Zaxiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti


Mochevinaning parchalanishi



Download 19,33 Mb.
bet46/143
Sana28.03.2022
Hajmi19,33 Mb.
#513982
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   143
Bog'liq
микробиология мажмуа (2) (2)

Mochevinaning parchalanishi. Mochevinani ammonifikatorlarning alohida gruppasi bo’lgan urobakteriyalar parchalaydi. Bu bakteriyalarni 1862 yili Lui Paster kashf etgan. Urobakteriyalar mochevinani parchalab, N2O, NH3 va SO2 hosil qiladi:
NH2
CO < + 2H2O = (NH4)2 CO3 = 2NH3 + H2O + CO2
NH2
mochevina
Urobakteriyalar aerob tipda nafas oluvchilar bo’lib, bularda ureaza fermenti bo’lganligi uchun mochevinani parchalaydi. Mochevinani parchalab, ammoniy tuzlari hosil qilish urobakteriyalar uchun muhim ahamiyatga ega, chunki ular mochevinadan na uglerod, na azot manbai sifatida foydalana olmaydi. Bu bakteriyalar ammoniyli tuzlarda, organik kislotalarning tuzlarida yaxshi rivojlanadi. Urobakteriyalarning elektiv kulьturasini qo’yganda mochevina miqdori 3—10% bo’lishi kerak, natijada urobakteriyalar ko’p miqdorda (NH4)2CO3 hosil qiladi va muhitning rN ishqoriy tomonga o’zgaradi. Urobakteriyalar uchun rN-7,5-8,5 bo’lishi kerak. Bu bakteriyalar yumaloq va uzun tayoqcha shaklida bo’lishi mumkin. Ko’pchiligi spora hosil qiladi (22-rasm). Masalan, Plonosarcina ureae spora hosil qiladi. Urobacillus pasteurii yirik, harakatchan, peritrix tipda xivchinlangan, spora hosil qiladi. Urobacterium miquelii esa spora hosil qilmaydigan tayoqchasimon bakteriya.



22-rasm. A-Urobacteriae, B-Planocarsina urea.


Nitrifikatsii protsessi. Ammonifikatsiya protsessida hosil bo’lgan ammiakning bir qismi o’simliklar tomonidan o’zlashtirilsa, qolgan qismi nitrifikatsiya protsessida azot kislotagacha oksidlanadi. Nitrifikatsiya protsessida ishtirok etadigan bakteriyalarni 1889 yilda Vinogradskiy kashf etgan. Bu protsess ikki fazada boradi:
Birinchi fazada Nitrosomonas ishtirok etadi va NH3 ni HN02 gacha oksidlaydi:
2NH3 + 3O2 →2HNO2 + 2H2O + 658 kJ
Ikkinchi fazada Nitrobacter ishtirok etadi. U HNO2 ni HNO3 gacha oksidlaydi (23-rasm):
2HNO2 + O2 = 2HNO3 + 180 kJ
Nitrobacter tuxumsimon shakldagi kurtaklanuvchi bakteriya, rivojlanish tsiklida harakatchan bosqichni ham o’tadi. Nitrosomonas va Nitrobacter doim birga uchraydi, birining hosil qilgan mahsuloti ikkinchisi tomonidan o’zlashtiriladi. Bunga metabioz deyiladi. Birining hosil qilgan mahsuloti ikkinchisi uchun oziq manbai hisoblanadi.
Nitrifikatorlar ximiyaviy energiya hisobiga SO2 va N2O dan organik moddalar sintezlaydi, energiyani esa NH3 ning HNO2 gacha va HNO2 ning HNO3 gacha oksidlanishidan oladi, ya’ni xemosintez protsessini amalga oshiradi.
Nitrifikatsiya protsessining birinchi bosqichi ikkinchisiga nisbatan jadal o’tadi, chunki birinchi bosqichda 658 kJ, ikkinchi bosqichda atigi 180 kJ energiya ajraladi.
Nitrifikatorlar organik modda sintezlash uchun yashil o’simliklar singari, SO2 ni yoki NaHCO3 ni o’zlashtiradi. Bikarbonatlar tez parchalanib, SO2 hosil qiladi:
2NaHCO3 ↔ Na2SO3 + SO2 + N2O
Vinogradskiy nitrifikatorlar organik moddalarga nisbatan juda sezgir ekanligini aniqlaydi. Ayniqsa, Nitrosomonas juda sezgir, agar muhitda bir oz ko’proq organik modda yig’ilib qolsa, bakteriyalarning



23-rasm. Nitrifikatorlar: a-Nitrosomonas; b- Nitrobacter.


o’sishi sekinlashadi, agar yanada ko’proq to’plansa, bakteriyalar butunlay o’sishdan to’xtaydi. Bularni quyidagi jadval ma’lumotlaridan ko’rish mumkin (9-jadval).


9-jadval
Nitrifikatsiyalovchi bakteriyalarning o’sishiga organik
moddalarning ta’siri

Moddalar

Nitrozomonas

Nitrobaktsr




o’sishnn

o’sishni

o’sishni

o’sishni




sekinlash-

to’xtatadi

sekinlash-

to’xtatadi




tiradi (%)

(%)

tiradi (%)

(%)

Uzum shakari

0,025

0,05

0,05

0.2

Pepton

0,025

0,2

0,08

1,25

Asparagin

0,025

0,3

0,05

0,5

Nitrozomonas bir qism uglerod o’zlashtirishi uchun 35 qism azot, nitrobakter esa 135 qism azot oksidlashi kerak, buni quyidagi jadval ma’lumotlaridan qurish mumkin (10-jadval).

10- j adval


Nitrozomonas va nitrobakteriyalar uglerod o’zlashtirishi bilan azotni oksidlashi orasidagi bog’lanish

Oksidlangan azot


O’zlashtirilgan uglerod
Azotning uglerodga nisbati

Oksidlangan azot


O’zlashtirilgan uglerod
Azotning uglerodga nisbati

722,0
19,7


36,6

475
3,52


135




Download 19,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish