Зб еки он с р фан л ар а к а д е m и я с и


Asosiy ilmiy adabiyotlar va manbalar



Download 0,98 Mb.
bet5/12
Sana26.05.2022
Hajmi0,98 Mb.
#609141
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
XI-XV ASRLARDA HINDISTON

Asosiy ilmiy adabiyotlar va manbalar


2.1. Abulfazl Allomiy, Tarixi Akbarshohiy, T., “Sharq”, 1997.
2.2. Azimdjanova S, Gosudarstvo Babura v Kabule i v Indii, M., 1977.
2.3. Alimova R. Markaziy Osiyo xalqlari tarixi./ TDSHI qo`llanma T. 2009.
2.4. Ahmedov Bobur. Istorikogeograficheskaya literatura Sredney Azii XVI-XVIII vv. (Pismennыe pamyatniki), T., 1985
2.5. Ahmedov B. Tarixdan saboqlar. O‘qituvchi. T. 1994.
2.6. Baykova N. B., Rol Sredney Azii v russko - indiyskix torgovыx svyazyax (pervaya polovina XVI — vtoraya polovina XVIII v.), Tashkent, Izd-vo «Nauka» UzSSR, 1964.
2.7. Vanarsi Prasad Saksena. History of Shahjahan of Dehli. Allahabad, 1958.
2.8. Bartold V. V., Istoriya izucheniya Vostoka v Yevrope i Rossii, 2 izd., M., 1926.
2.9. Bartold V.V. Uzbekskie xanstva. Soch. T. II. S. 268-292
2.10. Gulbadanbegim. Humoyunnoma, T., 1959.
2.11. D ye N o e r F. A. L’Empereur Akbar, Leide, 1883.
2.12. Yormatov Sh. O‘rta Osiyo, Rossiya va Hindiston xalqlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalar tarixi. O‘zb SSR MDav T., 1959.
2.13. Zahiriddin Muhammad Bobur - Boburnoma. T., "Yulduzcha", 1990
2.14. Indiyskie miniatyurы XV - XVIII vv., M., 1971.
2.15. Istoriya Uzbekistana (XVI - Pervaya polovina XIX veka), t.3, T., 1993.
2.16. Materialы po istorii Sredney i sentralnoy Azii XVI - XIX vv., T.,
Boqi Muhammadni, Toshkent hokimi etib Jahongir Sultonni tayinlaydi. Pirmuhammad Buxoro xonligini yana ikki yilcha idora qildi. Tez orada Jaloir, Do’rmon qabila boshliqlarining ig’vosi bilan Pirmuhammadxon bilan Boqi Muhammad o’rtasidagi munosabatlar buzildi. Oxir-oqibatda Pirmuhammadxon bilan Boqi Muhammad o’rtasida 1601- yilda Samarqand yaqinidagi Bog’i Shamol mavzeyida jang bo’ladi. Jangda Pirmuhammadxon yengiladi va 80 yoshida qatl etiladi.9
Shayboniyxon davlatni iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustahkamlash yo’lida qator islohotlar o’tkazdi. Birinchidan, u davlat boshqaruvida suyurg’ol tizimini joriy etdi. Ya'ni zabt etilgan hududlarni boshqarish ishini o’z farzandlariga, qarindosh-urug’lariga, birodarlariga, qabila boshliqlari bo’lgan sultonlarga topshirdi. Samarqand poytaxt sifatida xon taxtiga o’tqaziladigan joy hisoblangan. U yerda xon sharafiga xutba o’qitilgan va pul zarb etilgan. Lekin suyurg’ol mulklar markaziy hokimiyatdan mustaqil bo’lishga intilar edilar. Ikkinchidan, mamlakatda yer-suv qaytadan taqsim qilindi. Ko’chmanchi qabila zodagonlari yengilgan mahalliy mulkdorlar mol-mulkini musodara qilish, sotish, egasiz qolgan yerlarni o’zlariniki qilib olish yo’li bilan mulklarini ko’paytirib oldilar. Uchinchidan, mamlakat ichida ijtimoiy hayotni tartibga solishga imkon beruvchi islohot ham o’tkazildi. Keyingi 10 yil ichida soliqlar og’irligidan va mulkdorlar jabr-zulmidan yer-suvlarini tashlab ketgan xo’jaliklar yerlarini ishga tushirish masalasi ko’rib chiqildi. To’rtinchidan, 1507- yilda pul islohoti o’tkazildi. Bunga ko’ra, mamlakatning hamma katta shaharlarida vazni bir xil - 5,2 gramm bo’lgan yangi kumush tangalar hamda mis chaqa pullar zarb qilinib, muomalaga chiqarildi. Bu islohot iqtisodiyotni tartibga solish va savdo-sotiqni jonlantirish maqsadida o’tkazilgan edi. Ayni paytda, bu islohot dehqonlarning soliq to’lash imkoniyatini oshirishga, davlat va xon mulkini ko’paytirishga imkon berdi. Shayboniyxon tomonidan amalga oshirilgan bu va boshqa tadbirlar, o’z mohiyatiga ko’ra, markaziy hokimiyatni mustahkamlashga xizmat qilishi zarur edi. Muhammad Shayboniyxon vafotidan so’ng boshlangan o’zaro toj-u taxt kurashlari hamda Eron bosqinchilariga qarshi kurash mamlakat iqtisodiy hayotiga salbiy ta'sir ko’rsatdi. Bu hol, o’z navbatida, pulning qadrsizlanishiga olib kelgan. Natijada, oliy hukmdor Ko’chkinchixon 1515- yilda navbatdagi pul islohotini o’tkazishga majbur bo’lgan. 1527- yilga kelgandagina ahvolning bir maromga tushishiga erishilgan. Shayboniy Abdullaxon II o’tkazgan pul islohoti Buxoro xonligi tarixida muhim ahamiyatga ega voqea bo’ldi. U oltin pul zarb etishni yo’lga qo’ygan va uning tarkibiga qiymati past bo’lgan boshqa ma'danlar aralashtirmasligini qattiq nazorat ostiga olgan. Bu pullar xonlikning butun hududida muomalaga kirdi. Bu hol, o’z navbatida, hokimiyatning yanada markazlashuviga, xazinaga katta daromad tushishiga olib keldi, savdo-sotiq yanada jonlandi.
Shayboniylar davlatidagi ichki ziddiyatlar markaziy hokimiyat bilan mahalliy hokimiyat o’rtasidagi ziddiyatlarda to’la namoyon bo’lgan. Shayboniylar davrida yer egaligining iqto, suyurg’ol, tanho va jogir turlari bo’lgan. Shayboniyxon davrida davlatni kichik-kichik mulklarga (suyurg’olga) bo’lib idora qilinardi. Bu hol hokimiyatdan ajralib chiqishga sharoit yaratar edi. Shayboniyxon bu xatoni tuzatishga urinib, bo’ysunishni istamagan mahalliy hukmdorlar mustaqilligini tugatishga, ayrim hukmdorlarni almashtirishga harakat qildi. Bu esa mahalliy hukmdor va zamindorlarning keskin noroziliklariga sabab bo’ldi. Shayboniylar davrida mehnatkashlarning iqtisodiy ahvoli nochor edi. Ko’pchilik omma yersiz bo’lib, ijaraga yer olib ishlashga majbur edi. Aholidan 20 turdan ortiq soliq va to’lovlar olinardi. Asosiy soliq sug’oriladigan yerdan olinadigan xiroj bo’lib, daromadning 30 - 40 foizini tashkil qilardi. Davlat muassasalari, qo’shin va xon xonadoni xarajatlarini qoplash uchun to’lanadigan soliq ixrojot deb atalardi. Davlat pulga muhtoj bo’lganida favqulodda soliqlar ham joriy etilgan. Aholi soliq va jarimalar to’lashdan tashqari, mehnat majburiyatini ham o’tashi kerak edi. Bu majburiyat aholini kanallar, zovurlar qazishga, yo’l va ko’priklar qurishga, yem-xashak yig’ishga jalb etishni nazarda tutardi.
Ashtarxoniylardan Imomqulixon (1611 - 1642), Abdulazizxon (1645 - 1680), Subhonqulixonlar (1680 - 1702) Buxo­roning siyosiy birligini saqlab qolish uchun ko’p harakat qiladilar. Ammo xalq qo’zg’olonlari va feodal ichki ku­rashlar zarbasi ostida xonlik, ayniqsa, Ubaydullaxon (1702 - 1711) va Abdulfayzxonlar (1711 - 1747) hukmronligi davrida zaiflashib qolgan edi. Bu hol Buxoroni Eron shohi Nodirshoh tomonidan osongina istilo qilinishiga qulaylik tug’diradi (1740).
Balx va unga tobe bo’lgan Qunduz, Juzgun (Fayzobod), Shibirg’on va hozirgi Afg’onistonning shimoliy viloyatlari Ashtarxoniylar qo’li ostida bo’lib, Balx odatda valiahd tomonidan idora qilinardi. Chunki Balx viloyati bir to­mondan, Boburiylar imperiyasi va ikkinchi tomondan, Eron bilan chegaradosh bo’lib, katta harbiy va strategik ahamiyatga ega edi. Amudaryoning o’ng tomonidan Termiz, Ko’lob va Qobadiyon viloyatlari ham ma’muriy jihatdan Balxga tobe edi.10 Tarixchi A.A.Semenovning fikricha, Pomir Buxoroga bo’ysunmagan, Badaxshon esa garchi Buxoro xonligiga tobe deyilsa ham, lekin ko’p vaqtlargacha yarim mustaqilligini saqlab qolgan.
Ashtarxoniylar davrida davlat tizimi va boshqaruvi o’z tuzilishi, mohiyati jihatidan shayboniylar davridagidan deyarli farq qilmas edi. Davlatning ichki va tashqi siyosatiga doir masalalar rasman oliy hokimiyat boshlig’i Xon ixtiyori bilan hal qilinardi. Markaziy va mahalliy hokimiyat boshqaruvida ham shayboniylar davrida amalda bo’lgan lavozimlar saqlanib qolgan. Ashtarxoniylar davrida saroy qutvoli davlat lavozimi joriy etilib, u davlat mablag’i hisobiga amalga oshiriladigan qurilish, suv inshootlari barpo etish va obodonchilik ishlarini boshqargan. Buxoro xonligi ma'muriy jihatdan viloyatlarga, viloyatlar tumanlarga bo’linib boshqarilgan. Viloyat hokimlari xon tomonidan tayinlangan. Harbiy sohada doimiy qudratli harbiy qo’shin, markaziy harbiy qo’mondonlikning yo’qligi, qo’shinning zamonaviy qurol-yarog’lar, zambaraklar bilan ta'minlanmaganligi Buxoro xonligining harbiy jihatdan o’ta zaiflashuviga olib keldi.
Ashtarxoniylar davrida yerga egalik qilishning, ilgarigi asrlarda amalda bo’lganidek mulki sultoniy, xususiy mulk, vaqf yerlari shakllari mavjud edi. Mulki sultoniy davlat yerlari hisoblanib, undan keladigan daromad xon xazinasiga kelib tushardi. Davlat yerlaridan o’sha joylarda yashagan dehqonlar foydalangan, ular yerni ishlatib, olingan hosildan xiroj solig’i to’laganlar. Xon davlat tasarrufidagi yerlarni, aholi yashaydigan qishloqlarni shahzodalarga, yirik din ulamolari va sayyidlarga suyurg’ol shaklida, harbiy qism boshliqlari, saroy amaldorlariga tanho shaklida in'om qilardi. Suyurg’ol qilingan katta yer egalari xon xazinasiga soliq to’lamas edi. Tanho shaklida in'om qilingan yerlar tanhodorning xususiy mulki bo’lmay, o’sha yerlarda ishlayotgan dehqonlardan soliq olish huquqi berilar edi. Xon ayrim shaxslarga hukmdorga ko’rsatgan alohida xizmatlari uchun ham yer-mulklar in'om etardi. Bunday mulklar soliqlardan ozod qilinardi va shu boisdan ular „Mulki xurri xolis" deb atalardi. Xususiy mulkchilik tobora kuchayib bordi. Xon tomonidan davlat yerlarini soliqqa tortmaslik sharti bilan yirik boylar va saroy amaldorlariga sotish hollari ham yuz berdi. Xususiy mulk egalari u yerlarda o’zlari ishlamas edi, yersiz dehqonlarga ijaraga berib, ularni zo’ravonlik bilan ishlatib, katta daromad olardilar. Diniy mahkamalarga mulki sultoniy hisobidan berilgan u yerlar, masjidlar, xonaqohlar, qabristonlar vaqf mulki hisoblanardi. Vaqf mulkidan ham soliq olinmas edi. Ko’chmanchi chorvador qabilalar ham katta-katta yerlarni egallab, o’troqlashib, dehqonchilik bilan shug’ullanadigan bo’ldilar. Natijada Qo’ng’irot, Mang’it, Nayman, Do’rmon va boshqa aholi yashaydigan yirik manzilgohlar vujudga keldi. Barcha mulk shakllariga xos xususiyat shunda ediki, ularda yersiz kambag’al dehqonlar ijara hisobiga mehnat qilganlar. Buxoro xonligidagi yerga egalik qilishning bunday tartibi oqibatda: qishloq xo’jaligidan tushadigan daromadlarning alohida shaxslar qo’lida to’planib borishiga; xon xazinasiga tushadigan daromadlarning kamayib, davlatning kuchsizlanishiga; - yerda ter to’kib ishlovchi, mahsulot yetishtiruvchi mehnatkash aholi moddiy ahvolining og’irlashuviga olib keldi. Tinimsiz urushlar, qabila boshliqlari va amirlar o’rtasidagi ichki kurashlar mamlakat iqtisodiy hayotini, aholining moddiy turmushini ayanchli ahvolga tushirdi. Sug’oriladigan yerlarda bug’doy, arpa, jo’xori, loviya, mosh, sholi, paxta, savzavot va poliz ekinlari ekilgan. Dasht va tog’oldi lalmi yerlarda ham boshoqli ekinlar, kunjut, tarvuz, qovun ekilib, dehqonchilik qilingan. Dehqonchilik mamlakat iqtisodining butunlay inqirozga tushib qolishidan saqlab turgan asosiy omil bo’lib, aholining oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qilgan. Imomqulixon davrida, 1614-1615- yillarda Qashqadaryodan Qarshi cho’liga kanal qazilgan. 1633-1634- yillarda Qo’shqo’rg’onda kanal qazilib, vohalarga suv chiqarilgan. Biroq ashtarxoniylar davrida suv inshootlari qurilishiga yetarli e'tibor berilmadi.11 Chorvachilik ham qishloq xo’jaligining yetakchi tarmog’i bo’lgan. Mehnatkash aholi chorva mollarini boqib, go’sht, sut mahsulotlari yetishtirgan. Ammo katta yaylovlar xon, saroy amaldorlari, din peshvolari, qabila boshliqlariga tegishli bo’lib, ming-minglab qo’ylar, podalar, yilqilar, tuyalar boqilardi. Jun, teri va boshqa chorvachilik mahsulotlari yetishtirilar, ichki va tashqi bozorda sotilar edi. Ho’kizlardan yer haydashda, omoch va mola tortishda keng foydalanilar edi. Hunarmandchilik va savdo. Hunarmandchilik mahsulotlari asosan shaharlarda, qisman yirik qishloqlarda yetishtirilar edi. Hunarmandchilikning to’qimachilik tarmog’ida ip yigirish, gazlamalar tayyorlash, tayyor kiyimlar tikish, gilam to’qish, kashtachilik ancha rivojlandi. Hunarmandchilikning kulolchilik tarmog’i ham rivoj topadi. O’lkada sog’ tuproq manbalarining ko’pligi sopol va chinni idishlar, ko’za, kosa va boshqa tayyor kulolchilik mahsulotlari tayyorlashga imkoniyat berardi. Metall va yog’ochga ishlov berish orqali uy-ro’zg’or buyumlari tayyorlash, binolar qurilishida yog’och va ganch o’ymakorligi kabi hunarmandchilik tarmog’i ham ancha o’sdi. Buxoro va Samarqandda yuqori sifatli yozuv qog’ozi ishlab chiqarish, tog’li hududlardan nodir metallar, kaliy qazib olish ham yo’lga qo’yilgan. Buxorolik hunarmandlar 200 ga yaqin kasb turlari bilan shug’ullangan. XVI - XVIII asrlarda Buxoro xonligida hunarmandchilikning turli sohalari, ayniqsa, to’qimachilik, qurol-yarog’ ishlab chiqarish, ko’nchilik, bo’yoqchilik, qog’oz tayyorlash va boshqalar rivojlangan edi.
Hunarmandchilikning rivojlanishi ichki va tashqi savdoning o’sishiga sabab bo’ldi. Davlatga qarashli yerlar (xolisa)ning juda ko’p qismi suyurg’ol va tanho yo’li bilan feodal va ruhoniylarga in’om qilinishi natijasida yer solig’idan davlat xazinasiga tushadigan daromad kamayib ketadi. Bu og’ir iqtisodiy ahvoldan qutulish uchun hunarmandlar va savdogarlardan olinadigan soliqlarni oshirishga harakat qilingan. Shuning uchun hunarmandchilik hamda ichki va tashqi savdoni rivojlantirishdan markaziy davlat manfaatdor edi. Yirik yer egalari - feodal va ruhoniylar ham savdo bilan shug’ullanardilar. Chet ellardan keladigan savdogarlar podsholikka va shuningdek, Xo’ja Sa’dga qarashli Gavkushon karvonsaroyida to’xtashlari ham mumkin edi.12
XVII-XVIII asrlarning birinchi yarmida savdo-sotiq ishlari ham bir qadar o’sib bordi. Savdo-sotiq ishlarida Buxoro, Samarqand, Qarshi, Toshkent, Balx va boshqa yirik shaharlarning mavqeyi baland edi. Ichki savdoda dehqonchilik, chorvachilik mahsulotlariga, hunarmandchilik buyumlariga ehtiyoj kattaligi sababli bozorlar gavjum bo’lardi. Tashqi savdo ham to’xtab qolmadi. Rossiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Qashg’ar, Turkiya mamlakatlariga paxta, teri, jun, turli matolar va boshqa qishloq xo’jalik mahsulotlari chiqarilar edi. Buxorolik savdogarlarning Sibir shaharlarida o’z savdo rastalari bo’lgan. Xitoydan shoyi matolar, chinni idishlar, dori-darmon, choy, Hindistondan qimmatbaho toshlar, matolar, oltin iplar olib kelib sotilgan. Ashtarxoniylar davrida davlat xazinasini boyitishning yagona usuli soliq deb hisoblangan. Shu boisdan soliqlar turi va miqdori ko’paytirilgan. Asosiy soliq to’lovchi raiyat - dehqonlar, chorvadorlar, hunarmandlar, savdogarlar bo’lib, ulardan xiroj, zakot, ixrojot, boj va boshqa soliqlar undirilgan. Soliqlardan tashqari aholi kanallar qazish, ariqlarni tozalash, qurilish va boshqa ishlarga majburan jalb etilardi.
Urush yillarida soliq miqdori haddan tashqari oshirilardi. Subhonqulixon davrida raiyatdan 7 yillik soliqlarni birdaniga yig’ib olish hollari bo’lgan. Ubaydullaxon esa aholidan yig’iladigan soliqlar miqdorini 4 baravarga ko’paytirgan. Ubaydullaxon 1708- yilda pul islohoti o’tkazib, tarkibining 35 foizini kumush tashkil etuvchi tangalar o’rniga, tarkibida 9 foiz kumush bo’lgan tangalarni zarb ettiradi va uning qimmatini oldingi tangalarga teng deb belgilaydi. Natijada pulning qadri 4 baravar kamayadi, norozilik kuchayib, do’kondor va hunarmandlar o’z mahsulotlarini sotmay qo’yadi, do’konlar yopiladi, savdo-sotiq ishlariga katta zarar yetadi. Muhammad Amin Buxoriyning „Ubaydullanoma" asarida „Oddiy xalq va kambag’allar mushkul ahvolda qoldilar, kundalik yeyish-ichishdan mahrum bo 'ldilar, hatto kafan uchun mato topolmay, jonlarini xudoga topshirdilar", deb yozilgan edi. Bunday ahvolga chiday olmagan xalq 1708- yilda Buxoroda qo’zg’olon ko’taradi. Qo’zg’olonchilar xon saroyiga yaqinlashib, saroyni o’rab oladilar. Ark darvozasiga tosh yog’dirib, xonni haqoratli so’zlar bilan badnom qiladilar. Qo’zg’olon bostiriladi, yangi tangalar qimmati ikki baravarga tushirilib, do’konlar qayta ochiladi. 1712- yilda Samarqandda qo’zg’olon ko’tarilib, xalqqa zulm va zo’ravonlik qilayotgan kenagas qabilasidan qo’yilgan Sulton To’qsabo shahardan haydaladi. XVIII asrda Balx, Karmana, Miyonqol, Shahrisabz va boshqa viloyatlarda ham xalq qo’zg’olonlari ko’tariladi. Biroq qo’zg’olon tartibsiz, tarqoq holda bo’lganligi uchun tezda bostiriladi. Xalq qo’zg’olonlari Buxoro xonligi siyosiy tartiblarining istiqboli yo’qligini yaqqol ko’rsatdi va uni yanada zaiflashtirdi.


Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish