Ishning bajarilishi: Mashg’ulot laboratoriya va dala sharoitida (bahor, yoz va kuz fasllarida), issiqxonalarda o’tkaziladi. Kasallik simptomlari sog’ o’simlik bilan taqqoslanadi va kundalik daftarlarga yoziladi, rasm daftarlarga chiziladi hamda ulardan gerbariylar tayyorlanadi.
Kuzatuv olib borilganda asosiy e’tibor o’simlikning tashqi ko’rinishiga, barglariga, bo’g’im oraliqlariga, barg tomirlariga, rangiga, umumiy rivojiga e’tibor beriladi. Virus kasalliklari o’simlikning o’sish nuqtasida yaqqol ko’ringani uchun avvalo o’simlikning o’sish nuqtasi kuzatiladi. Simptomlarning asosiylari quyidagicha bo’ladi: mozaika guruhiga mansub simptomlar, ipsimonlanish, burishish (ajinlashish), jingalaklanish, qirqquloqqa o’xshashlik, bargidagi chiziqli mozaika, barg, tomir, poya va meva nekrozlari, o’simlikning yoki bargining shoxlanishi, rangini yo’qotishi, sarg’ayishi, shaklini o’zgartirishi, o’sishdan qolishi, gullarning badburishlashishi, gul qismlari rivojlanmasligi, gultojbarglarining yashil tusga kirishi, gul o’rniga shoxlab ketishi, reduksiyalangan barg paydo bo’lishi, to’p gul markazida haqiqiy barg hosil bo’lishi va hokazo.
Nazorat uchun savollar:
1. Fitopatogen viruslar bilan kasallangan o’simliklarning simptomlari haqida tushuncha bering.
2. Mashg’ulot qanday sharoitda olib boriladi?
3. O’zbekistonda tarqalgan virus kasalliklari haqida tushuncha bering.
27 - LABORATORIYA ISHI.
Mavzu: Toza virus preparatini olish yo’llarini o’rganish.
Kerakli reaktiv va jixozlar: Sentrifuga, probirkalar, o’zida virus saqlovchi na’muna, tarozi, 0,01M tris-HCl buferi.
Ishning borishi. Sentrifuganing yaxshilab yuvilib quritilgan probirkalariga virusli eritma sentrifuga qopqog‘idagi qarash teshikchasigacha quyiladi, so’ng probirkalar tarozi yordamida tenglashtiriladi va qopqoqlar avval qo‘l bilan, so‘ngra maxsus "kalit-moslama "bilan yopiladi. Probirkalarning tengligi qayta torozida tekshiriladi, so‘ngra burama qopqoqlari bilan germetik yopiladi (agar probirkalarning biri og‘irroq bo‘lsa, barobarlashtirish uchun shpris yordamida eritmadan qo‘shiladi). Probirkalar sentrifugani rotoriga bir-biriga qarama-qarshi qilib qo‘yiladi. Rotorzich qilib qopqoq bilan yopiladi va sentrifuga kamerasiga joylashtiriladi .Sentrifugalash 90 minut davomida 105000 da olib boriladi. Sentrifuga to‘xtagandan so‘ng, rotordan probirkalarni chiqarib olinadi, probirkaning eng tagida ozgina jigarrang virus cho‘kmasi va cho‘kma usti suyukligi kuzatiladi. Cho‘kma ustisuyuqligini to‘kib tashlanadi, virus cho‘kmasini esa ozgina 0,01M tris-HCl buferida (pH7,6) eritiladi. Agar virus yaxshi tozalangan bo‘lsa oq-havorang "opalessensiya" kuzatiladi. Eritmani 15-18ming ayl./tezligida sentrifugalanadi va erimagan qismidan ajratiladi. Erimagan cho‘kmani yana bir marta 1-2ml buferda eritib, cho‘ktirib, cho‘kma usti suyuqligini asosiy virus eritmasiga qo‘shiladi vasaqlanadi. Shu differensial sentrifugalash siklini3-4marta qaytarib yetarlicha tozalanganvirus preparata olinadi. Viruslarning o‘lchamlari (10-600nm) vazichliklari shundayki, agarular markazdan qochma kuchini 30000dan 200000g ta’sir ettirilsa, virus zarralari cho‘kmaga tushadi.Shu maqsadda sentrifugalarning rotorlarini minutiga 50000—60000 marta aylanadigan sentrifugalari ishlatiladi.Differensial sentrifuga usulida virus tozalaganda virusni suspenziyadan cho‘ktiriladi, boshqatdan suspenziya holatiga o‘tkaziladi, sovuqda magnit aylantirgichida chayqatiladi hamda past tezlikda sentrifugalanadi (6000g, 30min). Bu jarayonni bir necha marta qaytarish mumkin.Hayvon viruslarini, bakteriofaglarni bir sikl differensial sentrifugalash bilan tozalash qiyin bo‘ladi.Bunda avval har xil usullarda (masalan, ion almashish xromatografiyasi) virus tozalash bosqichlaridan o‘tib, virusni kata hajmli suyuklikdan kichik xajmga o‘tkazishda ishlatilishi mumkin.
O‘simlik viruslarini tozalagida bu metod yaxshi samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |