1001111
0100111
1010011
1101001
1110100
0111010
0011101
1001110
0100111
1010011
4-rasm. Polinom х 7 + х6 + х2 uchun skrembler holatlari
Ushbu 4-rasmdan skrembler orqali tashkil etilgan ketma-ketlikning uzunligi, davriyligi 7 ga teng bo‘ladi. Ya’ni 7 qadamdan so‘ng sonlar takrorlanadi.
3. Skrembler yordamida shifrlashga oddiy misol
Ushbu yondashuvdan foydalanib oddiy ikki baytli axborotni shifrlashni ko‘rib chiqamiz. Misol sifatida ‘uz’ ochiq matnni tanlaymiz. ASCII jadvalidan (1-ilova) ushbu matn uchun quyidagi ikkilik kodini shakllantiramiz. Unga binoan ‘u’ - ‘01110101’ va ‘z’- ‘01111010’, demak ‘uz’ - ‘0111010101111010’ bitlardan iborat bo‘ladi. Quyidagi polinom х7 + х6 + х2 uchun skremblerni shakllantiramiz va boshlang‘ich kalit 10011112 bo‘yicha ‘0111010101111010’ kodni shifrlaymiz.
Barcha jarayonlarni jadval shaklida tasvirlaymiz (1-jadval).
1- jadval
Skrembler yordamida ‘uz’ matnini shifrlash
Skrembler
х7 + х6 + х2
|
Kalit
|
Qo‘shi-luvchi
bit
|
‘uz’matni
bitlari
|
Natija
|
|
1001111
|
|
|
|
0100111
|
1 ⊕
|
0
|
1
|
1010011
|
1 ⊕
|
1
|
0
|
1101001
|
1 ⊕
|
1
|
0
|
1110100
|
0 ⊕
|
1
|
1
|
0111010
|
0 ⊕
|
0
|
0
|
0011101
|
1 ⊕
|
1
|
0
|
1001110
|
0 ⊕
|
0
|
0
|
0100111
|
1 ⊕
|
1
|
0
|
1010011
|
1 ⊕
|
0
|
1
|
1101001
|
1 ⊕
|
1
|
0
|
1110100
|
0 ⊕
|
1
|
1
|
0111010
|
0 ⊕
|
1
|
1
|
0011101
|
1 ⊕
|
1
|
0
|
1001110
|
0 ⊕
|
0
|
0
|
0100111
|
1 ⊕
|
1
|
0
|
1010011
|
1 ⊕
|
0
|
1
|
Shunday qilib, olingan natija ‘1001000010110001’ shifrmatn bo‘lib, ASCII jadvali (1-ilova) bo‘yicha bu ‘ђ±’ satriga aylantirildi.
Olingan shifrmatndan ‘1001000010110001’ boshlang‘ich matnni tiklash uchun skrembler ‘1110010111001011’ kodlari bilan qo‘shish ⊕ amalini bajaramiz, ya’ni
⊕
|
1001000010110001
1110010111001011
0111010101111010
|
Oddiy misollarda, shu bilan birga umumiy holda skrembler yondashuvi orqali matnlarni shifrlash va deshifrlash imkoniyatlari yoritib berildi. Talabalar ushbu bilimlarga asoslanib dasturiy ta’minotni yaratishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Amaliy mashg‘ulot
Mavzu: N bitli skremblerni qurish va takrorlanish davrini hisoblash.
Ishdan maqsad: Skrembler usulini o‘rganish va uning asosida matnni shifrlash.
1)Oqimli shifrlash usuli bilan tanishish va skrembler algoritmini tushunib olish;
2) Skrembler usulining kamchiliklarini tahlil qilish;
3)Amaliy dastur ishlab chiqish maqsadida oddiy misollar bilan tanishish.
Amaliy mashg‘ulot ishini bajarish tartibi
Nazariy ma’lumotlar bilan tarnishing.
Kompyuterni ishga tushiring.
Topshiriqlar ro‘yxatidan variantni tanlang.
ASCII jadvalidan foydalanib matnni bitlar ketma-ketligini shakllantiring.
Skrembler yordamida boshlang‘ich kalitdan bitlar ketma-ketligini tuzing.
Skrembler davriyligini aniqlang.
Internetga kiring.
Kripto-kalkulyatorlar bilan tarnishing.
Deshifrlash jarayionini bajaring.
Ma’lumotlarni kripto-kalkulyatorda tekshirib ko‘chiring.
Bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobotlarni tayyorlang.
Hisobotni himoyaga tayyorlang.
Ishni tugating.
Hisobotni rasmiylashtirish tartibi
Akademik jurnal bo‘yicha variant tanlansin.
Hisobotning matn qismi standart o‘lchamdagi varaqlarga (A4 hajmida 210-297 mm) 1,5 intervalda Times New Roman 14 shriftida yozilishi lozim. Fayl formati MS Office 2003 bo‘lsin.
Hisobotdagi jadvallar va rasmlar tartib bilan raqamlashtirilsin va nomlansin.
Matnda rasm va jadvalga izoh berilishi kerak.
Matn rasm va jadval bilan boshlanmasin.
Matn qismi titul varaqasi bilan boshlanadi va betlar ketma-ket sonlar bilan raqamlashtiriladi.
Hisobot o‘qituvchining elekton manziliga «Kriptografiya 1 guruh –№-AX 4-amaliy» mavzusi bilan jo‘natilsin .
Hisobot yakuniy nazoratdan 5 kun oldin jo‘natilishi kerak.
O‘z vaqtida taqdim etilmagan hisobot baholanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |