‘zbek ist n respublikasi



Download 26,01 Mb.
bet131/134
Sana18.01.2022
Hajmi26,01 Mb.
#384136
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   134
Bog'liq
Pul, kredit va banklar (1)

. Sug‘urtalash turlari va ularni takomillashtirish yoilari

Sug‘urta tashkiloti-bu maxsus sug‘urtalash kompaniyasi. Hozirgi kunda 0 ‘zbekistonda sug'urtalash davlat va nodavlat sug‘urtalash idoralari tomonidan o'tkaziladi. Sug‘urta tashkilotlari o ‘z tarkibiga turli sug‘urta jamiyatlari, kompaniyalari, xalqaro va mintaqaviy moliyaviy guruhlar hamkorligidagi qayta sug‘urtalovchi kompaniyalari, davlat sug‘urta kompaniyalari mustaqil faoliyat yurituvchi xo‘jalik subyektlari bo‘lib hisoblanadi. Huquqiy tomondan sug‘urta tashkilotlari mamlakatdagi amal qilayotgan qonunlar doirasida faoliyat yuritadi. Moliyaviy tizimning mustaqil bo‘lishi sifatida mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga hissa qo'shadi. Sug‘urta tashkilotlari mamlakat hududida boshqa tashkilotiar bilan shartnomalar tuzish, sug‘urta fondlarini shakllantirish, vaqtincha bo'sh pul mablag'larini foyda keltiradigan sohalarga sarmoya sifatida yo'naltirish, chiqargan qimmatli qogozlarni sotish, bo‘sh pul mablag'larini foyda olish uchun kreditga berish huquqiga ega.



Sug‘urtalovchi — sifatida yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi, ular sug‘urta tashkiloltlari bilan muayyan sug‘urta m unosabatlari o ‘rnatib sug‘urta summasini to ‘laydilar.

Sug‘urtalash obyekti va predmeti bo‘lib shaxsning sog‘ligi, hayoti yoki mol-mulki hisoblanadi.

Sug'urta bahosining ushbu ibora m o l- m ulkni su g ‘u r ta lash jarayonida qo'llanidadi. Bu jarayonda sug'urta summasini belgilash uchun aw a lo sug'urta obyektini bahosini to ‘g‘ri aniqlash kerak. Sug‘urta summasi deb shunday mablag‘larning tushishi kerakki, bu summaga mol-mulk, shaxsning hayoti yoki sog'ligi sug'urtalanadi. Sug'urta ta’rifi deb sug'urta summasining birlik qismini tushunish lozim. Sug‘urta ta’rifi asosida sug'urta fondi shakllanadi. 0 ‘zbekiston Respublikasi «Sug‘urta to‘g‘risidagi « qonunining 10 moddasi 2-bandiga ko‘ra «Sug'urta ta ’riflari sug‘urtaga doir to‘lov miqdorlari bo'lib, ular sug'urta tashkiloti sug'urta pulini to'lash (sug‘urta tovoni), zaxira fondi va boshqa fondlar hosil qilish uchun moliyaviy mablag' bilan ta’minlaydigan miqdorda belgilanadi. Majburiy sug'urta turlariga doir sug‘urta t a ’riflari qonun hujjatlarida belgilab q o ‘yiladi. Ixtiyoriy sug'urta turlariga doir sug'urta t a ’rifming miqdori tom onlarning kelishuviga muvofiq belgilanadi.

Fuqarolarni ixtiyoriy va majburiy sug'urtalash, sug'urta shartnoma munosabatlari eng keng tarqalgan ijtimoiy soha bo'lib, uning vositasida moddiy va boshqa manfaatlarni kutilmagan hodisalardan muhofazalash ana shunday noxush hollar yuz bergan taqdirda esa uning salbiy oqibatlari ta’sirini bartaraf etish yoki loaqal kamaytirishni ta’minlaydi. Shaxsiy sug'urta ommaviy bo'lib hisoblanadi. Qonunda ko'rsatilgan shaxslardan sug'urta qiluvchilar sifatida boshqa shaxslarning hayoti, sog'ligi yoki mol-mulkini, yoxud o'zining boshqa shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligiga o'z hisobidan, yoxud manfaatdor shaxslar hisobidan sug'urta qilish majburiyati qonun bilan yuklangan hollarda sug'urta shartnomalar tuzish yo'li bilan amalga oshiriladi. Majburiy sug'urtada sug'urta qildiruvchi sug'urtalovchi bilan sug'urtaning ushbu turini tartibga soladigan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shartlarda shartnoma tuzish shart. Qonunda fuqarolarning hayoti va mol-mulkini davlat budjeti mablag'lari hisobidan majburiy sug'urta qilish hollari nazarda tutilishi mumkin. Mulkiy sug'urta shartnomasiga muvofiq bir taraf (sug'urtalovchi) shartnomada nazarda tutilgan voqea, sug'urta hodisasi sodir bo'lganda boshqa tarafga (sug'urta qildiruvchiga) yoki shartnoma qaysi shaxsning foydasiga tuzilgan bo'lsa, o'sha shaxsga bu hodisa oqibatida sug'urtalangan mulkka yetkazilgan zararni yoxud sug'urtalovchining boshqa mulkiy manfaatlari bilan bog'liq zararni shartnomada belgilangan summa doirasida to'lash majburiyatini oladi.

Sug‘urta shartnomasi kelgusida yuz berishi ehtimoJi bo'lgan risk tufayli vujudga keladigan zararli oqibat o ‘rnini sug‘urtalovchi tom onidan sug‘urtalovchiga oldindan to'lanadigan muntazam to‘lab boriladigan haq evaziga to ‘liq yoki qisman qoplashning huquqiy vositasi sifatida sug‘urta tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati sifatida muayyan xususiyatlarga ko‘ra tasniflanish mumkin. Sug‘urtalash obyektlariga ko‘ra mulkiy va shaxsiy sug'urta farqlanish lozim.

Mulkiy sug‘urta o ‘z navbatida ko‘char va ko‘chmas mulklar sug'ur- tasiga, shaxsiy sug‘urta esa sog‘liqni yoki hayotni sug‘urtalashga b o ‘linishi m um kin. O 'z navbatida mulkiy sug'urtaning ko ‘plab ko‘rinishlari uy-joylarni, transport vositalarini, uy- ro‘zgor anjomlarini, korxonalarni va hokazo. Shaxsiy sug'urtaning xima-xil shakllari bolalarni sug‘urtalash, baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash va boshqalar uchraydi.

Sug‘urta m u n osabati subyektlariga k o 'r a j ism o n iy shaxslar sug'urtalanuvchi bo'lib qatnashadigan va yuridik shaxslar sug'ur- talanuvchi bo‘lib qatnashadigan sug'urta shartnomalari o ‘zaro farq- lanadi.

Sug‘urtalovchi shaxslarga ko‘ra sug‘urta shartnomalari davlat sug'urta tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan sug‘urta shartno­ malari hamda nodavlat mulkchiligi asosida faoliyat yurituvchi mustaqil sug'urta tashkilotlari tomoniga, shu jumladan 0 ‘zbekistonda sug'urta faoliyati bilan shug'ullanishga litsenziya oigan chet ellik sug'urta tashkilotlari ishtirokidagi sug'urta shartnomalari mavjud bo‘ladi. Yuqo- ridagilardan tashqari iqtisodiy tarmoqlariga ko‘ra yoki tadbirkorlik faoiiyatining ayrim yo‘nalishlariga muvofiq tarzda tuziladigan sug‘urta shartnomalari ham ko'pgina o ‘ziga xos jihatlarga ega bo'ladi va bu jihatlar 0 ‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida, ushbu soha- dalarda sug'urta shartnomasini tuzishga oid maxsus qoidalarda belgilab qo'yiladi. Ushbu nuqtayi nazardan sug'urta shartnomalarining quyidagi turlarini qayd etish mumkin:

  1. Qishloq xo'jaligi faoliyatini sug‘urtalash.

  2. Qurilish tashkilotchiligini sug'urtalash.

  3. Eksport-import faoliyatini sug'urtalash.

  4. Tadbirkorlik faoliyatini sug‘urtalash.

  5. Transport vositalarini sug'urtalash.

  6. Tibbiy sug'urta.

  7. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi.

  8. Shartnomalarning bajarilishini sug'urtalash.

  9. Kredit jarayonini sug'urtalash.

  10. Uy-ro‘zgor buyumlarni sug‘urtalash va hokazo.





    1. Download 26,01 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish