Naqd pullik aylanish tushunchasi. Iqtisodiyotda amal qiladigan umumiy to‘lov aylanishining tarkibiy qismlaridan biri naqd pullik aylanish hisoblanadi. K o‘pincha pul mablagMari aylanishining bu qismini pul muomalasi deyiladi.
Pul m uom alasi pul aylanishining naqd pul mablagMarining muomalasi, pul belgilarining bir yuridik va jismoniy shaxslardan boshqa shaxslarga doimiy tarzda o ‘tib yurishi bilan bog‘liq qismidir. Boshqacha aytganda, bu iqtisodiy subyektlar o ‘rtasidagi pullar muomalasi jarayo- nining faqat naqd shaklda bo‘ladigan qismidir. Naqd pul aylanishi, odatda, tovarlar va xizmatlarga haq to ‘lanishi ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lib, boshqa tijoratchilik bitimlarining tuzilishi va ularga haq to‘lanishi jarayonlari bilan bog‘liq emas.
Boshqacha aytganda, naqd pul aylanishi jarayonida har satar mablag‘larning nisbatan kichik summasi qatnashadi. Bu qo'shim cha kafolatlarning ta ’minlanishi, pul mablag‘larining yirik summalarini bir xo ‘jalik yurituvchi subyektdan boshqa subyektga o ‘tkazishdagi tashishning murakkabligi va transaksion xarajatlarni tejashning zarurligi bilan bog'liqdir.
Shunday qilib, naqd pullar muomalasi iqtisodiyot subyektlarining maishiy ehtiyojlari bilan bog‘liq boMgan tovar almashinishi jarayonini pul m ablag‘larining nisbatan kichik summ asini ishlatgan holda ta ’minlaydi. Odatda, pul aylanishining ushbu tipi xizmatlar uchun
haqni bevosita u yoki boshqa tashkilotning kassasiga to ‘laydigan uy xo‘jaliklari va kichik korxonalarda asosiy o ‘rin tutadi. H a r bir kishi naqd pul aylanishi bilan bog‘liq, chunki hamma ham har kuni naqd pul belgilari yordamida tovarlar va xizmatlar uchun haq to ‘lab turadi. Iqtisodiyotning boshqa subyektlari pul aylanishining ushbu tipidan juda kam foydalanishadi va, odatda, bunday tip faqat faol qo ‘lla- niladigan naqd pulsiz aylanishga qo'shim cha shaklida amal qiladi.
Shuni qayd qilish kerakki, naqd pullik aylanish birqator afzalliklarga ega:
mablag‘larning tez yetkazib berilishi;
hisob-kitoblarning o'tkazilishi to'g'riligini zudlik bilan tekshirish mumkinligi;
mavjud resurslar miqdori yuzasidan aniq axborotning mavjudligi;
qarzlarning paydo boMishi imkoniyatining istisno qilinishi.
Bundan tashqari, ushbu hisob-kitob vositasining to‘lov aylanishining umumiy tarkibidagi ulushi iqtisodiy tizim rivojlanganligining yorqin ko‘rsatkichi hisoblanadi. M asalan, natura xo ‘jaligi hukum ronlik qilganida naqd pullik hisob-kitoblar kichik ulushni egallaydi va hisob- kitobni amalga oshirishning ushbu turining o ‘sib borishi bozor iqtisodiyotiga o ‘tish va tovar iqtisodiyotidan uzoqlashishdan dalolat beradi.
Bozor iqtisodiyoti hukmronlik qilganida hisob-kitobni amalga oshirishning bu turi eng ustun o'rinni egallamasa-da, lekin to ‘lov vositalaridan foydalanishning umumiy hajmining katta qismini tashkil etadi. Va, nihoyat, postindustrial iqtisodiyotga o'tishda naqd pul mablag'lari aslida iqtisodiyotda amal qilmay qo'yadi, ularning o ‘rnini hisob-kitoblar hamm a joyda elektron pul vositalaridan foydalanish orqali bajariladigan naqd pulsiz shakl egallaydi.
Shunday qilib, hozirgi vaqtda mamlakatlarning ko‘pchiligi iqtisodiy kontragentl^r o ‘rtasidagi hisob-kitoblarni amalga oshirishning bu shaklidan sekin-asta voz kechish jarayonini boshdan kechirishmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |