4.12-rasm. UE ulangan ВТ ning Erli effekti e’tiborga olingan holda
chizilgan statik chiqish xarakteristikalari.
UK sxema. UK ulangan sxemada chiqish toki bo‘lib emitter toki
IE, kirish toki bo‘lib baza toki IB, chiqish kuchlanishi bo‘lib esa UEK xizmat qiladi. Shuning uchun UK ulangan sxemaning chiqish
xarakteristikalar oilasi UBK kuchlanishning belgilangan qiymatlarida
IE=f ( U EK) bog'lanishdan iborat (4.13-rasm). Chiqish xarakteristikasi
UBK kuchlanish qiymatiga siljigan diod VAX iga o‘xshaydi. UK ulangan
tranzistorning o'ziga xos xususiyati uning dinamik qarshiligining
kichikligidir.
UK ulangan sxema kuchlanish stabilizatorlari va quvvat
kuchaytirgichlarda keng qo‘llaniladi.
IF.mA I M i = 0 - 7 ' l n - 1 0 1 - fk =-" r
/ / /
/
J in if :oci*r 4.13-rasm.UK sxemada ulangan ВТ chiqish xarakteristikalari.www.ziyouz.com
kutubxonasi
4.8. Bipolyar tranzistor xarakteristika va parametrlarining temperaturaga bog‘liqligi ВТ p-n o‘tishlari toklari va bazasida noasosiy zaryad tashuvchi
larning harakatlanish jarayoni temperaturaga bog'liq. Bu bog‘liqlik
tranzistor param etr va xarakteristikalarini tem peraturaga mos
o‘zgarishiga olib keladi.
UB ulangan BTning kirish xarakteristikalariga temperatura ta’sirini
ko‘rib chiqamiz.
Aktiv rejimda EO‘ tokini quyidagicha ifodalash mumkin:
р ( ^ ы ] .
k T Temperatura ortishi bilan to‘yinish toki /fleksponenta kamayishiga
nisbatan tezroq kattalashadi. Ikkita omilning qarama-qarshi ta ’siri
natijasida UB ulangan sxemaning kirish xarakteristikalari tanlangan
emitter toki lE daA£fc-(l-H2) mV/°C qiymatga chapga siljiydi (4.14,
a -rasm).
UE ulangan BTning turli temperaturalardagi kirish xarakteristikalari
4.14, b-rasmda keltirilgan. (4.12) tenglamadan ko‘rinib turibdiki, UBE=0 bo'lganda baza toki qiymati amalda teskari siljitilgan KO‘ toki IK0ga
teng b o ‘ladi. Bu tok tem peraturaga bog‘liq b o ‘lgani sababli,
temperatura ortishi bilan xarakteristikaning boshlanish qismi pastga
tushadi.
4.14-rasm. UB (a) va UE (b) ulangan BTning
kirish xarakteristikalariga temperaturaning ta’siri.www.ziyouz.com
kutubxonasi
UBE>0 qiymatlarda temperatura ortishi bilan bazaning to‘g‘ri va
teskari toklari ortadi. Bu tranzistor toklarining tem peraturaga
eksponensial bog‘liqligi bilan asoslanadi. Tranzistorning turli
temperaturalarda olingan xarakteristikalari o‘zaro kesishishini qayd
qilish zarur, bu (4.17) ifodadagi tashkil etuvchilaming temperaturaga
turlicha bog‘liqligi bilan tushuntiriladi.
T em peraturaning UB va UE ulangan tran z isto r chiqish
xarakteristikalariga ta’sirini ko‘rib chiqamiz. Ulanish sxemalariga mos
ravishda chiqish toklari (4.18) va (4.19) tenglamalar bilan ifodalanadi: