Yevrochek yevrovalutadagi chekdir. U shbu chek, m ijozning oldindan amalga oshirilgan naqdli to‘lovisiz va nisbatan yirik sum- m alarda, bir oygacha m uddatga boMgan krediti hisobiga bank to m o n id an yozib beriladi; « Yevrochek» ( 1968 - ytldan boshlab) kelishuvining ishtirokchisi bo'lmish har qanday davlatda unga haq to ‘lanadi. Yevrocheklarning yago 1 a (bir xildagi) shakli, ularga haq to'lash egalari tomonidan kafolat kartochkalari taqdim etilgandagina amalga oshishi, yevrocheklarni qayta ishlash ustidan EH M yordamida nazorat qilinishi xalqaro sayyohlik b o 'y ich a hisob- kitoblarning takomillashishiga ko'maklashadi.
asrning 60-yillaridan boshlab xalqaro hisob-kitoblarda kredit kartochkalaridan faol foydalanilmoqda. Kredit kartochkasi egasiga
tovar va xizmatlarni naqdsiz hisob-kitoblardan foydalangan holda sotib olish huquqini beruvchi nomli pul hujjatidir. Xalqaro hisob- kitoblarda Amerikada chiqarilgan (Viza interneshnl, Masterkard, Ameriken ekspress va boshqalar) kredit kartochkalari ko‘p tarqalgandir. Ushbu kredit kartochkalarini qayta ishlashda kompyuter, elektron va kosmik aloqa vositalaridan foydalaniladi. Bank va d o ‘konlarning kompyuterlari telefon orqali axborotlarni qayta ishlovchi tizimning markazlashtirilgan kompyuterlariga ulanadi. 1999-yildan boshlab Yevroga o ‘tilishi munosabati bilan Mayestro, Eurocard-Master Card (Yevrocheklar, kredit kartochkalari) logotiplariga ega Euro pay Inter national assotsiatsiyalarining ko‘p valutali instaimentlardan foydalangan holdagi 'nisob-kitoblari umum Yevropa valutasiga o ‘tkazildi.
Mijoz hisob-varag‘ining qoldig‘i bo'yicha beriladigan ina’lumot- nomada sotib olishning Yevrodagi suminasi hamda bank hisobvaraq valutasidagi ekvivalent ko‘rsatiladi. Ushbu holat turli mamlakatlardagi tovar baholarini taqqoslash, bank hisob-varaqlarini Yevroga aylantirish, Yevropa valutasidan foydalanish tajribasiga ega boMish imkonini beradi. Internet tizimiga Yevrodagi to'lov mahsullari va xizmatlar to'g'risidagi m a ’lumot kiritilgan.
Valuta kliringlari Xalqaro hisob-kitoblar jarayoniga davlatning aralashuvi valuta kliringlaridan muntazam ravishda foydalanilishida o ‘z ifodasini topmoqda. Valuta kliringi ikki va bundan ziyod davlatlar hukumatlarining xalqaro talab hamda majburiyatlar bo'yicha o'zaro majburiy hisob-kitob (zachyot) to'g'risidagi kelishuvidir. Valuta kliringi banklararo ichki kliringdan farq qiladi. Birinchidan, banklararo ichki kliring bo'yicha zachyotlar ixtiyoriy asosda, valuta kliringi bo'yicha esa majburiy tarzda amalga oshadi (mamlakatlar o'rtasida kliring bo'yicha kelishuv mavjud bo'lsa, importyor va eksportyorlar kliring yuzasidan hisob-kitoblardan bo'yin tovlashga haqi yo‘q). Ikkinchidan, ichki kliring bo'yicha zachyot qoldig'i shu zahoti pulga aylantiriladi, valuta kliringida esa saldoni so'ndirish bo'yicha m uam m o paydo bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |