2. “Badoe’ul vaqoe’” asari (“Nodir voqealar”)
O’z davrining yetuk adibi va shoiri Zayniddin Vosifiyning hayoti va ijodi haqida uning yagona yirik asari “Badoe’ul vaqoe’” ( “Nodir voqealar”) orqali bilib olamiz. Vosifiy bu asarni esdalik sifatida yozgan. Bu asar 1532 – yilgacha bo’lgan voqealarni o’z ichiga oladi. “Badoe’ul vaqoe’” Xuroson, Movarounnahr, Turkiston va qisman Eronning o’sha davr ilmiy, adabiy ahvoli, madaniy saviyasi va ziddiyatlari aks etadigan oynagina emas, tarixiy ahvolni kitobxon ko’z o’ngida aniq, ravshan nomoyon qila oladigan ulkan bir tasviriy lavhadir” deya yozadi Sadriddin Ayniy.
Lelingradlik sharqshunos olim, Aleksandr Nikolaevich Boldirev 1954-yil “Badoe’ul vaqoe’” asari bo’yicha doktirlik dissertatsiyasini yoqlagan. Sadriddiin Ayniy bu ishga yuqori baho beradi va “A.N.Boldriev tayyorlagan “Badoe’ul vaqoe’” tanqidiy matni nashr qilinadigan bo’lsa, Sovet shaqshunosligining ulkan zafari bo’lgusi edi” degan fikrlarni bildiradi. Asarning tanqidiy matni ustida olim 1935-yilda ishni boshlaydi. U Sovet Ittifoqidagi qo’lyozma fondlarida saqlanayotgan “Badoe’ul vaqoe’”ning 25 nusxasini to’plab, ularni taqqoslab, tanqidiy matnini to’play boshlaydi. Tadqiqot ishi nihoyasiga yetguncha va u nashr etilgandan keyin ham A.N.Boldriev Vosifiy va uning asari haqida o’nlab maqola va risolalar chop etadi. “Badoe’ul vaqoe’” ning 1961-yildagi nashri noyob bo’lib qolgach, 1971-yilda Kamol Ayniy tashabbusi bilan Tehronda uning ikkinchi nashri chop etiladi. Vosifiy va uning asari haqida S.Ayniy ko’plab tadqiqotlar olib brogan. 1956-yilda S.Ayniyning “Vosifiy va xulosai “Badoe’ul vaqoe’” asari bosib chiqarildi.
Vosifiy o’z asarini Movarounnahrga Ismoil Safaviy boshchiligidagi qizilboshlilarning bostirib kirish voqealari, o’zining Movarounnahrga safarini va kelajakda mashxur “Badoe’ul vaqoe’”asarini yozishini oldindan bashorat qilgan Abuljud karomatidan boshlaydi. Vosifiy asari sarlavhali 28 qism va bitta hikoyatdan iborat bo’lib, har bir qismdagi voqealrni ham nasrda va chiroyli tashbehli g’azallarda ham ifodalaydi. Asarni o’qishda Zayniddin Vosifiyning shoirlik bobida, ayniqsa muammo yechish san’atida dong’i chiqqanligini bilish mumkin. Va asarining “Fazilat ahlining bu kaminani insho san’ati va muammo yechishda imtihon qilgani” nomli qismida Samarqandda bir guruh fozillar hoja Amirko Shohiy uyida mehmon bo’lib turganlarida gap insho va muammo san’atiga borib taqaladi va bunda Vosifiyning tengi yo’q degan fikrga kelishadi. Lekin Vosifiyga shubha bilan qaraganlar uni chaqirtirishni va sinab ko’rishni aytadilar. Vosifiyni chaqirtirib kelishadi va mehmonda o’tirganlar har biri o’zlarini muammolarini aytib, yechimi sifatida bir xat yozib berishini so’raydilar. Vosifiy o’ylab o’tirmasdan har bir muammoning yechimini chiroyli dalilalar bilan yozib beradi. Muammo san’ati bu davrda yangicha bir talqindagi adabiy yo’nalish bo’lib uni hamma ham tushinib, uddasidan chiqolmaganlar. “Muammo janri adabiy-tarixiy olamda yangi oqim edi, u XV-XVI asrlarda hokimlar va mutafakkirlarining diplomatik aloqa vositasiday edi. Sharafiddin Ali Yazdiy muammo janrining asoschilaridan biridir. Bu janrning keying ijodkorlari A.Jomiy, A.Navoiy, Z.Vosifiy hisoblanadi”1
Asarda siyosiy jarayonlardan shayboniylarning safaviylar bilan kurashi voqealari ham keltiriladi. Bu haqda “Samarqand shahrida zohir bo’lgan voqealar zikridan. U ham bo’lsa Najmi Soniyning kelishi edi” qismida keltiradi. Unda yozilishicha 1512 yil (hijriy 918) iyun oyi o’rtalarida 80 ming safaviylar Najmi Soniy boschiligida Amudaryodan kechib o’tadilar. Shunda Samarqandga “Najmi Soniy Samarqandni egallab, shaharni tekislayman, poliz ekaman. Uning qovunidan tuhfa qilib Shoh Ismoilga yuboraman. Keyin Xitoyga yurish qilaman” degan xabar keladi. Bu gaplardan butun shahar ahli sarosima, qo’rquvga tushib, shahardan qochish taraddudlanadi. Hatto o’sha paytda shayboniy hukmdorlardan Ko’chkunchixonlar, Jonibek sultonlar, Ubaydullaxonlar ham chekinshga qaror qiladi. Lekin naqib lavozimida bo’lgan, laqabi Amir Arab bo’lgan Sulton Abdulla Ubaydillaxon bilan uchrshib uni qizilboshlarga qarshi undaydi. Shu asnoda shayboniylar birlashib Najmi Soniyni hatto kiyim boshlarini kiyishiga ulgirmasdan uni boshini kesib, kallasini nayzaga ildirib oladilar.
ZayniddinVosifiy o’z asarida Ulug’bek Miroz, Alisher Navoy, Pahlavon Muhammad, Binoy kabilarning adolatliligi, fazilatlari haqida turli hikoyalar bilan keltirib o’tadi. Ulug’bek Mirzo adolatliligi, ishbilarmonligi haqida bir nech kishilarning Ulug’bek oldiga o’z muammolarini arz qilib kelganliklarini va bu arzlarni Ulug’bek Mirzo ajoyib yo’sinda hal qilganligi to’g’risida bir necha voqealarni keltiradi. Shulardan birida Samarqanddan Buxoroga borayotgan biri kishi daraxt soyasida dam olayotganida bir yo’lovchini uchratadi va uni ovqatlanishiga taklif etadi. Boyagi kishi o’zidagi ming tangali hamyonini yo’lovchiga berib, uyiga berib o’tishini iltimos qiladi. Buxorodan uyiga qaytib kelganida hamyonini yo’lovchi uyiga bermaganligini biladi va buni Ulg’bek Mirzoga arz qiladi. Ulug’bek o’sha hamyonni olgan kishini chaqirtiradi va hamyonni so’raganda u hech qanday hamyonni olmaganligini va o’sha daraxt qayerdaligini, hamyon egasini ham tanimasligini aytadi. Ulug’bek o’sha daraxtdan bir necha barg olib kelishni buyiradi. Ulug’bek hamyonni olgan odam bilan suhbat qurib o’tirganda undan so’rab qoladi: “boyagi odam daraxtga yetib bordimikan-a?”. U odam esa “Menimcha hali yetgani yoq” deb javob beradi. Shunda podsho kulib sen u odamni yetib bormaganligini qayerdan bilding? U daraxtni, joyni bilmayman degan edin-ku deb uni aldaganini isbotlaydi va hamyonni egasiga qaytarish kerakliligini buyuradi.
Asarda Binoy haqidagi qismida Alisher Navoiyning unga e’tiqodi kuchli edi deyiladi. Alisher Navoiy o’zning “Tazkiratush shuaro” asarida Binoyga tanqidiy fikr bildirib, lekin shu o’rinda qobilyatli ekanligi haqida ham yozib o’tadi. Bu haqda “Badoe’ul vaqoe’”da “Tazkiratush shuaro”dan shunday fikrlar keltirildi: “Mavlono Binoiy aholining o’rta tabaqasidan. Tug’ilgan joyi Hirotdir. Katta qobilyatga ega. Avval o’qishga qattiq berildi. Unda yetuklik iqtidori ko’p edi. Ammo o’qishni davom ettirmadi. Xattotlik san’atiga ishtiyoq hosil qildi. Oz fursatda ko’p narsani ko’chira olardi. Musiqa faniga ham mayl ko’rsatdi. Uni o’rganib ko’p asarlar yozdi; advor – musiqa nazariyasi va nota haqida risola yozdi. G’alati yozilgani va qusirlari bo’lganidan el ko’ngliga maqbul bo’lmadi. Shu sabab bo’ldiyu bechorahol bo’lib yurdi, qiynaldi. Piri – ustodi yo’q edi. O’z boshimcha ish tutganidan ishi yurishmadi”. Shu o’rinda Binoiy ham Alisher Navoiyga ihlosmand ekanligini va Binoiy tilidan “Amir Alisherning tab’i nozikligi va mizoji qaytganligi tufayli Xuroson mamlakatida yashash imkoniyati bo’lmay qoldi” kabi fikrlar keltiriladi Vosifiy asarida.
Zayniddin Vosifiy Toshkentda umrining ma’lum qismini o’tkazadi. Toshkentning havosi, Eram bo’g’lariga qiyoslagan bog’lari, anori, sersuv shaftolilari, noklari haqida ko’p hayrat bilan yozadi. Va Toshkentning tarifi keltirilgan 83 baytli she’rini ham yozadi.
Toshkand mulkin ta’rifin etay,
Nuqtalar shodasin nazmga bitay.
Bir diyorki, anda sunbulu ra’no.
Xalqin jahon aytar mardumi dono.
Andoq bir shaharki jannatmakondir,
Hijolatdan jannat siynasi qondur
Top-toza ziloldek Parak daryosi
Salsabil nahriga monand qiyosi.
Ostidagi toshlar durdan qolishmas,
Durlar bozorida narxi hech tushmas.
Nasimi go’yoki Isonafasdir
Anga yetmoq masihoga havasdir
Umuman “Badoe’ul vaqoe’”da keltirilgan ma’lumotlardan shuni bilish mumkinki, Zayniddin Vosifiy o’zi yashab turgan davr voqealariga befarq emasligini, o’z davri va o’zidan oldingi shoiru olimlarning hayoti va faoliyati, asarlari haqida yaxshi bilishi, tarixiy voqealardan misollar keltirishi esa uning tarixni ham yaxshi bilishidan(Firdavsiy va Mahmud G’aznaviy o’rtasidagi munosabatlar, “Shohnoma”dostonining yozilishi tarixi) belgi be radi. Asardan XVI asr boshlaridagi voqealar tarixini bilishimiz, adabiyot sohasining kenga tarqalganligini, hukmdorlar ham bunga o’z hissasni qo’shib homiylik qilgani, tarbiyaviy jihatdan tasir ko’rsatuvchi bilimlarni bilishmiz mumkin bo’ladi.
NavDPI “Tarix o’qitish metodikasi”
4-“G” guruh talabsi Sattorov Amin
Do'stlaringiz bilan baham: |