajarayonlam i o‘zida tarbiyalash lozimligi kabi qator


muammolami  echadi.  Masalan,  konkret  hayotiy  sharoitlarda  agar 
boshliq majlis olib borayotgan b o ‘lsa,  har bir so‘zga chiquvchilaming 
fikrlari,  m a’ruzalari  va  hokazolar  orqali  ulaming  psixologik  holatlari 
aniqlanadi,  yangi  ish  dasturlari  ishlab  chiqariladi,  qabul  qilingan 
qarorlarga ko‘ra, boshliqning va xodimlaming har biriga alohida ilmiy 
ko‘rsatmalar  va  maslahatlar  beriladi.
Boshqaruv psixologiyasi  boshliq faoliyatini  analiz qilganda  asosiy 
diqqatni  boshqarish  uning  ehtiyoji  yoki  qobiliyatlariga  mos yoki  mos 
emasligi,  qaysi  individual  xususiyatlariga  ko‘ra,  u  boshliq  darajasiga 
ko‘tarildi, ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun  u boshqaruvning 
qay  usullaridan  foydalanyapti,  xodimlarga psixologik  ta ’sir ko‘rsatish 
maqsadida u qanday ta’sir uslublarini qo‘llayapti kabi qator masalalarga 
qaratadi.  Boshliq  b olish   ishiga  turli  shaxslaming  munosabatlari  har 
xil,  chunki  kimdir  boshliqda  b o ‘lgan  im tiyozlarga  beriladi,  kim 
uchundir unga berilajak huquqlami afzal ko‘rish xos, kimgadir yuksak 
mas’uliyatlami  bo‘yinga  olish  m a’qul  keladi.  Shaxslaming  boshliq 
funksiyalari  haqidagi  tasavvurlari  qanchalik  xilm a-xil  boMmasin, 
boshliqdan  real  sharoitlarda  odamlar  guruhini  aniq  maqsad  asosida 
faoliyatga yo‘Uash, ularga bosh bo‘lish, turli tadbirlami amalga oshirish, 
obro‘ga  ega  bo‘lish,  har  bir  qilingan  ish  uchun  javobgarlikni  o ‘z 
bo‘yniga olish kabi ko‘plab sifatlaming mujassam bo‘lishi talab qilinadi.
Ayniqsa,  boshliq  uchun  turli  guruhlardagi,  ko‘p  holda bir boshliq 
uchun  bir  vaqtning  o‘zida  bir  qancha  guruhlardagi  shaxslararo  muno- 
sabatlaming xarakteriga javobgar bo'lish qiyinchiliklar tug‘diradi,  chunki 
o‘sha guruhlami tashkil etgan har bir shaxsning o'ziga xos individualligi, 
boshqaruvchi haqidagi ular tasawurining har xilligi va guruhlarda norasmiy 
liderlaming  borligi  boshliqdan  odamlar  bilan  ishlash  borasida  ham 
tajribaning, ham psixologik fahm-farosatning va sabr-qanoatning bo‘lishini 
talab  qiladi.  Shuning  uchun  ham  kundalik  hayotimizda,  ham  ilmiy 
adabiyotlarda  tez-tez  yonma-yon  ishlatiladigan  „lider“  va  „boshliq“ 
tushunchalarining pswologik mazmunlarini bilish maqsadga muvofiqdir.
Boshqarishning umumiy  nazariyasini  kibemetiJca fani o ‘rganadi. 
Kibemetika (grekcha so'zidan olingan bo‘lib, „kibem etike“ — korablni 
boshqarish  san’ati  demakdir).  Boshqarishning  obyekti  bu  alohida 
shaxslar yoki guruhlar bo‘lib,  ularga  maxsus tashkil  etilgan,  sistemali 
va  rejalashtirilgan  usullar  orqali  ta’sir etiladi.
Boshqarishda  gorizontal  va  vertikal  jihatlar  mavjud.  Masalan: 
gorizontal bu psixologik bilimlami asos qilib olsa,  vertikal esa yuridik 
huijatlarga  asoslangan  bo'ladi.  Boshqaruv  —  bevosita  ijtimoiy  psixo-


logiya  bilan  bog‘liq  bo‘lib,  eng  aw alo,  shaxsni  boshqarish  va  shaxs 
orqali  uning  faoliyatini  boshqarish  demakdir.  Boshqaruvning  asosini 
ijtim oiy,  h u quqiy,  psixologik  va  nazariy  bilimlar  tashkil  etadi. 
Boshqaruvning nazariyasi va uning tizimi kibemetika fani bilan uzviy 
bog‘liq.  Boshqaruv  nazariyasi o ‘ziga xos genezisga ega b o ‘lib,  aw alo, 
ijtimoiy hayotiy tajribalarga suyanadi. Boshqarish — o‘zi san’at, san’at 
esa — qobiliyatdir.  Demak, shaxs doimo boshqarishga muhtojdir.
Boshqaruvda  rahbaming  doim o  ob’ekti  mavjud  bo‘lib,  qonun, 
buyruq va ko‘rsatmalaiga asoslanib, o ‘z faoliyatini olib boradi.  Faoliyat 
esa ko‘p hollarda xabarlar yig‘indisidan iboratdir.  Boshqaruv nazariyasi 
qonun, bo'yruq va ko‘rsatmalarga asoslangan bo‘lsa, psixologik bilimlar 
esa  boshqaruvning  asosiy  quroli  va  usuli  hisoblanadi.  Boshqaruv 
faoliyatida rahbar o ‘zining ijtimoiy xatti-harakatini tartibga solib boradi. 
Boshqaruv  faoliyatini  o ‘ziga xosligi  shundan  iboratki,  agar boshqaruv 
faoliyati to ‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmas ekan, har qanday qaror,  ko‘rsatmalar 
yo‘lda  pala-partish bo‘lib  ketishi  barchaga ma’lum.
N azariya  qachon  ijtimoiy  hayotga  tadbiq  etiladi-ki,  u  qachonki 
hayotiy va aniq maqsadga qaratilgan bo‘lsa. Boshqaruvda nazariya empirik 
hodisalam i  tushuntirishga  tadbiq  qilish  mumkin  b o ig an   mavhum 
talqinlami yaratishni taqozo qiladi.  Boshqaruvga nazariy yondashuv — 
ulami em pirik jihatdan tekshirish mumkin bo‘lgan taqdirdagina o‘rin- 
lidir.  H ar  qanday  nazariya  boshqaruvda  nazariy  savollar,  dalillami 
anglab idrok qilishga yordam beradi. Aslida rahbarlar empirik masalalar, 
m uam m olar  bilan  shug‘ullanadilar,  lekin  o‘rgani!ayotgan  hodisa- 
laming,  m uam m olam ing  sababini  nazariy jihatdan  tahlil  qilishmasa, 
o'ylagan natijalariga erisha olmaydilar.
R ahbar g ‘oya  va  nazariy  fikrlarga  e ’tibor bermasliklari  mumkin, 
biroq  am aliyotda  yuzaga  keladigan  muammolaming  echimi  asosida 
nazariya  yotadi.  Nazariya grekcha  so‘zdan  olingan  bo‘lib,  teoriya  — 
tadqiqot  m a ’nosini  anglatadi,  boshqacharoq  aytganda,  fanni  u  yoki 
bu yo‘nalishi b o ‘yicha g‘oyalar tizimi degan mazmunda tushunishimiz 
mumkin.  N azariya  —  haqiqat  m e’zoni  va  rivojlanishning  asosidir. 
„Boshqaruv — bu doimo ikki jarayonni o‘z ichiga oladi, ya’ni nazariya 
va am aliyot“ .  Nazariya doimo amaliyot bilan ziddiyatda bo‘lib boradi, 
chunki  b a ’zida  nazariya  amaliyotdan  ilgarilab  ketadi,  b a’zi  hollarda 
esa uning aksi bo‘lishi mumkin. Nazariya ko‘pincha amaliyotda yuzaga 
kelgan yangiliklami takomillashtirishga bevosita yordam beradi.
Boshqaruv  nazariyasi  qachon  yuzaga  keldi  degan  savol  tug‘ilishi 
tabiiydir.  Am aliy faoliyatda shaxs o ‘zining mehnatini samarali tashkil 
etishni xohlaydi,  samarali tashkil etish esa,  albatta mantiqiy fikrlashga 
212


majbur  etadi.  Mantiqiy  fikrlash  boshqaruvning  eng  oliy  darajasi  va 
qurolidir  shu  sababdan  jamiyatni,  jam oani,  taraqqiyotning  b arch a 
bosqichida,  qobiliyatli,  bilimli  kishilar tom onidan boshqarish ehtiyoji 
mavjud  bo‘lgan.  Boshqaruv  nazariyasini  takom illashtirib  b o rish  
natijasida  barcha  sohani  boshqarish  usuli  va  mehnat  metodologiyasi 
yuzaga  keladi.  Boshqaruv  nazariyasida  boshqaruv  tizimi,  bosqichi, 
muddati  va javobgar shaxslar  ko‘rsatiladi.
Boshqaruvda nazariyaning samarasi ko‘p jihatdan ushbu jaray on - 
ning asoslanganligiga bog'liqdir.  Boshqaruv nazariyasi boshqaruvning 
asosi sifatida barcha rahbarlarga birdek taalluqli yoki har-bir rahbarga 
shablon shaklida ta’sir qilishi kerak bo‘ladi degan fikrdan biz uzoqdamiz. 
Boshqaruv psixologiyasining nazariyasi va metodologiyasida maqsadga 
erishish  uchun  o ‘zaro  uyg‘unlik  mavjuddir.  Psixologiyada  boshqarish 

Download 5,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish