Ish haqi
Ish haqi — mehnatga pul shaklida
toʻlanadigan haq; qiymatning oʻzgargan
shakli, ish kuchi (taqdim etilgan mehnat
xizmati)ning bahosi.
[1]
Ish kuchi qiymati
va narxi bevosita ish haqida ifodalanadi.
Ish haqi darajasi mehnat bozorida
kelishiladi. Xodim mehnat bozorida
mehnatni emas, oʻz ish kuchini sotadi. Ish
haqi mehnatning pul shaklidagi bahosi
boʻlib, uni ishga yollovchilar (korxona,
muassasa, tadbirkor) mehnat
qiluvchilarga maʼlum vaqt mobaynida
maʼlum miqdordagi va muayyan sifatli
ishni bajarganliklari uchun toʻlaydilar.
Yollanma xodim uchun ish haqi asosiy
daromadi manbai hisoblanadi.
Ish haqi — yollanma xodim daromadining
asosiy manbai, unga tegishli ish
qobiliyatiga boʻlgan mulkchilik huquqini
iqtisodiy jihatdan roʻyobga chiqarish
shakli. Shu bilan birga ish beruvchi uchun
yollanma xodimlar mehnatiga
toʻlanadigan haq ishlab chiqarish
harajatlarining unsurlaridan biri. Ish
beruvchi mehnat resurslaridan ishlab
chiqarish omillaridan biri sifatida
foydalanish uchun uni xarid qiladi.
Ish haqi miqdorining eng qadimiy vaqt
birligi kundir. Soat ixtiro qilinishi bilan
ishni boʻlimlarga boʻlish keng tarqaldi. Ish
miqdorini oʻlchashda ish soati eng koʻp
qoʻllanila boshlandi.
[2][3]
Qadimgi Misr
Oʻrta Qirolligi, Qadimgi Yunoniston
[4]
va
Qadimgi Rim ish haqi toʻlangan eng
qadimiy davlatlarga kiradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida
mehnatning miqdori va sifatiga qarab
mehnatga haq toʻlashning, asosan,
vaqtbay va ishbay tizimlari qoʻllaniladi.
Vaqtbay ish haqi shaklida xodim
Tarixi
Vaqtbay va ishbay ish haqi
oladigan ish haqi miqdori ishlagan vaqt
bilan bogʻliq boʻladi, yaʼni ish haqi miqdori
mehnat unumdorligi va intensivlik
darajasiga bogʻliq emas. Ishbay ish haqi
xodimning maʼlum vaqt mobaynida
tayyorlangan mahsuloti miqdori bilan
oʻlchanadi. Ishbay ish haqining
koʻrinishlaridan biri — akkord ish haqi.
Bunda jamoa yoki ayrim xodimga ish
hajmi oldindan belgilab beriladi, umumiy
haq summasi kelishib olinadi. Ish
butunlay yakunlanganidan keyin ish haqi
oxirigacha toʻlanadi. Ish haqining bunday
shaklidan koʻpincha qurilishda
foydalaniladi. Bulardan tashqari aksar
mamlakatlarda ish haqidan tashqari
mehnatda erishgan yutuqlari uchun
mukofotlash ham mavjud. Bular vaqtbay
mukofot, ishbay mukofot tizimlari hamda
korxonada olingan foyda hisobidan
ajratiladigan moddiy ragʻbatlantirish
fondidan mukofotlash tizimidir.
Ish haqi miqdori yollanma xodimlarning
turmush darajasini ifodalovchi
koʻrsatkichdir. Nominal va real ish haqi
koʻrsatkichlari mavjud. Nominal ish haqi
yollanma xodimning oʻz mehnati evaziga
olgan pul daromadalari. Real ish haqi
xodimning olgan ish haqiga qancha va
qanday isteʼmol buyumlari sotib olishi va
madaniy-maishiy xizmatlardan
Nominal va real ish haqi
foydalanish mumkinligini koʻrsatadi.
Boshqacha aytganda real ish haqi — bu
nominal ish haqining „xarid etish“
qobiliyati. Real ish haqi boshqa sharoitlar
bir xil boʻlganda, nominal ish haqiga toʻgʻri
mutanosibdir va isteʼmol buyumlari va
xizmatlar narxining darajasiga teskari
mutanosibdir.
Odatda, mehnat bozorida ish kuchiga
muvozanatli narx shakllanadi. Bu narx ish
haqi yoki ish haqi stavkasi deb ataladi.
Mehnat birligining bozor narxi ish haqi
miqdori (stavkasi) boʻlib, lavozim okladi
tarzida yoki shartnomaga muvofiq
Ish haqi stavkasi
belgilab qoʻyiladi, lekin mamlakatda
qonun bilan belgilangan eng kam ish haqi
darajasidan oz boʻlishi mumkin emas.
Shuningdek, ish haqi miqdori muayyan
vaqt birligi (soat, kun, hafta, oy) ichida
bajariladigan va muayyan kasb-malaka
xususiyatlariga ega boʻlgan mehnatga
toʻlanadigan haq darajasini belgilaydi.
Ish haqining asosiy vazifasi ishlab
chiqarishning bevosita qatnashchisi
boʻlgan xodim hamda uning oila
aʼzolarining hayot va mehnat faoliyati
sharoitlarini taʼminlashidan iborat.
Qiymatning mehnat nazariyasi
ish kuchini
Ish haqining vazifasi
alohida, oʻziga xos tovar deb hisoblaydi.
Shu sababli, bu nazariya ish haqini tovar
boʻlgan ish kuchi qiymatining oʻzgargan
shakli, yaʼni uning puldagi ifodasi deb
hisoblaydi va uni ish kuchini takror ishlab
chiqarishi uchun zarur boʻlgan tirikchilik
vositalari qiymati tarzida taʼriflaydi. Ish
haqiga ish kuchi qiymatining puldagi
ifodasi sifatida qarash aniq mehnat
bozorida ish haqi darajasiga talab va
taklif omillarining taʼsirini hisobga
olmaydi. Iqtisodiy rivojlangan
mamlakatlar mehnat bozorida real ish
haqining oʻrtacha darajasi yashash uchun
zarur tirikchilik vositalari minimumiga
qaraganda ancha yuqori darajada turadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ish haqi
xajmiga bir qator bozor omillari (tovarlar
va xizmatlar bozorida talab va taklif
oʻzgarishlari, mehnatga boʻlgan talab
narxining oʻzgaruvchanligi, isteʼmol
tovarlari va xizmatlar narxi oʻzgarishi va
boshqalar) va bozordan tashqari omillar
taʼsir koʻrsatadi, buning natijasida
mehnatga haq toʻlashning muayyan
darajasi vujudga keladi.
Rivojlangan mamlakatlarda ish haqini
tashkil etish (ish haqi miqdori, mehnat
Ish haqiga taʼsir
koʻrsatuvchi omillar
Ish haqini tartibga solish
miqdori va sifati bilan unga toʻlanadigan
haq miqdori oʻrtasidagi bogʻliqlikni
taʼminlash, mehnatni meʼyorlash, tarif
tizimi va boshqalar) va tartibga solishda
davlat muhim rol oʻynaydi. Ularda tarixan
ish haqini tashkil etish va tartibga
solishning markazlashgan davlat tizimi
va markazlashmagan tizimi qaror
topgan. Ish haqini tartibga solishning
markazlashmagan tizimi xususiy mulk
egalari yoki jamoa mulkdorlar hamda
kasaba uyushmalari, aksiyadorlik
jamiyatlari, kooperativlar va boshqalar
tomonidan amalga oshiriladi.
Ish haqini tartibga solishning davlat tizimi
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar barcha
korxonalar va tashkilotlar uchun umumiy
va majburiydir.
Ish haqini davlat tomonidan tartibga
solish va tashkil etishning muhim unsuri
tarif tizimi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti
sharoitlarida mamlakat boʻyicha hukumat
belgilagan, asosan ishchi va xizmatchilar
ish haqini tashkil qilishda foydalanishi
uchun tavsiya etiladigan yagona tarif
tizimi (setkasi) amal qiladi, korxona
(tashkilotlar)lar yagona tarif setkasi
asosida oʻz tarif setkasini ishlab chiqish
va razryadlar sonini belgilash huquqiga
ega.
Oʻzbekistonda dastlab 1993-yil 1-
yanvardan 28 ish haqi razryadlariga
boʻlingan va 0—28 razryadlar oʻrtasida
tarif koeffitsiyentlari farqi 14,28 boʻlgan
yagona tarif stavkalari joriy qilindi. 1996-
yil 1-sentabrda esa ish haqi razryadlari 22
ta va 0—22 ish haqi razryadlari oʻrtasida
tarif koeffitsiyentlari farqi 5,998 boʻlgan
yangi yagona tarif setkasi qabul qilindi.
Yagona tarif stavkasi xodimlarning
barcha kasb-malaka guruhlari boʻyicha
tarif stavkalari va maoshlari nisbatini
belgilashda mehnat tafovutlariga baho
berishga yagona yondoshuvni
taʼminlaydi.
Ish haqini tartibga solishning davlat tizimi
3 asosiy yoʻnalishda amalga oshiriladi: 1)
davlat tomonidan ish haqi minimumi (eng
kam ish haqi miqdori) belgilanadi.
Inflyatsiya jarayonida eng kam ish haqini
indeksatsiyalash hukumatning maxsus
qarorlariga muvofiq amalga oshiriladi; 2)
korxonalarda ishlovchi xodimlarning
barcha toifalari uchun oʻrtacha ish
haqining ortib borishi maʼlum darajada
cheklanadi. Davlat bu usuldan tanglik
holatlarida inflyatsiya surʼatlarini
pasaytirishda foydalanadi; 3) ish haqining
oʻrtacha ortib borishiga qarab
ortib
boruvchi soliq
stavkalari belgilanadi. Bu
eng yuqori ish haqi darajasining oʻsishiga
taʼsir koʻrsatish va uni iqtisodiy usullar
bilan cheklash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |