Zaxiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti


Fagotsitar jarayonga ta’sir ko’rsatadigan faktorlar



Download 19,33 Mb.
bet78/143
Sana28.03.2022
Hajmi19,33 Mb.
#513982
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   143
Bog'liq
микробиология мажмуа (2) (2)

Fagotsitar jarayonga ta’sir ko’rsatadigan faktorlar. Fagotsitlarning aktivligi organizmning fiziolagik holatiga qarab o’zgarib turadi. Avitaminozlarda fagotsitlar aktivligi susayib ketadi. Yallig’lanishda hujayralardan ajralib chiqadigan gistamin fagotsitozni kuchaytiradi. Mikroblar fagotsitozga to’sqinlik qiladigan turli – tuman moddalar ishlab chiqaradi – agressinlar, antifaglar, leykosidinlar shular jumlasidandir. Fagotsitoz ximiyaviy vazifani ham bajaradi. Infektsiyaning avj olish jarayonida hujayralarning fagotsitar aktivligi kuchayib boradi, sog’ayish esa, odatda leykotsitlar sonining ko’payishi bilan birga davom etadi. Hujayralar himoya funktsiyasining susayib qolishi yoki yo’qolib ketishi o’limga olib borishi mumkin.
Limfoid to’qimaning himoya funktsiyalari. Mikroorganizmlar teri bo’ylab borib, limfa to’qimalariga tushadi. Limfa tuginlari hujayralar to’plamidan iboratdir: bu hujayralarning ba’zilari fagatsuitlar funktsiyasining bajarsa, boshqalari antitelalar ishlab chiqaradi. Limfoid organizmning tana massasining 1% ini tashkil etadi. Taloq, jigar, buqoq bezida, shilliq pardalarda joylashgandir.
Antigenlar – antigenlar yunoncha anti- qarshi depos – tug’ilmoq, paydo bo’lmoq degan so’zlardan olingan. Oqsil tabiatiga ega bo’lgan moddalar, oqsillar, lipidlar va polisaharidlar birikmalari, mikroblar va ularning toksinlari, hayvon va o’simliklarning hujayralari, yod zardoblar va boshqalar antigenlar bo’lishi mumkin
To’la qimmatli antigenlar – organizmda antitelalar hosil qilish hususiyatiga ega bo’lib mana shu antitelalar bilan muayyan, o’ziga hos spetsifik tarzda o’zaro ta’sir qiladi. Antitelalar ta’siri ostida mikroblar bir-biriga yopishib, probirka tubiga cho’kib tushishi mumkin. Bu aglyutinatsiya reaktsiyasidir. Antigenlar, masalan: viruslar antitelalar bilan neytrallanishi va hayvonlarga yuborilganda ularda kasallik keltirib chiqarmasligi mumkin. Bu neytralizatsiya reaktsiyasidir.
To’la qimmatli bo’lmagan antigenlar – organizmda antitelalar xosil bo’lishiga sabab bo’lmaydiyu, lekin oqsil tarkibiga kiritilsa yoki organizm oqsillari bilan biriksa, ular to’la qimmatli antigen bo’lib qoladi.
Antigenlarning xossalar – antigenlar 2 ta xossaga ega: 1. Antigenlik ya’ni organizmda antitelalar xosil qilish xususiyatiga 2. Spesifiklikga, spesifiklik mazkur antigenning organizmga yuborilishiga javoban ishlanib chiqadigan antitelalar bilangina o’zaro ta’sir qilish xossasidir.
Antitelalar – deb organizmda antigenlar ta’siri ostida xosil bo’ladigan alohida spetsifik glabulinlarga aytiladi. Antitelalarning asosiy xossasi o’zini paydo bo’lishiga olib kelgan antigen bilan spetsifik tarzda birikib, organizmni infektsion agentlar ta’siridan saqlay olishidir. Antitelalar infektsion kasallik qo’zg’atuvchilarni yo neytrallab, zararsiz holga keltiradi. Masalan: Fagotsitlar yoki komplement ta’siriga sezgir qilib qo’yadi.
Antimikrob – antitelalar mikroblarni bir-biriga yopishtirib qo’yishi mumkin bunda ular aglyutininlar deb ataladi. Bakteriyalarni erituvchi antitelalar – lizinlar deb ataladi.

Download 19,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish