Eukariotlar va prokariotlar. Mikroorganizmlarning ko’pchiligi bir hujayralidir. Bakteriya hujayrasi tashqi muhitdan hujayra po’sti, ba’zan esa faqat tsitoplazmatik membrana bilan ajralib turadi. Hujayra ichida har xil strukturalar mavjud. Hujayra tuzilishiga qarab, organizmlar ikki tipga bo’linadi. Ular eukariot va prokariot hujayrali organizmlardir. Agar mikroorganizm haqiqiy (chin) yadroga ega bo’lsa, unday hujayralarga eukariot hujayralar deyiladi. (Grekcha yeu - chin, kario - yadro demakdir).
Yadro apparati sodda (diffuz holda) bo’lgan mikroorganizmlar prokariotlar deyiladi Eukariotlarga zamburug’lar, suvo’tlari, sodda hayvonlar - protistlar kirsa, prokariotlarga bakteriyalar va ko’k-yashil suvo’tlari (tsianobakteriyalar) kiradi. Eukariotik hujayrada yadroda 1-2 yadrocha – xromasomalar (DNK, oqsil), mitoxondriy, fotosintez jarayonini olib boruvchi organizmlarda esa xloroplastlar, Golьdji apparatlari mavjud.
Prokariot hujayralarda yadro bilan tsitoplazma orasida aniq chegara yo’q, yadro membranasi bo’lmaydi. Ularda DNK maxsus strukturaga ega emas. SHuning uchun prokariotlarda mitoz va meyoz jarayonlari amalga oshmaydi. Mitoxondriya va xloroplastlarga ega emas.
Bakteriya hujayrasining ichki tuzilishi
Hujayra devori, tuzilishi. Grammmusbat va Grammanfiy bakteriyalarning hujayra devori, kimyoviy tarkibi va farqlari.
TSitoplazmatik membrana, uning xususiyatlari va kimyoviy tarkibi, funktsiyalari. Mezosomalar. TSitoplazma. Nukleoid va ularning tavsifi. Kiritmalar.
Hujayra devori. Hujayra devori hujayra massasining 20% ni tashkil etadi, u bakterial hujayrani tashqi muhitning noqulay sharoitlaridan (nurlar, zararli moddalar....) saqlaydi va uning qalinligi 10-20 mkn bo’lib, hujayrani tuzlar va organik kislotalarning yuqori kontsentratsiyasidagi eritmalari hosil qilgan taxminan 3-6 atm., bosimga to’g’ri keladigan hujayra ichidagi osmotik bosimga bardosh beradi. Hujayra devori bakteriyalarni Gramm usulida bo’yalganda, uning musbat yoki manfiy bo’lishini belgilaydigan omildir. Hujayra devori asosan peptidoglikan (murein) dan tashkil topgan. Bu N-atsetil- N-glyukozamin va N-atsetilmuram kislotasining galma-gal -1.4 bog’lar bilan bog’lanishidan hosil bo’lgan geteropolimerdir. Bu polisaxarid zanjiri bir-biri bilan peptid bog’lari orqali bog’langan. Peptidoglikan hujayra devoriga rigidlik xususiyatini beradi va bakteriya shaklini saqlab turadi. Gramm musbat bakteriyalarda ko’p qavatli peptidoglikan bor (50-90%). U murakkab ravishda oqsil, polisaxarid, teyxokislota (fosforli ribit va fosfor kislotasi glitseridi ) bilan bog’langan.
Hujayra devori va tsitoplazmaning tarkibiga ko’ra hamma turdagi bakteriyalar daniyalik olim Gramm ishlab chiqqan differentsial-diagnostik bo’yash usuliga turlicha qaraydi. Bu usulga ko’ra bakteriyalar Grammusbat va Grammanfiyga bo’linadi. Grammusbat – hujayra devori qalin bakteriyalar hujayra devorining yuza qismida bo’yoq bilan mustahkam bog’lanuvchi va spirtda sekin parchalanuvchi mikropolisaxaridlar va polifosfatnukleotidlar ko’p miqdorda bo’lgani sababli, ular binafsha rangga bo’yaladi. SHu bilan birga Grammanfiy –hujayra devori yupqa bakteriyalar – och pushti rangga bo’yaladi, chunki bu bakteriya hujayrasining ichida yuqoridagi birikmalar miqdori Grammusbat bakteriyaga nisbatan kam. Grammanfiy bakteriyalarda peptidoglikan 1 qavat bo’lib (1-10%) ularda tashqi membrana ham bor. Tashqi membrana fosfolipid, lipopolisaxarid va oqsillardan tuzilgan.
Demak, bakteriyalarning Gramm bo’yicha har xil bo’yalishi bakteriya hujayra devoridagi peptidoglikan miqdori va uning lokalizatsiyasiga (joylashishiga) bog’lik. Aniqlanishicha, hujayra devorida har xil o’simtalar, do’ngliklar, tikon kabilar bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |