11
Ingliz tilida qo’shma gaplar atamasi ilk bor Poutsma tomonidan bog’langan (compound) va
ergash gapli qo’shma gaplarning (composite) har ikkalasi uchun ham qo’llanilgan va buning
natijasida sodda (simple), bog’langan (compound) va ergash gapli (composite) qo’shma gaplar
klassifikatsiyasi vujudga kelgan. Bu klassifikatsiya ingliz grammatikasida XIX asrning
o’rtalarida paydo bo’ldi. Lekin an’anaviy til vakillari boshidanoq bu tasnifda bog’langan
qo’shma gapga berilgan ta’rifning to’g’ri emasligini anglab yetishgan. Ularning fikricha
bog’langan qo’shma gaplar sintaktik jihatdan mustaqil bo’lgan, teng bog’langan gaplardan
tashkil topadi. Bizga ma’lumki, hozirda bog’langan qo’shma gap yaxlit sintaktik butunlikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: