Zbek shevalarining leksik-semantik xususiyatlari va nomlash jarayoni



Download 23,04 Kb.
bet1/2
Sana18.03.2022
Hajmi23,04 Kb.
#500033
  1   2
Bog'liq
2643-Текст статьи-6666-1-10-20211004


O'ZBEK SHEVALARINING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI
VA NOMLASH JARAYONI


Rahmatova Dilafruz – o’qituvchi
Samarqand davlat chet tillar instituti

Annotatsiya: Маzkur maqolada o’zbek shevalarining paydo bo’lish bosqichlari, shevashunos olimlar va ularning faoliyati, qilingan ishlar samarasi haqida so’z boradi. o’zbek shevalaridan qipchoq, o’guz va qarluq-chigil-uyg’ur lahjalarining shakllanishi, tarqalishi xususida ma’lumot beriladi.


Аннотация: В статье рассматриваются этапы возникновения узбекских диалектов, диалектологи и их деятельность, результаты их работы. Сведения об образовании и распространении кыпчакского, огузского и карлукско-чигил-уйгурского наречий из узбекских наречий.
Annotation: This article discusses the stages of the emergence of Uzbek dialects, dialectologists and their activities, the results of their work. Information on the formation and spread of Kipchak, Oguz and Qarluq-Chigil-Uyghur dialects from Uzbek dialects.
Kalit so’z: til, sheva, lahja, leksik-semantik xususiyatlari.
Ключевые слова: язык, диалект, диалект, лексико-семантические особенности.
Keywords: language, dialect, dialect, lexical-semantic features,

Ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar davomida yaratib kelingan g’oyat ulkan, bebaho madaniy va ma’naviy merosni tiklash va keng ravishda tadqiq qilish davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan muhim vazifalardandir. Ota-bobolarimiz yaratgan axloqiy qadriyatlar, madaniy va ma’naviy merosni asrab-avaylash, boy o’zbek tilini tahlil qilish biz-tilshunoslarning ham vazifamizdir. O’zbek tilining tahlili esa shevalar, lahjalarni o’rganish bilan chambarchas bog’liq.


Shevalar har bir milliy tilning asosini tashkil etadi hamda u milliy-ma’naviy qadriyatimiz hisoblanadi. Shuning uchun ham uni asrab-avaylash, qadrlash zarur. Har qanday mahalliy sheva tilning quyi shakli , u adabiy tilning boyishi uchun bitmas-tuganmas manbadir. Afsuski, bizning tilshunosligimizda adabiy til mahalliy til-lahjalarga, ayrim mahalliy lahjalar bir-birlariga qarshi qo’yilgan. Bu ham o’z navbatida, adabiy tilni har jihatdan kambag’allashtirdi, g’ariblashtirdi. O’zbek tilshunosligining oldida turgan eng dolzarb masalalardan biri respublika hududidagi barcha lahjalarni sinchiklab o’rganib chiqish va ulardagi ko’plab unutilgan so’zlarni to’plash, ularni adabiy til xazinasiga olib kirishdan iboratdir.
Milliy qadriyatlarimiz, madaniy meros deyilganda o’zbek badiiy adabiyoti asarlari ham tushuniladi. Shu boisdan milliy tariximiz, an’analarimiz, madaniyatimiz, ma’naviyatimiz o’z aksini topgan ko’pgina asarlarimiz mustaqilligimiz sharofati bilan o’zining haqqoniy talqiniga ega bo’lib, xalqimizning diqqat-e’tiboriga sazovor bo’lmoqda. Bu biz uchun mustaqillik bergan ne’matlardan biridir. Bu borada qilingan va qilinadigan ishlar o’tmish tariximizni chuqur bilishga, uni e’zozlashga, u bilan faxrlanishga, uning qadriga yetishga va uni ko’z qorachig’idek asrashga undaydi. Milliy tariximiz yozuvchilarimiz yaratgan asarlarida ham o’z ifodasini topgan va ular bilan chuqur tanishish, ushbu asarlarning boy lisoniy imkoniyatlarini tadqiq qilish nihoyatda muhimdir.
Ma’lumki, badiiy asarlarda, xususan, romanlarda turmush, umuman borliq, hayot keng qamrovda o’z badiiy, real ifodasini topadi. Shunga ko’ra badiiy asarlarning til xususiyatlarini o’rganish, asar yozilgan davr tilini baholash, qahramonlar saviyasi, tili ularning qanday maqomga ega ekanliklarini belgilash va nihoyat, yozuvchining badiiy mahoratini ochib berish jihatidan ham juda muhimdir. Shunga qaramasdan, o’zbek tilshunosligida badiiy asarlarda mavjud bo’lgan o’ziga xos alohida xususiyatlar, shevaga xos so’zlarning badiiy asarda qo’llanish jihatlari maxsus tadqiq etilgan asarlar deyarli yo’q.
Xalq tili ma’lum bir o’ziga xos belgi, xususiyatlari bilan umumiy birlikka ega bo’igan tildir. U til taraqqiyotining qadim davrlardan shakllanish jarayonida bo’lib, rivojlanib kelgan. Bu til shakli hozir ham mavjud. Jumladan, u jamiyat taraqqiyotining dastlabki davrlarida urug’, qabila va elat tillari sifatida shakllanib kelganligi ma’lum. Urug’, qabila va elatlarning birlashuvidan xalq yuzaga kelgach, ularning tillari ham xalq tiliga aylangan.
Demak, umumxalq tili xalq tilining shakllanish davri bilan yuzaga keladi.O’zbek xalqining etnik sifatida shakllanish jarayonini taniqli olim Karim Shoniyozov uch bosqichga bo’ladi. Birinchi bocqich – IX-X- asrlar ; ikkinchi bosqich – X asr o’rtalaridan to XII asr o’rtalarigacha; uchinchi bosqich – XI asr o’rtalaridan to XII asr o’rtalarigacha. Ana shu davrda etnosga xos barcha omillar me’yoriga yetib, o’zbek xalqi shakllangan, deb ta’kidlaydi olim.
Urug’, qabila, elat tili xalq tilining ilk bosqichi hisoblanadi. Shunung uchun hozirgi ilmiy manbalarda bu til ko’rinishlari umumxalq tilining quyi shakli sifatida qaralib, lahja, dialekt, shevalar deb ataladi. Bu tushunchalar umumxalq tilining keyingi ko’rinishlarini xalq og’zaki ijodi va jonli so’zlashuv tilining yozma shaklini, ayniqsa, o’zbek adabiy tili kabi yuqori ko’rinishlarining yuzaga kelishida ham asosiy manba bo’ladi.
Qayd etilgan sheva, lahja, dialekt so’larining ma’nosi nima? Ilmiy ishlarni o’rganish davomida munozarali fikrlarga duch keldik. Masalan lahja atamasining mazmuni to’liq ochib berilmagan yoki uni sheva so’ziga , sheva esa dialekt so’ziga tenglashtiriladi.
Umuman olganda, dialektni fan sifatida o’rganish qadimgi greklarga borib taqaladi. Dialektologiya grekcha «dialektos» so’zidan olingan bo’lib, biror tilning sheva va lahjalarini o’rganadi. « Dialekt» – sheva, «logos» – ta’limot, ya’ni sheva haqidagi ta’limot demakdir.
O’zbek dialektologiyasini o’rgangan olimlar, bu fan uchun sheva va lahja atamalarini qo’llash yetarli , deb hisoblaydilar. Shunday bo’lsada, o’zbek xalq jonli tilini o’rgangan ba’zi olimlar dialekt atamasini ham qo’llaydilar. Farg’ona dialekti, Buxoro dialekti, Samarqand dialekti va hokazo.
«Lahja» so’zi arab tilidan olingan b’lib, ravish, tarz, yo’sin kabi ma’nolarni bildiradi. Lingvistikada esa tilning bir nechta sheva va dialektlari jihatdan o’xshash katta bo’lagi, ya’ni shevalar yig’indisidir. Eski tirkiy tillarga oid adabiyotlarda lahja atamasi hozirgi mustaqil til ma’nosida ham ishlatilgan.
Sheva» bir tilga mansub bo’lib, turli hududlarda yashaydigan odamlar tomonidan ishlatiladigan milliy til ko’rinishidir. Masalan Toshloq shevasi, Qarnoq shevasi, Toshkent shevasi kabi.
O’zbek tili tarixiy taraqqiyotida uchta lahjaning birligidan tarkib topgan. Ular quyidagilar:
Qarluq-chigil-uyg’ur lahjasi. Bu lahja vakillari tarixan qarluq urug’larining rivojlanishi asosida shakllangan va ular qadimiy turkiy qabila birlashmasiga mansub bo’lib , uzoq o’tmishda Oltoyning g’arbiy tumanlarida yashaganlar. Turk hoqonligining tashkil topishi bilan G’arbiy Oltoydan chiqib, Irtish daryosi sohillarini, Mo’g’ul tog’ining janubiy yon tog’bagridan to Il daryosining shimoligacha bo’lgan hududni egallaydi.VIII-X asrlarda Il daryosidan Sirdaryogacha, hozirgi Chimkent shahridan Sharqiy Turkistongacha bo’lgan o’lkada yashagan barcha turkiy qabilalar qarluqlar hukmronligi ostida bo’lgan.Qarluqlarning tili shu o’lkadagi barcha qabilalar uchun umuiy til bo’lib qolgan.Yettisuv, Farg’ona vodiysi, Sharqiy Turkistonning Totim daryosigacha bo’lgan hududda qarluqlar bilan birga chigil, xalaj, yag’mo qabilalari ham yashaganlar. Uyg’urlar ham qarluqlar tarkibida bo’lgan. Bu lahja asosan shahar va shahar ko’rinishidagi shevalarni va dialektlarni qamrab oladi. Fanda bu jahja qisqacha qarluq lahjasi deb ham yuritiladi. Bu lahjaga kirgan shevalarning aksariyati turkiy tillarga xos bo’lgan singormonizmni ( «singarmonizm» – lotincha unlilarning uyg‘unlashuvi demakdir) yo’qotgan. Shimoliy o’zbek shevalari bundan mustasno.
Qipchoq lahjasi vakillari qabila sifatida uzoq o’tmishda Oltoy atrofida yashaganlar.VII-VIII- sarlarda Turk hoqonligi tarkibida bo’lgan.IX-XI-asrlarda esa Volga bo’ylariga siljib borgan. Qipchoqlarnind avlodi hozirgi Mongoliya , Oltoy, O’rta Osiyo, Volgabo’yi respublikalari , O’zbekistonning Toshkent viloyati, Sirdaryo, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yashaydilar.
O’g’uz lahjasi vakillari esa qadimda Il daryolari bo’ylarida shakllanib, IX-X-asrlarda Sirdaryoning o’rta va Quyi oqimi va Orolbo’yi hududlarida istiqomat qilganlar. Hozirda O’g’uz iahjasida so’zlaydigan kishilar Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm viloyati, Forish, Qorako’l tumanlarida, Turkmanistonning Toshhovuz, Qozog’istonning Iqon, Qorabuloq, Qoramurt, Mankent qishloqlarida istiqomat qiladilar.
O’zbek shevalarini tasnif qilishda professor G’ozi Olim , professor Aleksadr Konstantinovich Borovkov , Konstantin Kuzmich Yudaxin ishlari tahsinga sazovor.
O’zbek shevalari asosan 20-30 yillardan boshlab ilmiy asosda o’rganila boshlandi va uning dastlabki tasniflari paydo bo’la boshlagan. Inqilobgacha bo’lgan davrda V.Nalivkin. M.Nalivkina. A.Starchevskiy. A.Vishnegorskiy. Z.Alekseyev. N.Ostroumov. T.G’iyosbekovlar o’zbek tili lug’ati, qisman fonetik va morfologik xususiyatlarini yoritganlar. O’zbek olimlaridan akademik Shonazar Shoabdurahmonov, professor va fan doktorlari Mahmud Mirzayev, F.Abdullayev, S.Ibrohimov, H.G’ulomov, A.Aliyev, A.Shermatov, O.Madrahimov, T.Yo’ldoshev, N.Rajabov, X.Doniyorov, K.Muhammadjonov, T.Nafasov, A.Jo’rayev va boshqalarning ilmiy ishlarini sanab o’tish joiz.
Shevalarga xos bo‘lgan xususiyatlarning tarqalish chegaralarini xaritada ko‘rsatish ham muhim ayamiyatga ega. XX asrning 60-yillariga qadar o‘zbek tilshunosligida shevalar monografik usulda o‘rganilib kelingan, bu jarayon hozirga qadar davom etib kelmoqda. 60-yillardan so‘ng o‘zbek shevalarini o‘rganish ikki xil yo‘nalishda: 1) monografik usul; 2) lingvografik asosida o‘rganila boshlandi. Monografik usul bilan o‘rganishda shevalar tavsifiy usulda yozib olinib, boshqa o‘zbek shevalari va adabiy tilda qabul qilingan so‘zlar tovush va qo‘shimchalar bilan qiyoslangan. Bu usulda og‘zaki nutqni transkripsiyaga yozib olish, yozib olingan matnlarni izohlash , dialektal xususiyatlarni o‘rganish, dialektal lug‘atlar tuzish monografiyalar yaratish va shu kabilardan iborat.
Ko‘pgina tarixiy manbalarda, Turon zaminining kechmishini tasvirlovchi qadimiy qo‘lyozmalarda Dashti Q ipchoq fuqarolari o‘zbeklar deb atalganligi bugungi tarixchilarimiz tomonidan ham ta'kidlanmoqda. Ayni paytda, bir qator olimlar tasavvufning turondagi asoschilaridan bo‘lmish Xo‘ja Ahmad Yassaviy asarlarini va badiiy so‘z jozibasining go‘zal namunasi bo‘lmish «Muhabbatnoma» dostonini qipchoq lahjasiga nisbat berib izohlaydilarki, bunday ma'lumotlar, bir jihatdan, qipchoq lahjasining juda qadimiy va keng hududga tarqalganligini ko‘rsatsa, ikkinchidan, uning o‘zbek umumxalq tilini shakllantirishdagi haqiqiy o‘rnini belgilashga ham yordam beradi. XIII-XIV asarlarda o‘zbek tili taraqqiyotiga qipchoq lahjasining katta ta' siri borligi maxsus lug‘atlarda ham o‘z aksini topgan. Ma'nosi o‘sha qadimiy lug‘atlarda ham izohlangan egri, shak-chakak, tamaqsov - ochko‘z, sasrov - kar (attuhfa — tuz) singari juda ko‘plab so’zl arning hozirgacha qipchoq lahjasida keng qo‘llanilishi ham bu lahjaning juda qadimiy, yashovchan va ifoda imkoniyati keng ekanligini ko‘rsatadi. Mavlono Lutfiy, hazrat Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va ular zamondoshi Muhammad Solih singari daho adiblar asarlari tilida qipchoq tili unsurlarining bot-bot uchrab turishini ham qo‘shadigan bo‘lsak, umuman bu guruh lahjalarining eski o‘zbek adabiy tili taraqqiyotida benihoya katta o‘rin tutganligining guvohi bo‘lamiz. Aslida, amaldagi o‘zbek adabiy tilining shakllanishi va rivojlanishida ham qipchoq lahjasining ta'siri biz tasavvur qilganimizdan bir necha bor kuchliroqdir. Zero, har qanday mahalliy lahja tilning quyi shakli bo‘lib, u adabiy tilning boyishi uchun asos, tuganmas manbadir.
XX asrning 20-90-yillarida o‘zbek tili, asosan, tashqi omillarga tayanib rivojlandi. Tilimizga rus tili va u orqali Yevropa tillaridan juda ko‘plab so‘zlar kirib keldi. Shevadagi minglab ifodalar , o‘zimizning asrlar mobaynida yaratgan milliy boyligimizni chetga surib qo‘yildi. Mana shu nosog‘lom vaziyatni bartaraf qilish kerak bo‘lgan fursat yetib keldi. Respuplika hududidagi barcha lahjalarni, jumladan qipchoq lahjasini g‘oyat sinchiklab o‘rganib chiqish va ulardagi ko‘plab so‘zlarni, ideomatik iboralarni adabiy til xazinasiga qo‘shish tilshunoslarimiz oldida turgan eng zarur vazifalardan biridir. Chunki qipchoq lahjalari xususiyatlari ta'kidlanganidek, avvalo eski o‘zbek tilida, o‘sha davrda yaratilgan manbalarda berilgan. Ikkinchidan, boshqa lahjalar kabi qipchoq lahjasi hozirgi o‘zbek adabiy tilini boyitib turibdi.
Avloddan-avlodga o‘tib kelgan juda boy xalq og‘zaki ijodi, xususan, qahramonlik eposi o‘zbek xalqining milliy g‘ururi hisoblanadi. Shu sababli aksariyat qismi qipchoqlardan bo‘lgan o'zbek xalq baxshilarining hayoti va ijodini o‘rganish o‘z navbatida qipchoq shevalarining xarakterli til xususiyatlarini har taraflama tadqiq qilishni taqozo etadi
X1X-asr oxiri XX-asr boshlarida Turkistonda Jadidchilik harakati sarvari, Samarqandda birinchi maktab va teatr asoschisi Mahmudxo’ja Behbudiy yozadi: «Turkchaning shuba va shoxalari bo’lgan o’zbek-chig’atoy, totor, ozarbayjon, qozoq va turkman lahjalaridagi yangi matbuotning eng ahamiyatli masalalaridan biri, albatta, sheva, lahja, imlo masalasidur. Yuqoridagi lahjalarg’a so’ylaydurg’on turk bolalari bir-ikki ming sanadan beri Eron xalqining alarg’a va yo alarni eroniylarg’a istilo etganlari sababidan fors madaniyati va adabiyoti va lug’atlari nufuzig’a mahkum bo’lib, fors tilidan bir xeyli lug’at va jumlalarni xohu noxoh adabiy va doimiy suratda olganlarki, u jumla va lug’atlardan bir qismini turkey lahjalardan chiqarib tashlamoq go’yo mumkin emasdir».
Haqiqatdan ham o’zbek tili asrlar osha goh istilochilar, goh fotihlar, goh ilm peshvolari sa’y-harakatlari tufayli yangi so’zlar, shunga munosib sheva, lahjaga oid so’zlar ham kirib qolganki, ularning leksik ma’nolarini o’rganish, tartibga solish muhim vazifalardan biridir.
Mahmudxo’ja Behbudiy turkiy tillar shevalari va lahjalari xususida so’z yuritar ekan, o’ziga xos tartib beradi. Masalan, Turkistonning har bir shahar, hatto qishloqlarining ham sheva, lahjalari borligini sanab o’tadi. XIX- asr oxiri XX asr boshlarida adabiy tilga xos bo’lgan anda, munda, shunda so’zlari turli joylarda har xil: o’tda, bo’tda, shetta, o’rda shaklida talaffuz qilinishini yozadi.
Buxoro va Samarqand hududida amal qilinadigan turkiy so’zlarga forsiy va arabiy so’zlar ko’p kiritilgan. Turkistonning Mavorounnahr, Hazar qismlarida turkman shevasi hukmfarmo. Eron va Afg’oniston va Buxoro chegaradoshligidan fors tilining nufuzi ko’proq. Xiva hududida usmonli turk tili shevalariga e’tibor beriladi. Faqat arabiy va forsiy qo’shimchalardan oz foydalanilgan .
Turkiston ahli turkiy tilning turli sheva va lahjalarida so’zlashsa ham bir-birovlarini tushunishadi. Ularni tahlil qilib, yagona o’zbek adabiy tilini shakllantirishni asosiy maqsad qilgandilar jadidlar.
«Adabiy va ilmiy til nimaga kerak? Mavjud ilmu-fan va tarixni bilmoq va alardan foydalanmoq uchun. Ilmu fan bo’lsa, bizni tilg’a tobe’ bo’lmay, balki bizni o’ziga jabran tobe’ etar»,- deb yozadi Mahmudxo’ja Behbudiy.
Qadim zamonlardan o’zbek qozoq, turkman, qoraqalpoq xalqlari bir daryodan suv ichib, bir havodan hafas olib, qariiyb bir xil tarix zinalarini bosib o’tishdi. Turmushning shodu-xurramligi, g’amu-g’ussasini teng tortib bir makon va bir zamon haqida qo’shiqlar, maqomlar, o’lanlar aytib, bir dasturxon atrofida to’ylar qilishdi. Shuning uchun ham bu xalqlarning nafaqat madaniy hayoti, urf-odati, dini, turmush tarzi mushtarak, balki tili ham bir o’zakka asoslanib, faqat sheva va lahjalargina ularni ajratib beradi. Masalan o’zbeklarning qo’ng’irot, qipchoq, mang’it, xitoy, qangli, xonjag’ali, nukis, no’g’ay, chandir kabi urug’ nomlari saqlangan. Albatta, ular zamon va makon talablariga ko’ra tillari o’zgargan yoki umuman iste’moldan chiqqan.
Masalan Samarqandning «Qavchinon» mahallasi nomi Qavmi Chin, ya’ni chin mamlakatidan kelgan qavm yashaydigan makon nomini bildiradi. Yoki Yomini, Zomini, Forishi, Andijoni mahallari nomi bir vaqtlar shu yerlik aholi boshqa joylardan ko’shib kelganligini ko’rsarib turibdi. Vaqt o’tgani bilan esa ular turkiy o’zbek tilidan uzoqlashib, tojik tilida so’zlaydigan bo’lishgan. Ushbu mahallalar bir-biriga yaqin joylashgan bo’lsa ham, xalq turli shevada muloqot qiladi. Milliy kashtalar Qavchinonda «so’zani» ( so’zan- fors-tojik tilidan tahjima qilinganda igna ma’nosini beradi) , Yomino va Zomini mahallasida «Chok» ( tikmoq – ma’nosida) , Kattaqo’rg’on hududlarida «Kashta» ( fors-tojik tilidan olinganda chizmoq ma’nosida) deb yuritiladi.
Hozirgi kunda sheva xususiyatlari adabiy til ta’sirida juda tez birlashib, shayqallanib borayotganiga qaramay, bu xususiyatlar faqat qishloqlarda emas, balki shaharlarda ham ma’lum darajada saqlanib turibdi. Masalan bizning Samarqandda hatto o’qituvchilar ham qaratqich kelishigi (-ning ) o’rniga tushum kelishigi (-ni) ni ishlatishadi. Kitobni muqovasi, sevni beti, olmani po’chog’i kabi. Undan tashqari jo’nalish kelishigi qo’shimchasini (-da) o’rin-payt kelishigi qo’shimchasi o’rnida ishlatish hollari ko’p uchraydi.
Yo‘lda yurgan odamning ko‘p narsani kuzatishi rost gap. Transportda har kuni ishga qatnayman. Hamma o‘z yumushi bilan. Birov chiqadi, yana birov tushadi. Shunda aksariyat yo‘lovchilarning “Falonchi shega to‘xtating”, “Bag‘dan ketmaysizmi?” degan gaplarini ko‘p marta eshitaman. To‘g‘ri, bizning shevaga xos so‘zlardan foydalanishimiz nutqimizga xos xususiyat. Lekin, shevada so‘zlar ekanman deb o‘zbek adabiy tilining mazmundorligini buzishimiz madaniyatdan emas nazarimda. Shega, bega emas shu yerda, bu yerda yoki bag‘dan, shag‘dan emas bu tarafdan, shu tarafdan kabi so‘zlardan so‘zlashuvda foydalanishimiz ayni muddao. Ming afsuski, yuqoridagi kabi so‘zlarni davom ettirishimiz mumkin: aqa-baqa, ashi, oka. Chunki bu kabi talaffuzda tumtoqqa aylangan so‘zlar amalda ma'noviy jihatdan o‘z kuchini yo‘qotib bormoqda (katta ehtimol bilan butkul yo‘qotib ham bo‘lgan deyish mumkin).
Insonning madaniy saviyasi uning nafaqat o‘zini tutishi, yurish-turishi bilan, balki samimiy shirin kalomi va chiroyli so‘zlay olishi bilan baholanadi. Shuning uchun ham to‘liq, dona-dona va ravon so‘zlaydigan kishilarga hamma havas ko‘zi bilan qaraydi. Binobarin, bunday xususiyatga ega insonda shak-shubhasiz tilga hurmat va e'tibor shakllangan. O‘zini, o‘zligini hurmat qilgan inson esa bu masalada ancha ehtiyotkordir. Biz turkiy til nazmida baralla qalam tebratgan, uning mazmunan bor latofatini dunyoga ovoza qilgan ajdodlar avlodimiz. Shunday ekan, millat ko‘zgusiga aylangan ona tilimizni asrab-avaylaylik!



Download 23,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish