NaqdpuJsizhisob-kitoblarnirivojlantirish¡stiqbollari. Iqtisodiy kontragentlar o'rtasidagi hisob-kitoblarning pul mablag‘larini o ‘tka- zishning naqd pulsiz tizimlari yordamida amalga cshirilishi bir qator yorqin afzalliklarga ega bo‘lib, ulardan biri ushbu operatsiyani pul mablag'larini tashishga ortiqcha xarajatlar sarflamasdan ancha tez o'tkazishdan iborat. Dinamik rivojlanayotgan bozor naqd pulsiz hisob- kitoblarni amalga oshirish sifatini oshirishni va bunday operatsiyani o ‘tkazish tezligini pasaytirishni talab qiladi. Nafaqat yuridik shaxslarga xizmat ko'rsatuvchi va shu tariqa bevosita tadbirkorlik bilan bog‘liq b o ‘lgan banklar, shu bilan birga jism oniy shaxslar o 'r tasid a pul mablagMarining naqd pulsiz o'tkazilishini amalga oshiruvchi bank tashkilotlari ham bunday ehtiyojlarni tobora ko'proq hisobga olishi kerak boMmoqda.
Mamlakatimizdagi bunday ehtiyoj o‘z faoliyatini yuridik shaxsni tashkil etmasdan yurituvchi tadbirkor sifatida ish olib borayotgan tadbirkorlar sonining o'sayotganligi va o'zining pul mablag'larini nafaqat saqlash, shu bilan birga pul mablagMarini o ‘tkazish jarayonlarini faollashtirayotgan aholining daromadlari darajasining oshayotganligi bilan bog‘liqdir.
Bundan tashqari, chegaralaming ochilishi iqtisodiy subyektlarning butun dunyo bo'ylab faol ko'chib yurishiga sabab bo'ladiki, bu chet ellardagi banklar bilan vakillik munosabatlarini yo'lga qo'yish zaruratini keltirib chiqaradi.
Natijada naqd pulsiz hisob-kitoblar tizirnida ikkita prinsipial m uhim vazifa shakllanadi:
naqd pulsiz operatsiyalarni o'tkazish m uddatlari hajmining kamayishi;
potensial sherildar sonining ko'payishi.
Bunday vazifalar asosan zamonaviy texnika yutuqlarini qo'llanib hai etiladi, ixtisoslashgan va ham m a foydalanishi m um kin bo‘lgan elektron aloaa tizimlari ana shunday yutuqlarga kiradi.
Turli xildagi aloqa tizimlari vujudga kelmoqda va t'aol ishlamoq- daki, ular axborotlarni shunchaki uzatib qolmasdan, bunday axborot- larni barcha zarur himoya vositalari bilan birgalikda yetkazishga imkon beradi. 1963-yildan beri SWIFT hisob-kitob tizimi amal qiladi. Bu tizim butunjahon banklararo tizimi bo‘lib, unda banklar o'rtasidagi moliyaviy operatsiyalar nisbatan xavfsiz amalga oshirilishi mumkin. Shuni hisobga olish kerakki, bu tizimdan tashqari hozirgi vaqtda ko‘pgina bank operatsiyalari bevosita Internet tarmog‘ida bajarilishi mumkin. Internetda bitimlarni amalga oshirishdagi minus jihatlardan biri undan hammaning ham foydalanishi mumkinligi va tijoratchilik siriga rioya qilinadigan qandaydir maxfiy fayllarni o'rnatib bo‘lmas- ligidir. Shundan kelib chiqib, Internet global tarm og‘i vositasida bitimlarning tuzilishini o ‘tkazishda tegishli axborotning kodlashtirilishi tijoratchilik sirini himoyalashning eng istiqbolli usuli bo‘ladi. Bunday usul aloqa kanali har qanday darajada ochiq bo'lganida ham har qanday hajmdagi axborotlarni shifrlashtirish va ularni o ‘z sherigiga yetkazishga imkon beradi.