Zaxiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Download 19,33 Mb.
bet45/143
Sana28.03.2022
Hajmi19,33 Mb.
#513982
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   143
Bog'liq
микробиология мажмуа (2) (2)

Temir bakteriyalari. 1888 yilda Vinogradskiy temir bakteriyalarida uchraydigan xemosintez protsessini kashf etdi. Bu bakteriyalar chuchuk va sho’r suvlarda ko’p tarqalgan bo’lib, ikki valentli temir tuzlarini o’zlashtirib, temir gidratlar hosil qiladi:
FeCO3 + 6N2O + O2 = 4Fe(OH)3 + 4SO2 + 167 kJ
Temir bakteriyalari ko’l va botqoqliklarda temir rudalari hosil bo’lishida ishtirok etadi. Uzoq vaqtgacha bu bakteriyalarni aniqlay olmaganlar. B.V.Perfilьev 1926-1927 yillarda ko’l cho’kindisidan temir bakteriyasini topgan va Sphacrothrix deb nomlagan(18, 19, 20-rasmlar). Keyinchalik, u kapillyar-mikroskopiya metodidan foydalanib, cho’kindi moddalardan yangi temir bakteriyasi - Metallogenium ni ajratib olishga muvaffak bo’ldi. Bu bakteriya tabiatda juda keng tarqalgan bo’lib, temir konlari hosil bo’lishida muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi.
Tabiatda Met. galionella mikoplazmalar shaklida tarqalgan. Temir bakteriyalari orasida kokksimon, tayoqchasimon va ipsimon formalar uchraydi. Ko’pchiligi fakulьtativ avtotrof bo’lib, ipsimon vakillari ko’ndalangiga bo’linib yoki harakatchan konidiyalar yordamida ko’payadi. Mikroorganizmlarning atigi 0,1% agarli muhitda o’sa oladi. SHuning uchun mikroorganizmlarni tekshirish ishlarida tabiiy sharoitga yaqin bo’lgan sharoit yaratish muhim ahamiyatga ega. SHu maqsadda mikrobiologlar ko’pincha shisha plastinkalarni ma’lum muddatga tuproqqa ko’mib yoki suvga botirib qo’yadilar, so’ngra ularga yopishib qolgan mikroorganizmlarni tekshiradilar.
Mikroorganizmlarni tekshirishda mikroskopiya metodlari ham qo’llaniladi. Ko’pgina bakteriyalarning bioximiyasi, fiziologiyasi ana shu metod bo’yicha o’rganiladi. Lekin kapillyar mikroskopiya metodi kelgusida yana ham keng imkoniyatlarga yo’l ochib beradi va undan mikrobiologiyaning boshqa tarmoqlarida ham foydalanish imkoni tug’iladi.

18-rasm. Temir bakteriyalari: 19 -rasm. Dictiobacter
a-Cladotrichs dichotomas,
b-Cealionelle feriginea,
v-Spirillium

20-rasm. Caulobactcr.
Perfilьev kapillyar mikroskopiya metodidan foydalanib, ilgari noma’lum bo’lgan yirtqich bakteriyalar gruppasini — temir bakteriyalarning yangi avlodi — Metallogenium ni topib, ularning fiziologiyasi va morfologiyasini o’rgandi. Masalan, yirtqich bakteriyalardan Dictyobacter harakatchan, ovalsimon yoki yumaloq shakldagi koloniyadan iborat. Koloniyasi bir uchi qayrilgan tayoqchasimon hujayralardan tashkil topgan, ularning uzunligi 2-6 mkm, eni 0,7-1,2 mkm. Bu koloniya o’zidan yirik bo’lgan oltingugurt bakteriyalari bilan oziqlanadi, mabodo oltingugurt bakteriyalari bo’lmasa, cho’kmadagi eritmalar bilan ham oziqlanaveradi.
Yirtqichlardan yana biri Cyclobacter bo’lib, koloniyasi yumaloq, hujayralari bir-biri bilan plazmodesmalar orqali bog’lanadi. Bular 3-4 tadan to 30 tagacha bo’lib birlashishi mumkin.
Cyclobacter ning rivojlanishi. Birinchi fazada - ipsimon, harakatchan, ikkinchi fazada yumaloq bo’ladi. Keyin alohida kichik-kichik mikrokoloniyalar hosil qiladi. Uchinchi fazada to’rsimon mikrokoloniyalar hosil qiladi. Oldingi fazalarda mikrob saprofit usulda oziqlansa, keyingi fazalarda maxsus tutqich o’simtalar hosil qilib, yirtqichlik bilan hayot kechira boshlaydi.
Er yuzidagi barcha tirik organizmlar qachonlardir o’lik materiyadan hosil bo’lgan, shu bilan birga o’lik materiyadan keskin farq qiladi, lekin u bilan doim munosabatda bo’ladi. Jonsiz va jonli tabiatdagi o’zgarishlar doimiy va uzluksizdir, moddalar bir xolatdan ikkinchi xolatga o’tib turadi, organik moddalar hosil bo’ladi, ular yana parchalanib turadi. Bu oddiy moddalarning kichik biologik aylanish doirasidir.
Bu doirada tirik moddani tashkil etgan kimyoviy elementlardan S, N, S, R ning tabiatda aylanishi muhim ahamiyatga ega, chunki bu elementlar oqsil tarkibiga kiradi.
O’simliklar atmosferadagi erkin azotni va organik moddalar - tarkibidagi azotni o’zlashtira olmaydi. Ular faqat mineral xoldagi azotli birikmalardan: ammoniyli va azotli tuzlardan foydalanadi, xolos. Agar podzol tuproqlar xaydalma qatlamining 1 gektarida 6000kg azot bo’lsa, shundan o’simliklar o’zlashtira oladigani 1% ni tashkil etadi. Lekin bu azot ekinlardan xatto bir marta yaxshi hosil olish uchun ham yetmaydi.
Demak, yer yuzida hayot davom etishi uchun o’simliklar va hayvonlar tomonidan hosil bo’lgan organik moddalar doim parchalanib turishi kerak. Organik moddalarning parchalanishida mikroorganizmlarning roli nihoyatda katta. Ular hayot protsessi natijasida organik moddalarni parchalaydi va SO2, N2O, NH3, NO, S, R va boshqa anorganik moddalar hosil qilali, bu moddalar yana aylanish doirasiga o’tadi. Tabiatda moddalar doim va uzluksiz aylanib turishini V.L.Omelyanskiy ta’kidlab o’tgan.
Tabiatda azot zaxirasi juda ko’p, havo tarkibida 4/5 qismni azot tashkil etadi. 1ga yer ustidagi havoda 80000 t azot bo’ladi. Yer yuzida yashab turgan organizmlardagi azotning miqdori 20-25 milliard tonnani tashkil etadi.
Podzol tuproqlar xaydalma katlamining 1 gektarida 6 t, qora tuproqlarda 18 t azot bo’ladi. Mikroorganizmlarning ayrimlari organik moddalarni parchalab, mineral moddalar hosil qiladi. Bu mineral moddalarni o’simliklar o’zlashtiradi, ikkinchi tomondan azotfiksatorlar havodagi azotni o’zlashtirib, undan organik moddalar sintezlaydi. SHunday qilib, azot tabiatda aylanib yuradi. Azotning tabiatda aylanishida: ammonifikatsiya, nitrifikatsiya, denitrifikatsiya va azotofikatsiya protsesslari boradi.
Ammonifokatsiya protsessi. O’simliklar va hayvonlar qoldig’ida juda ko’p miqdorda organik moddalar bo’ladi. Ularning mineral moddalarga aylanishi o’simliklarning azot bilan oziqlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Oqsillarning chirishi protsessida NH3 hosil bo’lgani uchun ammonifikatsiya protsessi deyiladi. CHirish protsessi aerob va anaerob sharoitda boraveradi, lekin aerob sharoitda tezlashadi. CHirituvchi mikroorganizmlar gruppasiga xilma-xil bakteriyalar misol bo’ladi.
Anaeroblardan eng keng tarqalgani Clostridum putrificus bo’lib, tayoqcha shaklida, uzunligi 5-6 mkm, diametri 0,6-0,8 mkm, peritrix tipda xivchinlangan. Spora hosil qilganda hujayrasi baraban tayoqchasi shakliga kiradi. Bu bakteriya asosan oqsillarni parchalaydi. Patogen chirituvchi bakteriyalarga qoqshol kasalligini keltirib chiqaruvchi B.tetani misol bo’ladi.

Fakulьtativ anaeroblarga ichak tayoqchasi - Escherichia coli va protey tayoqchasi - Vas. proteus vulgaris misol bo’ladi. Peritrix tipda xivchinlangan harakatchan, uzunligi 1-3 mkm, diametri, 0,5-1 mkm ga teng. Vas. mesentericus, Vas. subtilis, Vas. mycoides, Vas. megaterium oqsillarni aerob sharoitda parchalaydigan bakteriyalardir. Bularning hammasi spora hosil qiladi (21-rasm). Kichik tayoqchasimon Pseudomonas fluoresces spora hosil qilmaydi.
Oqsillar parchalanganda suv, karbonat angidrid, ammiak, vodorod sulьfid, metilmerkaptan (CH3SH) hosil bo’ladi. Yoqimsiz hidli indol, skatol ham hosil bo’ladi. Bunda oqsillarga eng avval proteolitik fermentlar ta’sir etib, peptonlar, polipeptidpar va aminokislotalar hosil qiladi. V.N.SHaposhnikov ko’rsatganidek, oqsillarning narchalanishi ikki yo’l bilan boradi: birinchidan, aminokislotalar bakteriyalar tanasining tuzilishi uchun sarflanadi; ikkinchidan, aminokislotalardan uglerod manbai sifatida foydalaniladi. Bu protsessda hosil bo’lgan ortiqcha NH2 gruppa NH3 ga aylanadi yoki NH3 organik kislotalar bilan bog’lanadi:

RCH(NH2)COOH →nCO2 + mH2O+NH4OH yoki


reaktsiya oxiriga yegmasdan ba’zi kislotalar yoki spirtlar hosil bo’lishi mumkin. Masalan, alanin aminokislotasidan pirouzum kislota va ammiak hosil bo’ladi:

CH3(NH2)COOH + O2 → SNzSOSOON + NH3


alanin pirouzum kislota ammiak

yoki alanin aminokislotasidan sut kislota va ammiak hosil bo’lishi mumkin:


CH3CH(NH2)COOH +N2O →SN3SN(ON)SOON + NH3


alanin sut kislota ammiak
Tuproqda organik moddalarning parchalanish protsessi iqlim sharoiti, tuproq namunasi va ko’llanilgan agrotexnika usullariga bog’lik xolda turlicha borishi mumkin. Masalan, O’rta Osiyoning bo’z tuproqlarida ammonifikatsiya juda tez boradi, chunki temperatura ancha yuqori va bahorda namlik yetarli bo’ladi. Aksincha, SHimoliy rayonlarda temperatura past bo’lganligi uchun bu protsssslar juda sekin boradi, qora va kashtan tuproqli zonalarda ham organik moddalarniig parchalanishi sekin boradi.
Oqsillarning parchalanishi uchun optimum temperatura 25-30°S bo’lishi, shuningdek, parchalanadigan mahsulotda yetarli darajada namlik bo’lishi kerak.

Download 19,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish