Kredit pullar. Xo'jalik yuritish amaliyotida tovar munosabatlari um um iy tus oigan sharoitda tijorat va bank krediti qoilanilishining kengayishi shunga olib keldiki, o'z funksiyalari, muomala sohasi (che- garalari), kafolatlari va shu kabilarga ko'ra oddiy pullardan farq qiladigan va mutlaqo boshqacha qoidalar bilan boshqariladigan kredit pullar umumiy tovar b o i ib qoladi. Kredit pullar ijtimoiy-iqtisodiy jarayonning birm uncha rivojlangan, oliy sohasiga xosdir. Ular kapital ishlab chiqarishni to i iq egallagan va unga oldingisidan boshqacha, o'zgartirilgan va o'ziga xos shaklni berganida vujudga keladi.
Tovar-pul muomalasining rivojlanishiga qarab toiovning pul shakli tobora o'tkinchi b o i ib boraveradi. Ayni bir vaqtda tovarlarning ham-
masi tobora ko‘proq nafaqat pullar orqali, balki bevosita ishlab chiqarish jarayonida ijtimoiy e ’tirofga sazovor bo'ladi. Shu munosabat bilan kredit pullar kapitalistik formatsiyagacha bo‘lgan davrdagi kabi tovar-pul shaklida m uom aladan emas, balki ishlab chiqarishdan, kapitalning aylanishidan o‘sib chiqadi. Pul kapital, binobarin, kredit pullar shaklida ish yuritadi.
Kredit pullari evolutsiyasi: veksel, banknota, elektron pullar, kredit kartochkalari.
Veksel — qarzdorning yoznia majburiyati (oddiy veksel) yoki kreditorning qarzdorga vekselda yozilgan summani muayyan m uddat- dan keyin to ‘lash to ‘g‘risidagi buyrug‘i ( o‘tkazma veksel — tratta). Oddiy va o ‘tkazma veksellar — bular tijorat vekseli, y a ’ni savdo bitimi asosida vujudga keladigan qarz majburiyatining turlaridir. Shuningdek, moliyaviy veksellar, ya’ni muayyan summadagi pullarni qarzga berishda kelib chiqadigan qarz majburiyatlari ham amal qiladi. Xazina veksellari ularning bir turidir. Bunday veksel hukum atning qisqa muddatli qog‘ozi bo‘lib, uning amal qilish m uddati bir yildan oshmaydi (odatda, 3—6 oy bo'ladi). Bu yerda davlat qarzdor rolini bajaradi. D o ‘stona veksellar — pulsiz, real tijorat bitimi bilan bog‘liq boim agan, kontragentlar tom onidan bunday veksellarni banklarda hisobga olish yo‘li bilan pullarni olish maqsadida bir-biriga yozib beradigan veksellardir.
Vekselning o ‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardir:
abstraktlik (vekselda bitimning aniq turi ko‘rsatilmagan);
munozarasizlik (notariusning norozilik haqidagi dalolatnomani tuzganidan keyin to majburlovchi choralarni qo‘llashgacha qarzning majburiy ravishda to'lanishi);
d) aylanishlik (vekselning to ‘lov vositasi sifatida uning orqa to- monida berish haqidagi yozuvni yozib (jiro yoki indossament) boshqa shaxslarga berilishi. Bu veksel majburiyatlarining o ‘zaro hisobga olinish
imkoniyatini yaratadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |