‘zbek ist n respublikasi



Download 26,01 Mb.
bet82/134
Sana18.01.2022
Hajmi26,01 Mb.
#384136
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   134
Bog'liq
Pul, kredit va banklar (1)

. Qimmatli qog‘ozlarning hosilalari va ularning turlari

0 ‘zbekiston Respublikasining «Qimmatli qog‘ozlar bozori to ‘grisi- da»gi qonunning 3 -moddasiga asosan « Q im m atli qog‘ozlarning hosilalari — daromadi (zarari) bir yoki bir necha bozor ko‘rsatkichlari (indekslari) m azm uniga bog‘liq bo'lgan qim m atli qog‘ozlardir» Amaldagi qimmatli qog‘ozlar t o ‘g ‘risidagi qonunchilikka asosan



qimmatli qog'ozlar hosilalarining quyidagi turlari muomalada bo'lishi mumkin:

  1. Opsion.

  2. Fyuchers.

  3. Varrant.

0 ‘zbekiston Respublikasida muomalaga qimmatli qog‘ozlarning hosilalarini chiqarishning o ‘ziga xos xususiyatlari mavjud, ya’ni mamlakatimiz hududida qimmatli qog‘ozlarning hosilalarini chiqarish tartib-qoidasiga ko‘ra qimmatli qog‘ozlarning hosilalari faqatgina aksiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qog'ozlari (asosan aksiyalar) asosida muomalaga chiqarilishi mumkin. Qimmatli qog'ozlarning hosilalari emissiyasi amaldagi qonunchilikka asosan tegishli davlat organida davlat ro'yxatidan o ‘tishi lozim.

Qimmatli qog‘ozlarning hosilalari emitenti bo'lib, ushbu qimmatli qog‘ozni o ‘z nom idan va bu b o ‘yicha kelib chiqadigan barcha majburiyatlarni o'z zimmasiga oluvchi yuridik shaxs hisoblanadi. Qim­ matli qog‘ozlarning hosilalarini muomalaga chiqarish to ‘g‘risidagi qarorni eniitent (diler)ning bu sohaga vakolati mavjud organi tomoni- dan qabul qilinadi.

Ushbu organ qabul qilinadigan qimmatli qog'ozlarning hosilalari emissiyasi prospektini tasdiqlaydi. 0 ‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga asosan agarda qimmatli qog‘ozlarning hosilalarini bazis aktivi 1 min. so‘m va undan sal ko'proq bo‘lsa, u holda qimmatli qog‘ozlarning hosilalarining shartnomasi fond birjasi- ning joylardagi filiallarida ro ‘yxatdan o ‘tadi. Agarda qimm atli qog'ozlarning hosilalarini bazis aktivi 1 mln. so‘mdan ko‘proq bo‘lsa, u holda bu shartnoma 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat Mulki Q o‘mi- tasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi tomonidan o ‘rnatilgan tartibda ro'yxatdan o ‘tkaziladi.

Qimmatli qog‘ozlarning hosilalari muomalaga naqd va naqd

bo ‘lmagan ko'rinishda chiqarilishi mumkin. Naqd bo'lmagan ko‘ri- nishda chiqarilishda global sertifikat, ya’ni qimmatli qog‘ozlarning hosilalari shartnomasiga asosan bazis aktivini sotib olish yoki sotishni tasdiqlovchi, qog'oz chiqariladi va bu sertifikat depozitariyda o‘rnatil- gan tartib-qoida asosida saqlanadi.

Qimmatli qog'ozlar to ‘grisidagi 0 ‘zbekiston Respublikasining amal­ dagi qonunchiligiga asosan qimmatli qog'ozlarning hosilalari klass va seriyalar bo'yicha tasdiqlanishi mumkin.

  1. Klass bo'yicha — bu holatda qimmatli qog‘ozlarning hosilalari shartnomasining bazis aktivida bir turdagi qimmatli qog‘oz (ko'p holatda aksiya) tashkil etadi.

  2. Seriya — bu holatda bir klassdagi va bir xil narxdagi hamda bir xil muddatda to'lov muddati kelgan bazis aktiv tashkil etadi.

Qimmatli qog'ozlarning hosilalari shartnomasida qimmatli qog'oz- larning oldi-sotdi muddatini uzaytirish, sotuvchining mulki bo‘lmagan qimmatli qog'ozlarni sotish hamda muddati o‘tgan qimmatli qog'oz- larning hosilalari sotuvga qo'yish amalga oshirilmaydi.

Opsion (nemischa «optiom so'zidan olingan) — shartnoma bo‘lib,

uning egasiga qimmatli qog'ozlarni yoki tovarlarni bitimda qayd etilgan narxda belgilangan muddatda xarid qilish huquqini beradi.

Opsionning xususiyati shundaki, uning egasi qimmatli qog'ozning o'zini emas balki uni sotib olish yoki sotish huquqini opsion mukofoti evaziga sotib oladi. Shuni ta ’kidlash lozimki, opsion egasi vaziyatga qarab opsion yuzasidan sotib olish yoki sotish huquqidan foydalanish yoki undan voz kechishi mumkin.

Opsion shartnomasida ikki tom on ishtirok etadi — birinchi tomon opsionni sotib oluvchi (saqlovchi), ya’ni m a’lum miqdordagi qimmatli qog'ozlarni sotib olish yoki sotish huquqini xarid etuvchi va ikkinchi tom on — opsionni sotuvchi, ya’ni shartnomada ko'rsatilgan m a’lum miqdordagi qimmatli qog'ozlarni sotib olish yoki sotish majburiyatini oluvchi shaxs ishtirok etadi.

Xalqaro amaliyotda barcha opsionlar ikki turga bo'linadi:

  • sotib olish uchun opsion (xaridor opsioni) «koll» opsion (call);

  • sotish uchun opsion (sotuvchi opsioni) «put» opsion (put).

Sotib olish uchun opsion uni egasiga kelajakda kelishilgan shart va mukofot evaziga bazis aktivini sotib olish huquqini beradi.

Sotish uchun opsion esa uning egasiga kelajakda kelishilgan shart va mukofot evaziga bazis aktivini sotish huquqini beradi.



Opsionlarni amalga oshirish muddati bo'yicha ikki turga b o ' ­ linadi:

  1. «Yevropa opsioni» — ushbu shartnomada kelishilgan opsion shartlari faqatgina unda ko'rsatilgan muddatda amalga oshiriladi.

  2. «Amerika opsioni» — ushbu shartnomada kelishilgan shar larni opsion egasi xohlagan muddatda amalga oshirishi mumkin.

Opsion bo'yicha mukofot — bu opsionni xarid yetib olayofgan shaxs tomonidan uni sotayotgan shaxsga opsion sertifikatini imzolagani uchun beriladigan bahodir.

Opsionning ichki qiymati — bu opsion egasiga opsion shartnomasi amalga oshganda oladigan daromadidir. Uning miqdori esa bazis aktivining joriy bahosi va opsion amalga oshgandagi ijro bahosi o'rtasidagi farqdan iborat.

Opsionning tashqi qiymati — opsionning ichki qiymati va mukofot o'rtasidagi farqdan iborat bo'lib, uning miqdori shartnom aning muddatliligi, kursning barqarorligi va foiz stavkalarining dinamikasiga to'g'ridan- to'g'ri bog'liq.

Opsion bo‘yicha bazis aktivi quyidagi ma’lumotlarni o'zida aks ettirishi lozim:

  • qimmatli qog‘ozning turi (tip, kategoriya);

  • qimmatli qog'ozlaming nominali (qiymati);

  • har bir dona qimmatli qog‘oz uchun baho;

  • qimmatli qog'ozlaming soni;

  • qimmatli qog'ozlaming emitenti;

  • umumiy qiymati;

  • qimmatli qog'ozlaming turiga qarab boshqa qo'shimcha ma’lu- motlar talab etiladi.

Shuni ta ’kidlash lozimki, opsion shartnomalari asosida qimmatli qog'ozlaming kursini ko'tarilishi yoki uning aksi, pasayishi hisobiga daromad olishligi uchun opsion bo'yicha «chayqovchilik» manfaati yotadi.

Endi «sotib olish»ning amalga oshirish mexanizmi ko'rib chiqiladi. Ushbu shartnomaga asosan opsion egasi uning sotuvchisidan ma’lum miqdordagi qimmatli qog'ozlarni m a’lum muddatdan keyin kelishilgan bahoda sotib olish huquqini sotib oladi. Opsionning sotuvchisi esa shartnomada ko'rsatilgan qimmatli qog'ozlarni mukofot evaziga opsion egasi ko'rsatmasiga asosan kelishilgan bahoda sotish majburiyatini oladi.

Masalan, «RIAAAL XJ» aksiyalarining opsion operatsiyasidagi joriy kursi 1000 so'm. Opsion egasi bunday aksiyalarining 1 lotini (100 dona aksiya) sotib oldi deylik. Opsion shartnomasiga asosan uning egasi m a’lum muddatdan keyin ushbu lotni, ya’ni har bir aksiyani 1100 so'mdan sotib oladi. Shartnomaga asosan uning egasi sotuvchiga har bir aksiya uchun 20 so'mdan mukofot to'laydi. Opsion kontra- gentlari «RIAAAL XJ» ning aksiyalarining kursiga mutlaqo teskari manfaatda bo'ladi. Opsion egasi aksiya kursi ko'tarilishi tarafdori, uning hisobi bo'yicha «RIAAAL XJ» aksiyasining kursi kelajakda 1200 so'mni tashkil etsa, u o'z huquqini amalga oshiradi va har bir aksiyadan

80 so‘m (1200 — 1!00 — 20) daromad oladi. Opsion egasining lot bo‘yicha daromadi 8000 so‘mni tashkil etadi. Agar opsion egasi yanglishgan boMsa, ya’ni «RIAAAL XJ» aksiyalari kursi faqatgina 1100 so‘mgacha ko'tarilgan b o ‘lsa hamda opsion amalga oshirilgan taqdirda uning egasi har bir aksiyadan 20 so‘mdan va jami lotdan 2000 so‘m zarar ko‘radi.

Shuning uchun bunday holatlarda opsion egasi o ‘z huquqidan foydalanmaydi va opsion shartnom asini bekor qiladi. Ikkinchi tom ondan opsionni sotuvchi «RIAAAL XJ» aksiyalari kursining o ‘zgarmay qolishi yoki ko‘tarilganda ham pastroq ko'tarilishidan manfaatdor. Agar opsion muddati kelganda «RIAAAL XJ» aksiya- larining kursi 1100 so'mni tashkil etsa, yuqorida ta’kidlangandek opsion egasi o ‘z huquqidan foydalanmaydi, natijada opsionni sotuvchi har bir aksiya uchun 20 so‘m mukofot va jami 2000 so‘m daromad oladi, undan tashqari bazis aktividagi qimmatli qog‘ozlar uning o‘zida qoladi.

Biz endi «sotish uchun» (put)ni amalga oshirish mexanizmini ko‘rib chiqamiz. T a’kidlash lozimki, ushbu opsionning amalga oshirilish mexanizmi «sotib olish uchun opsion» mexanizmining teskarisidir.

«Sotish uchun» opsion egasi bazis aktiv aksiyalarini kursining pasayishi manfaatida, opsionni sotuvchi esa ushbu kursning ko'tarilishi man- faatida bo‘ladi. Opsion sotuvchisi opsion shartnomasini imzolaganda uning egasidan «RIAAAL XJ aksiyalarining joriy narxi 1000 so‘m, opsion sharti bo‘yicha kelajakda «RIAAAL XJ» har bir aksiyasining donasini 1000 so‘mdan sotib olish majburiyatini oladi. Natijada har bir aksiya uchun (1 lot 100 dona aksiya) 20 so'm dan, ya’ni jami 2000 so‘m mukofot puli oladi. Bu yerda opsion sotuvchisi kursning saqlanib qolishi yoki o'sishidan manfaatdor, chunki bu holatda opsion egasi shartnomadagi huquqidan voz kechadi. Bu holatda opsion sotuvchisi hech qanday xarajatsiz 2000 so‘m mukofot puli oladi.

Agarda «RIAAAL XJ» aksiyasining bozor kursi kelajakda tushib ketsa, u holda opsion egasi o ‘z huquqidan foydalanadi. Masalan,



«RIAAAL XJ» akiyalarining bozor kursi pasayib 900 so‘mni tashkil etdi. Bunda opsion egasi o ‘z huquqidan foydalanadi va «RIAAAL XJ» aksiyalarini opsion sotuvchisiga shartnomadagi kelishilgan baho 1000 so‘mga sotadi. Bu holatda u har bir aksiyadan 80 so‘mdan daromad topadi, ya’ni (1000 — 900 — 20).

Har bir davlatda opsionning o ‘ziga xos kotirovkasining tasnifl mavjud. Masalan, AQSHda har bir opsion u chun quyidagi tasnif bor:

  1. Opsionning turi — «sotib olish» uchun («s») yoki «sotish uchun opsion («r»)

  2. Opsionning klassi opsion shartnomasidagi bazis aktividagi qimmatli qog‘ozlar turi.

  3. Opsion lotidagi har bir qimmatli qog‘ozga mukofot miqdori. Masalan, a n ’anaviy opsion kotirovkasi quyidagicha ifodalanadi:

6 MMB OST 45 Cal 1

bunda

6 — opsion asosida yotuvchi 100 aksiyadan iborat shartnomalar soni;



MMB — aksiyadorlik jamiyatining qisqartirilgan nomlanishi; OST — opsion shartnomasining tugash muddati;

45 — opsionni amalga oshirish bahosi;

Cal — opsion turi (bunda «Cali» «sotib olish uchun opsion»); 1 — «opsionda ko‘zda tutilgan mukofot».

Yuqoridagi kotirovkaga asosan, ushbu opsion egasi M M B aksiya­ dorlik jamiyatining 600 dona (6x100) aksiyasini 45 AQSH dollari bahosida oktabr oyida sotib olish huquqini oigan va buning uchun 600 AQSH dollari miqdorida (1x6x100) mukofot pulini to ‘lagan.



0 ‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga asosan «so­ tib olish uchun opsion» va «sotish uchun» opsionlarning bazis aktivlari emitentlarining awal muomalaga chiqargan o ‘zlik qimmatli qog‘ozlari va awal muomalaga chiqargan uchinchi shaxsning qimmatli qog‘ozlari tashkil etishi mumkin. Amaldagi qonunchilikka asosan opsionning bazis aktivi bo'lib emitentning o ‘zlik birlamchi muomalaga chiqarilgan qimmatli qog'ozlari xizmat qilishga y o i qo'yilmaydi.

Opsionlar egasi yozilgan va taqdim etuvchiga b o ‘lishi mumkin. 0 ‘zbekiston R espublikasida opsionning barcha turlarida bazis aktivining shartnom ada kelishilgan muddatda yoki opsion egasining xohlagan muddati da sotib olish yoki sotish huquqidan foydalanishlari mumkin. Shuni t a ’kidlash lozimki, opsion shartnomasi b o ‘yicha operatsiyalar birja va birjadan tashqari bozorda ham amalga oshirilishi mumkin.


Download 26,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish