Zaxiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Download 19,33 Mb.
bet41/143
Sana28.03.2022
Hajmi19,33 Mb.
#513982
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   143
Bog'liq
микробиология мажмуа (2) (2)

Mikoriza. 1881 yili polyak olimi F.M.Kamenskiy mikoriza xodisasini kashf etadi. O’simliklar ildizi bilan zamburug’lar orasidagi simbioz mikoriza deb ataladi. Mikoriza ko’pchilik daraxtlar va g’alladoshlar oilasining vakillari orasida uchraydi. Mikorizada zamburug’ giflari o’simlikning ildizlari orasiga o’sib kiradi. Mikorizani zamburug’lardan fikomitsetlar, askominetlar va bazidiyali zamburuglar hosil kiladi. Bu tabiatda keng tarqalgan hodisa bo’lib, ektotrof va endotrof formalari bor.
Ektotrof mikorizada zamburug’ gifalari o’simlik ildizini hamma tomondan o’rab oladi, o’simlikning ildiz tukchalari nobud bo’lgan bo’ladi (17-rasm).

17-rasm. Ektotrof mikoriza: a- chetan ildizi; b - dubning mayda ildizi
Endotrof mikorizada zamburug’ gifalarining faqat bir qismigina ildizning yuza qismida bo’lib, asosiy qismi ildizning parenxima hujayralari orasiga o’sib kiradi, ildiz tukchalari tirik bo’ladi.
Zamburug’ gifalari o’simlik ildizining shimish yuzasini oshiradi, shu bilan birga o’simlik o’zlashtira olmagan anorganik va organik birikmalarni eritadi. O’simlikni azot bilan ta’minlaydi, ya’ni organik qoldiqlarni parchalab, ammiakli birikmalarga aylantiradi. Bundan tashqari, mikoriza zamburug’lari tuproqdan fosforli birikmalarni olish ham o’simlikka yordam beradi. (Endotrof mikoriza)
Havo mikroflorasi. Havo mikroflorasi tuproq va suv mikroflorasi bilan bog’liq, chunki havo bular ustida joylashgan bo’ladi. Agar tuproqda va suvda mikroorganizmlarning ko’payishi uchun sharoit bo’lsa, havoda mikroorganizmlar ko’paya olmaydi. Havoga mikroorganizmlar chang bilan birga ko’tariladi, keyin yana tuproqqa o’tadi. Havoda oziq moddalar yetishmaganda yoki ulьtrabinafsha nurlar ta’siridan bakteriyalarning bir qismi nobud bo’ladi. SHuning uchun havoda mikroblar soni tuproq va suvdagiga nisabatan kam bo’ladi.
Havo mikroflorasida kokklar, sartsinalar, tayoqchasimonlar, mog’or zamburug’larining sporalari, turushlar va boshka mikroorganizmlar uchraydi. SHahar havosida mikroorganizmlar ko’p, qishloqlar havosida kam bo’ladi. Ayniqsa, o’rmonlar, tog’lar havosi toza bo’ladi. Yer yuziga yaqin havo tarkibida mikroblar soni ko’p bo’lib, yuqoriga ko’tarilgan sayin kamayib borishini Mishustin kuzatgan. 1m3 havoda 5000-300000 ga yaqin bakteriya bo’lishi aniqlangan (16-jadval).
7-jadval
Moskva shahri havosi tarkibidagi mikroblar soni



1 m3 dagi mikroblar soni

Tekshirish uchun olingan havoning yer
yuzidan balandligi, m

5000
3000
1700
6000

510
500
1000
2000



Yozda, bahorda, kuzda mikroorganizmlar ko’p bo’lsa, qishda kamayadi. Buni parijlik Mikelya tekshirgan (8-jadval).
Bakteriyalar orasida kasal tug’diruvchi vakillari ham ko’p uchraydi: sil tayoqchalari, streptokokklar, gripp viruslari, ko’kyo’tal tayoqchasi va boshqalar ana shular jumlasidandir. Gripp, qizamik, ko’kyo’tal faqat havo tomchilari orqali yuqadi, ya’ni aksirganda mayda aerozol tomchilar o’zida bakteriyalar tutgan bo’lib, havoga tarqaladi, atrofdagi odamlar nafas olishi natijasida kasallanadi.
8 - jadval
Yil fasllariga qarab mikroblar sonining o’zgarishi

Yil fasllari

1m3 havodagi bakteriyalar soni

1m3 havodagi mog’or zamburug’lar soni

Qishda
Baxorda
Yozda
Kuzda

4305
8080
9845
5665

1345
2275
2500
2185



Buning oldini olish maqsadida yashaydigan xonalar havosini doim tozalab turish zarur. Yozda ko’chalarga suv sepib, chang ko’tarilmasligiga, ko’kalamzorlashtirish ishlariga ahamiyat berish kerak. Ignabargli o’rmonlarga sayohat kilish odamning salomatligi uchun muhim ahamiyatga ega.



Download 19,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish