. Xalqaro hisob-kitoblar, ularning shakllari
Xalqaro hisob-kitoblardagi o‘zgartirishlarning paydo boMishi hamda ularning yanada takomillashib borishi tovar ishlab chiqarish va muomala jarayonining rivojlanishi hamda baynalmilallashuvi bilan bog‘liqdir. Tovarlarni ishlab chiqarish va ularni sotish davrlarini o ‘zaro muvofiq kelmasligi hamda iste’mol bozorlarining uzoqligi tufayli xalqaro muomaladagi qiymatlar harakatining nisbatan mustaqil bo‘lib qolgan shakli xalqaro hisob-kitoblarda o‘z aksini topadi. Xalqaro hisob- kitoblar tovarlar va xizmatlar bilan tashqi savdo ham da notijorat opcratsiyalar, kreditlar va mamlakatlararo kapitallar harakati bo‘yicha hisob-kitoblarni qamrab oladi.
Xalqaro hisob-kitoblar — turli mamlakatlar fuqarolari va yuridik shaxslari o'rtasida iqtisodiy, siyosiy hamda madaniy munosabatlar tufayli vujudga keladigan pul talablari va majburiyatlar bo'yicha to'lovlarni muvofiqlashtirishdir. Xalqaro hisob-kitoblar bir tomondan, amaliyotda shakllangan va Xalqaro hujjatlar hamda udumlar bilan mustahkamlangan to ‘lovlarni amalga oshirish shartlari va tartibini, ikkinchi tom ondan ushbu hisob-kitoblarni amalga oshirish yuzasidan kunlik amaliy faoliyatni o ‘z ichiga oladi. Hisob-kitoblarning eng katta hajmi bank hisob-varaqlarida yozuvlarni amalga oshirish orqali naqdsiz pul o'tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi. Bunda jahonning eng yirik banklari xalqaro hisob-kitoblarda yetakchilik rolini o ‘ynaydi. Mazkur banklarning xalqaro hisob-kitoblarga b o ‘lgan t a ’sir darajasi ular joylashgan mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalari, milliy valutasining ishlatilish ko‘lam lari, ixtisoslashganligi, moliyaviy ahvoli, ishbilarmonlik mavqei, vakil banklar tizimiga bevosita bog'liqdir.
Banklar hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun o ‘zlarining xorijiy
boiim lari va xorijiy banklar bilan o ‘rnatilgan vakillik munosabatlaridan foydalanadilar. Xorijiy banklar bilan vakillik munosabatlari o'rnatil-
ganda «loro» (xorijiy banklarning mazkur bankda ochgan hisob-varag'i) va «nostro» (mazkur bankning xorijiy banklarda ochgan hisob-varag‘i) hisobvaraqlari ochiladi. Vakillik munosabatlari hisob-kitoblar tartibi, vositachilik haqining hajmi, ishlatilib boMingan mablagMarni to ‘latish uslublarini belgilab beradi. Xalqaro hisob-kitoblarni o ‘z vaqtida va samarali am alga oshirish u ch u n banklar, odatda, kutilayotgan to'lovlarning tarkibiy tuzilishi hamda muddatlariga muvofiq ravishda zarur bo'lgan va turli valutalarda ifodalangan valuta pozitsiyalarini ta’minlab turadilar hamda o ‘z valuta zaxiralarini diversifikasiyalash siyosatini o ‘tkazadilar. Banklar nisbatan yuqori foyda olish maqsadida o ‘z valuta aktivlarini jahon ssuda kapitallari bozorida, shu jum ladan Yevrobozorda joylashtirishni afzal ko‘rgan holda «nostro» hisob-varaq- laridagi minimal qoldiqlarm ta ’minlashga harakat qiladilar.
Xalqaro hisob-kitoblar borasidagi banklar faoliyati bir tom ondan milliy qonunchilik bilan muvofiqlashtiriladi, boshqa tom ondan esa o ‘rnatilgan q o id a la r va u d u m la r yoki a lohida h u j ja t la r bilan mustahkamlangan ko'rinishda mavjud bo'lgan, shakllangan amaliyot bilan belgilanadi.
Xalqaro hisob-kitoblarda asosan milliy valutalarning ishlatilishi ulardan foydalanish samaradorligini kurs tebranishlari hamda ushbu valutalar emitentlari bo‘lmish mamlakatlarning iqtisodiy va valuta siyosatiga bog‘liqligini kuchaytiradi. Xalqaro hisob-kitoblarning holati bir qator omillarga bog'liqdir: mamlakatlar o ‘rtasidagi iqtisodiy va siyosiy munosabatlar; valuta qonunchiligi; Xalqaro savdo qoidalari hamda udumlari; bank amaliyotlari; tashqi savdo shartnomalari va kredit bitimlarining shartlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |