Bankning pul o ‘tkazmasi. U pul o'tkazmasini oluvchi shaxsga m a’lum bir summani to'lashdan iborat bo'lgan bir bankning boshqa bir bankka topshirig'idan iboratdir. Banklar xalqaro hisob-kitoblarning ko‘pgina holatlarida o ‘z m ijozlarining topshiriqlari asosida pul o ‘tkazmalarini amalga oshiradi. Ushbu operatsiyalarda quyidagilar ishtirok etadi: pul o'tkazmasini o ‘tkazuvchi qarzdor-shaxs; o ‘tkazma to ‘g‘risidagi topshiriqni qabul qilgan o ‘tkazuvchi shaxsning banki; o ‘tkazma oluvchining hisob raqamiga o'tkazma summasini oluvchi bank; o ‘tkazmani oluvchi shaxs.
Bank o ‘tkazmasi shakli asosida inkassoga haq to ‘lash, yakuniy hisob-kitoblar bo ‘yicha toMovlar ham da bo'nak to'lovlari amalga oshiriladi. Bundan tashqari, o'tkazma vositachiligida qayta hisoblashlar va boshqa operatsiyalar bajariladi.
Bank o'tkazmasi pochta yoki telegraf orqali, tegishli pochta yoki telegraf to‘lov topshiriqnomalari bilan zamonaviy sharoitda esa SVIFT tizimi orqali amalga oshiriladi.
Bank o ‘tkazmalari boshqa to ‘lov shakllari bilan bir qatorda ishlatilishi m um kin (m asalan, inkasso ham da kafo la tlar bilan) eksportyor o ‘tkazmalarni bank kafolati bilan bir qatorda ishlatishni afzal ko‘radi.
Chunki importyor tomonidan tovarlar uchun haq t o ‘lanmagan taqdirda mazkur bank o'zining kafolati evaziga eksportyorga haq to'lab beradi. Sotib olingan tovarlarga pul o ‘tkazm asini amalga oshirishda importyor ko‘p holatlarda bank kreditidan foydalanadi. Mazkur kreditning muddati akkreditiv holatidagi kredit m uddatidan qisqaroqdir.
Bank pul o ‘tkazmasining iqtisodiy tnazmuni tovar yoki xizmatlarga ular yetkazib berilmasdan turib ( b o 'n a k toMovlari) yoki ularni importyor tomonidan olinganidan so'ng (ochiq hisob-varaq shaklidagi hisob-kitoblar) pul to'lanayotganligiga bogiiq bo‘ladi.
B o‘nak shakiidagi hisob-kitoblar. Mazkur hisob-kitoblar eksportyor uchun nihoyatda samaralidir, chunki tovarlar yetkazib berilgunga qadar importyor tomonidan ularga haq to‘lanadi (ba’zida tovarlar ishlab chiqarilgunga qadar). Agarda importyor tovarlarga bo‘nak shaklida haq toMasa, unda u eksportyorni kreditlagan boMadi. Masalan, shartnoma qiymatining bir qismiga bo‘lgan bo‘nak toMovlari xorijda obyektlar qurilishi bilan bogMiq shartnomalar shartlariga kiritiladi. Qiymati yuqori b o ‘lgan ham da alohida buyurtm a asosida ishlab chiqarilgan jihoz, suv kemalari, havo kemalarining importi sharoitida ham qisman amalga oshiriladigan bo‘nak toMovlari qo‘llaniladi. Xalqaro amaliyot talablariga muvofiq bo'nak shakiidagi toMovlar shartnoma summasining 10 foizidan 33 foizigachasini tashkil etadi. Shartnoma shartlarining bajarilmasligi va tovarlar yetkazilmasligi holatida eksportyor banki olingan bo'nakni eksportyorning topshiriqiga asosan b o ‘nak toMovi summasi hajmida, importyor foydasiga qaytarish to ‘g‘risida kafolat beradi.
Bundan tashqari, bir qator tovarlarga bo‘nak bilan haq toMash tartibi qabul qilingan. Ushbu tovarlarga qimmatbaho metallar, yadro yoqilgMsi, qurol-aslaha va boshqa shu kabilar kiradi. Zikr etilgan hisob- kitob shartlariga importyorning roziligi uning mazkur tovarlar yetkazib berilishi yoki manfaatlari kafolatlarda mavjud bo‘lgan eksportyor tazyiqiga bogMiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |