Students should be evaluated after the lesson taking into a consideration their being
Yurtimizda olib borilayotgan ham iqtisodiy, ham ta’limdagi islohotlar, milliy taraqqiyotning
ustuvor yo’nalishlari ijrosi natijalari butun dunyoda O’zbekistonning siyosiy iqtisodiy va ta’lim
jabhalarida o’ziga xos muvaffaqiyatlarga erishayotganining in’ikosi sifatida qabul qilinmoqda.
Ayni paytda men yurtboshimiz o’z ma’ruzasida aytib o’tgan fikrni keltirmoqchiman: ‖Ya’ni,
erishilgan bunday marralar –barqaror rivojlanibborayotgan iqtisodiyotga asoslanib, aniq
demokratik, huquqiy davlat qurish, inson, uning ma’naviyati, ta’lim masalalari, so’zda emas,
amalda oliy qadriyat darajasiga ko’tarilgan, jahon miqyosida obro’-e’tibor qozongan jamiyat
barpo etish borasida biz o’z oldimizga qo’ygan yuksak maqsadga qaratilgan uzoq va murakkab
45
Demak, yuqoridagi fikrda ta’riflanganidek, hali biz yoshlar amalga oshiradigan vazifalar
ko’p. Shu vazifalardan biri bu mustaqil O’zbekistonimizga har taraflama chuqur bilimga ega,
to’g’ri va keng fikrlovchi, elim deb, yurtim deb yonib yashovchi o’qituvchilardan biri bo’lib
yetishishdir. Ulg’ayib kelayotgan yosh avlodga ilm sirlarini o’rgatib, hozirda jahon talablariga
mos keluvchi kadrlarni tarbiyalashdir. Shu o’rinda men hozirda chet tillarni o’rganish naqadar
muhim ekanligini ta’kidlab o’tishimga hojat yo’q. Muxtaram yurt boshimiz oxirgi yillarda
so’zlagan nutqlarida hozirda ingliz tilini o’rganish naqadar dolzarb masala ekanini ta’kidlab
o’tmoqdalar. Bu fikrlardan xulosa chiqargan holda, men ham o’z bitiruv malakaviy ishimda ―
Ingliz va o’zbek tillarida qo’shma gaplar hajmi qiyosiy tahlili va ularni tarjima qilish
hamdao’qitish muammolari‖ mavzusiga qo’l urib, prezidentimizning chaqirig’iga labbay deb
javob berishga axd qildim.
Mazkur ―Ingliz va o’zbek tillarida qo’shma gaplar hajmi qiyosiy tahlili va ularni tarjima
qilish hamda o’qitish muammolari‖ bayonidagi bitiruv malakaviy ishga o’z yakunlovchi
xulosamni berar ekanman, ish o’z kutilgan natijasini berdi deb o’ylayman. Albatta, ushbu mavzu
o’z yechimini to’liq va mukammal darajada topolmagan taraflar ham bo’lishi mumkin, lekin
ko’zlangan maqsadga imkon qadar yaqinlashishga harakat qildim va buni uddaladim degan
umiddaman.
Ushbu bitiruv malakaviy ishni yoritish jarayonida ko’plab ilmiy, nazariy hamda amaliy va badiiy
adabiyotlarga murojaat qildim. Ko’plab yirik olimlarning bu sohadagi nazariy yondashuvlariga
va fikrlariga duch keldim va tanishib chiqdim, qolaversa, bu sohadagi nazariy yondashuvlariga
vafikrlariga duch keldim va tanishib chiqdim, qolaversa, ularning ushbu mavzuga daxldor
tomonlarini bir joyga jamlab, o’rganishga harakat qildim. Shuningdek, ushbu mavzuni yoritishda
har ikki tildagi shakllar bilan ham tanishib chiqdim va bundan ikki tildagi qo’shma gaplar
hajmini qiyosiy jihatdan o’rganishda foydalandim. Ishni mazmunan boyitishga, qo’yilgan
maqsad va vazifalarning yechimini topishga, har bir yangiliklarni misollar yordamida tushuntirib
berishga harakat qildim.
Ushbu bitiruv malakaviy ish ishga kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar
ro’yxatidan iborat shaklda yaratildi. Ushbu boblar haqida quyidagicha umumiy xulosalar
qilishimiz mumkin.
Ishning kirish qismida hukumatimiz tomonidan biz yoshlarga berilayotgan yuksak e’tibor va
imkoniyatlar haqida so’z borib, shuningdek, kadrlar tayyorlash milliy dasturining amaldagi
ro’yobi xususida fikrlar keltirilgan. Qolaversa, mazkur malakaviy ishning dolzarbligi, ilmiy
yangiligi, mavzuning ob’ekti, uning nazariy va amaliy qiymati va predmeti ham ishning kirish
qismida keltirilgan.
46
Ishning birinchi bobi hozirgi zamon tilshunosligida qo’shma gaplar nazariyasi bo’lib, unda
hozirgi zamon tilshunosligida qo’shma gaplarning o’rganilganlik darajasi, shuningdek qo’shma
gaplar hajmi va ularning tasnifi yoritib berilgan.
Ishning ikkinchi bobi ingliz va o’zbek tillarida qo’shma gaplar hajmi qiyosiy tahliliga
bag’ishlanadi. Ushbu bobda ingliz va o’zbek tillarida qo’shma gaplar hajmi haqida keng
mulohaza yuritiladi. Ularning ingliz va o’zbek tilshunoslari tomonidan hali tasnif etilmagan
struktural-semantik guruhlari saralanadi va misollar asnosida o’xshash va noo’xshash tomonlari
yoritiladi.
Ishning uchinchi bobida ingliz va o’zbek tillarida qo’shma gaplar hajmi, ularni o’zbek tiliga
tarjima qilish hamda maktablarda o’qitish yuzasidan metodik tavsiyalar berilib, mavzu yuzasidan
o’quvchilarda malaka va ko’nikma hosil qilishdagi eng qulay va foydali metodlardan foydalanish
bo’yicha uslubiy tavsiyalar va mashqlardan namunalar keltirib o’tilgan.
Umumiy qilib aytganda, ushbu bitiruv malakaviy ishimda ingliz va o’zbek tillarida qo’shma
gaplar hajmi qiyosiy tahlili bir qadar rivojlantirildi, ularning o’xshash va noo’xshash jihatlarini
ochib berishga harakat qildim, ularning tarjimasi va o’qitilishi bo’yicha tegishli uslubiy
tavsiyalar ishlab chiqdim va amaliyotga havola etdim. Ushbu ilmiy izlanishim nafaqat qiyosiy
tipologiya, balki grammatika, metodika fanlarini ham oz bo’lsada boyitishgaxizmat qiladi degan
umiddaman.
Do'stlaringiz bilan baham: